«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi



Download 372,8 Kb.
bet1/55
Sana01.07.2022
Hajmi372,8 Kb.
#724883
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi




«XALQARO AUDIT» FANIDAN


MA’RUZA MATNLAR TO’PLAMI

«XALQARO AUDIT» FANINING PREDMETI, OB’EKTI VA METODI


    1. «Xalqaro audit » fanining predmeti, metodi va ob’ektlari

Respublikamizdagi bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustivor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirish mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib chiqqan holda bir qancha yangi malakali mutaxassislarga, nazariy va amaliy kurslarga, fanlarga ehtiyoj tug’iladi. Shulardan eng muhimi audit fani va auditorlik kasbidir. Ushbu sohada g’arb mamlakatlarida katta tajriba to’plangan.
Auditor (lotincha «auditor» - «eshituvchi», «o’quvchi» degan ma’nolarni anglatadi) – ma’lum muddat davrida korxona moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiruvchi shaxsdir. Auditor so’zining lug’aviy ma’nosi ham uning iqtisodiy ma’nosiga ancha yaqin. O’rta asrlarda o’quv yurtlarida sinf, guruh ichida boshqa o’quvchilarga nisbatan bilimi kuchli, zukko o’quvchilarni auditor deb ham atashgan. Shu toifadagi o’quvchilarga boshqa o’quvchilarning darslarni qanday bajarayotganligini, bilimlarni qay darajada o’zlashtirayotganligi kabilarni tekshirish vazifalari yuklatilgan. Mana shu holatdan ko’rinib turibdiki, auditorni mijozning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirib, uning ishonchini qozonadigan shaxs desa ham bo’ladi.
Bozor infratuzilmasi unsurlari ichida auditorlik kompaniyalarining roli va tutgan o’rni alohida ahamiyatga ega. AQSh, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, Angliya va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ham ma’lumki, auditorlik kompaniyalari bozor infratuzilmasi unsurlarining zanjirli tizimida asosiy xalqalardan biri bo’lib hisoblanadi. Auditorlik kompaniyalari korporatsiyalar, firmalar va boshqa xo’jalik yurituvchi tuzilmalarning ishlab chiqarish, moliya-xo’jalik faoliyatida muomalalarning to’g’ri amalga oshirilganligini tasdiqlab, mijozlarning ularga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Auditorlik firmalari bozor infratuzilmasining eng muhim unsurlaridan biri bo’lib, ular mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradi.
Audit – xo’jalik yurituvchi sub’ektni mustaqil ekspertiza va moliyaviy hisobotini tahlil etuvchi tashkilotdir, buni shunga vakil qilingan shaxslar – auditorlar (auditorlik firmalari) bajaradi.
Fanning predmeti xalqaro auditorlik standartlarini ishlab chiqish va auditorlik faoliyatini unifikatsiyalash masalalari hisoblanadi. Fanning metodi analiz, sintez, induktsiya, deduktsiya va boshqa usullar hisoblanadi.
Auditning respublikamizda vujudga kelishi hamda keng tarqalishiga sabab, avvalo turli xil mulkchillikka asoslangan hamda tashkiliy-huquqiy shakllari turlicha bo’lgan korxonalarning paydo bo’lishidir. Ko’p ukladli iqtisodiyot sharoitida har bir mulkdor, har bir investor o’z mablag’larining qay holatda ekanligini va ulardan qanchalik daromad topayotganligini aniqlash maqsadida auditorning xizmatiga ehtiyoj sezadi. Shu boisdan auditorlik faoliyati bozor iqtisodiyotining eng muhim qismlaridan biridir.



    1. Download 372,8 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish