62
-tashqi ishlar vaziri va tashqi ishlar vazirligining markaziy apparati.
Respublika boshqaruvi amal qiluvchi barcha davlatlarda siyosatda
bo’lgani kabi, tashqi siyosat sohasida ham oliy davlat organi hokimiyatning
qonun chiqaruvchi oliy organi hisoblanadi.
Hokimiyat qonun chiqaruvchi organining tashqi aloqalar sohasida
muayyan vazifalarni bajarish, hatto qadimgi quldorlik davlatlariga ham xosdir.
Urush va tinchlik haqidagi masalalarni hal qilish, xorijiy
davlatlar bilan
muzokaralar olib borish, mazkur muzokaralar bo’yicha so’nggi qaror qabul
qilish, diplomatik missiyalar, chet davlatlarga elchilar tayinlash va boshqa shu
kabi masalalar, Qadimgi Rimda Senatning vazifalari doirasiga kirar edi.
Tashqi siyosat bobida oliy vazifalarning yuqori mavqeli davlat organlari
tomonidan bajarilishi - feodalizm davri uchun xos bo’lmagan holatdir. Chunki
feodal davlatning tipik shakli monarxiya hisoblanadi.
Boshqaruvning respublika shakli joriy bo’lishi
bilan va konstitustiyalarda
monarxizmga, xususan uning mutlaqlik ko’rinishiga qarshi saylanishi davlat
hokimiyati organlari ichki va tashqi siyosat sohasidagi rasmiy organ deb e’lon
qilindi.
Davlatda demokratik institutlarning rivojlanishi va huquqiy me’yorlarining
o’sishi sharoitida, ya’ni qonunchilik natijasida, xalqaro ma’muriy bitimlar va
bitimlarni ajratish natijasida parlamentlarning tashqi aloqalar sohasidagi
ahamiyati yana ham oshmoqda.
Parlamentning yuridik organlari hisoblangan tashqi ishlar bo’yicha turli
komissiya va komitetlar asosida ijroiya hokimiyatning takliflarini qo’llab-
quvvatlab, parlamentning hukumat organlarini nazorat qilishni ta’minlaydi.
Bunga parlamentning tashqi ishlar bo’yicha komissiya va komitetlariga kiruvchi
deputatlarni shaxsan tanlash orqali erishiladi.
Shunga qaramay, boshqaruvning respublika shakli hozirda barcha
davlatlarda konstitustion parlamentlar tashqi aloqalar bo’yicha
oliy organ
sanaladi. Ularning vazifalari doirasiga urush va tinchlik masalalarini hal etish,
63
ba’zi davlatlarda, hatto boshqa davlatga ketadigan elchilarni tasdiqlash (masalan
AQShda bu vazifani senat bajaradi) kabi kardinal masalalarni hal etish kiradi.
Boshqaruvchi monarxiya shakli qo’llanadigan davlatlarda tashqi aloqalar
bo’yicha oliy davlat organi rasman monarxiya qirol yoki imperator sanaladi.
Konstitustion monarxiyalarda uning hokimiyati rasman parlamentdan iborat
bo’lib, hozirgi paytda bu cheklash hukumat organlari foydasiga xizmat qiladi.
Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat organlari demokratik davlatlarda
tamomila boshqacha ahamiyatga egadir.
Tashqi aloqalar bo’yicha ikkinchi organ - yagona yoxud kollegial davlat
boshlig’i hisoblanadi. Respublika boshqaruvi amal
qiluvchi davlatlarda davlat
boshlig’i - odatda prezident sanaladi, monarxiyaga asoslangan davlatlarda esa
monarx davlat boshlig’i hisolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: