«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi



Download 372,8 Kb.
bet5/55
Sana01.07.2022
Hajmi372,8 Kb.
#724883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi

Tayanch so’z va iboralar:



    1. Audit 2. Auditorlik faoliyati
  1. «Xalqaro audit tizimi» fanining predmeti


  2. «Xalqaro audit tizimi» fanining metodi
  1. Operatsion audit 6. Moliyaviy hisobot auditi


7. Mos keluvchanlik auditi


Takrorlash uchun savollar:


  1. «Xalqaro audit tizimi» fani va uning ahamiyati nimada deb o’ylaysiz?

  2. Fanning qanaqa ob’ektlarini bilasiz?

  3. «Xalqaro audit tizimi» fanining qanday usullari mavjud?

  4. «Xalqaro audit tizimi» fanida analiz, sintez, induktsiya, deduktsiya va boshqa usullar qay tartibda qo’llaniladi?

  5. «Xalqaro audit tizimi» fanining «Amaliy audit», «Moliyaviy hisob-2»,

«Boshqaruv hisobi-2», «Soliqlar va to’lovlar auditining xususiyatlari», «Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari» fanlari bilan qanday aloqasi mavjud?
    1. BOB. XALQARO AUDIT TIZIMI VA UNING MODELLARI


      1. Xorijda auditorlik faoliyatining hozirgi holati

Bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan Evropa va Amerika mamlakatlarida auditorlik faoliyati ko’p asrlik tajribaga ega. Audit rivojlangan huquqiy iqtisodiyot va zamonaviy huquqiy jamiyat sifatida aynan Evropada shakllangan (uning tarixi juda katta bo’lib, alohida tadqiqot obekti bo’lishi mumkin).
Auditning xalqaro nazariyasi va amaliyoti raqobatli kurash sharoitida yuzaga kelgan. Xalqaro amaliyotda bularning barchasi tegishli tadqiqotlar va keng ommaviy muhokamalar bilan birga olib borilgan. Natijada, hozirgi davrga kelib auditning mustahkam xalqaro huquqiy asosi yaratildi, uni tashkil etishning batafsil shakllari ishlab chiqildi, auditorlar uchun keng ko’lamdagi uslubiy materiallar nashr qilinmoqda va doimiy ravishda to’ldirib borilmoqda. Ularda auditorlik faoliyatining asosiy tushunchalari, terminlari va kategoriyalari ta’riflangan va turkumlangan.
Respublikamizdagi auditorlik tashkilotlarining to’plangan tajribalarini o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, u yaqqol ifodalangan milliy xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, xorijiy manbalardagi qoidalar O’zbekistonda auditorlik faoliyatining barpo bo’lishi va rivojlantirilishi uchun foydali hamda qiziqarli ekanligini ta’kidlash joizdir. Chunonchi, bizning respublikamizda ham xalqaro tajribani hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 1999-2003 yillarda 18 ta auditorlik faoliyati milliy standarti (AFMS) ishlab chiqildi va Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazilib, auditorlik amaliyotida qo’llanilmoqda hamda ularni ishlab chiqish davom etmoqda.
Xorijiy olimlar auditning dastavval G’arbda ham faqat buxgalteriya hujjatlari va hisobotlarini tekshirish va tasdiqlashdan iborat faoliyat sifatida shakllanganligini tan oladilar. Auditorlar asosan dastlabki hujjatlarni, buxgalteriya hisobi registrlarini hamda ular asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni tekshirgan va tasdiqlagan (yoki tasdiqlamagan). Masalan, Roy Dodj fikricha, auditorlik faoliyati so’nggi 25 yilda uch evolyutsion bosqichni bosib o’tgan: birinchi – tasdiqlovchi audit; ikkinchi – sistemali yo’naltirilgan audit; va nihoyat, so’nggisi, uchinchisi – riskka asoslangan audit.
Demak, keyinchalik auditorlik faoliyati ma’lum bir tizimga solingan (aniq maqsadga yo’naltirilgan). Bunda amaliyotdagi professional-auditorlar buxgalteriya hujjatlari va yozuvlarini tuzuvchi hamda qo’llovchi kishilar orasidagi (o’z mijozlari biznesining tashkilotchilari va ijrochilari o’rtasidagi) munosabatlarni o’rgana boshlaganlar. Ular xatolarning oldini olish maqsadida har bir mijoz-korxona boshqaruv tizimining va birinchi navbatda ichki nazorat tizimi, xususan, ichki auditning samaradorligini oshirishga asosiy e’tiborni qarata boshladilar.
Agar mijoz-korxonadagi ichki nazorat ma’lum darajada bo’sh bo’lsa, butun tekshiriladigan davr uchun hisobotdagi ko’plab xatolar va noaniqliklarni bartaraf etishga yordam bermasa, u holda amaliyotchi auditorlar sistemali yo’naltirilgan audit printsiplariga rioya qilgan holda ko’rsatilgan kamchiliklarni tugatish bo’yicha mijozga keng ko’lamdagi tavsiyalar berib, unga konstruktiv yordam ko’rsatadi. Bu esa hisobning aniqligi va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, auditorlik faoliyatiga sistemali yondashuv audit sifatining kafolatiga aylangan.
Va nihoyat, zamonaviy audit, asosan xalqaro amaliyotda – risk (tavakkalchilik)ka asoslangan audit vujudga kelgan. Bu nafaqat tasdiqlovchi auditning, balki maqsadli-sistemali auditning ham, ammo ko’proq statistik yoki nostatistik tanlab tekshirishga asoslangan jarayondir. Bizning respublikamizda auditorlik faoliyatiga statistik usullarni tadbiq qilish, aniqrog’i, auditorlik statistikasini fan tarmog’i sifatida shakllantirishga ilmiy negiz mavjud va uni rivojlantirish istiqbolga ega.
G’arb mamlakatlarida, masalan, AQShda, buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan printsiplari – BXUP – (GAAP – Generally Accepted Accounting Principles) tizimiga rioya qilish barcha buxgalterlar va auditorlar uchun majburiy hisoblanadi. AQSh ning o’zida buxgalteriya hisobi standartlari uzoq vaqt ommaviy muhokama qilinganidan so’ng, mustaqil kengash – Financial Accounting Standards Board (FASB) tomonidan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisobi standartlari bilan birga audit standartlari ham qo’llaniladi. AQShda ular auditning umumqabul qilingan standartlari – AUS (GAAS – Generally
Accepted Auditing Standards) deb ataladi. Ular auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish va o’tkazishda hamda uchraydigan muammmolarni hal etishda qo’llaniladi. Standartlar Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti – AQBI (AICPA – American Institute of certified Public Accountants)ning maxsus bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan. Ular mamlakatdagi barcha buxgalterlar uchun majburiy hisoblanadi. Standartlarga rioya qilinmagan hollarda sudlar va auditorlar ustidan nazorat qiluvchi boshqa organlar ular faoliyatini to’xtatishga haqlidir.



      1. Download 372,8 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish