Evropada buxgalterlar va auditorlarning ikkita professional tashkiloti salmoqli o’rin egallaydi. Bu buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha xalqaro komitet – BHSXK (International Accounting Standarts Commite – IASC) va Evropa ekspert buxgalterlarining federatsiyasi EEBF (Federation des Experts Somptables Europeen - FEE). FEE 1987 yil 1 yanvarda tashkil topgan va shtab-kvartirasi Bryusselda joylashgan.
Milliy an’analar, shuningdek auditorlar jamoat tashkilotlari ham auditorlik faoliyatining barpo bo’lishi va rivojlanishida juda katta rol o’ynaydi. Masalan, Amerikadagi qasamyod qilgan buxgalterlar instituti – AQBI (American Institute of Certified Public Accountants – AICPA) AQShda auditorlik faoliyatining rivojlanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan. Unga quyidagi majburiyatlar yuklangan:
qasamyod qilgan buxgalterlar uchun professional talablarni belgilash;
buxgalteriya hisobi va audit bilan bog’liq mavzularda tadqiqotlar o’tkazish va asarlar chop qilish;
ma’muriyat uchun konsultatsiya xizmatlari;
soliqqa tortish sohasidagi konsultatsiya xizmatlari va b.
Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga ko’plab boshqa muassasalar, assotsiatsiyalar va institutlar ham ta’sir ko’rsatgan. Ulardan har biri ma’lum vazifalarni bajarish uchun yaratilgan bo’lib, ularda auditorlik faoliyatiga juda ham xilma-xil yondoshuvlar mavjud. Shubhasiz, eng muhimlaridan biri qimmatli
qog’ozlar va birja operatsiyalari bo’yicha komissiya - QQBOK (Securbties and Exchange Comission – SEC) bo’lib, u moliya bozorining rivojlanishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Bulardan tashqari, AQShda markaziy hisob boshqarmasi (yoki umumiy buxgalteriya hisoboti boshqarmasi) – MHB (General Accounting Office - GAO) ham mavjud. Bu federal hukumat qonunchilik shahobchasining idoradan tashqari xizmati bo’lib hisoblanadi. O’zbekistonda bu borada hisob palatasi tashkil etilgan. GAO faqat AQSh Kongressi oldidagina mas’ul hisoblanadi. Unga bosh nazoratchi rahbarlik qilib, u Kongress oldida hisobot beradi. GAO auditor xodimlarining asosiy majburiyati – aynan Kongress uchun auditorlarni tasdiqlash funktsiyasini bajarishdir. AQSh ning har xil hukumat muassasalari Kongress uchun moliyaviy axborotlarning ayrim turlarini (shu jumladan, byudjet mablag’larining sarflanishi, davlat buyurtmalarining bajarilishi haqida ham) vaqti-vaqti bilan taqdim qilib turadi. Ular tomonidan tayyorlangan axborotlarning katta qismi Kongressga taqdim qilinishidan oldin GAO mutaxassislari tomonidan auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi. Hukumat muassasalarining xarajat va daromadlari qonun hujjatlari bilan belgilanganligi sababli, ushbu auditorlik tekshiruvlar mazmuni – buxgalteriya hisoboti bilan yakunlangan an’anaviy audit emas, balki muvofiqlik auditidir. GAO auditorlarining boshqa majburiyatlari ham, asosan, mustaqil auditorlik firmalari mutaxassislariniki kabi bajariladi.
AQShdagi auditorlarni birlashtirib turgan, yuqorida sanab o’tilgan tashkilotlardan tashqari, quyidagilarni ham keltirish mumkin:
Buxgalterlarning Amerika Assotsiatsiyasi – BAA (American Accounting Association – AAA). Bu tashkilot asosan buxgalterlik hisobi, audit va moliyaviy tahlil o’qituvchilarini birlashtiradi.
AQSh buxgalterlarining milliy assotsiatsiyasi – ABMA (National Association of Accountants – NAA). Bu moddiy ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida, foyda keltirmaydigan korxonalarda, banklarda, sug’urta kompaniyalarida va boshqalarda ishlaydigan buxgalterlarning idoradan tashqari assotsiatsiyasidir.
Moliya xodimlari instituti – MXI (Financial Executives Institute – FEI). U asosan moliyaviy direktorlar va bosh buxgalterlarni birlashtiradi.
Davlat muassasalari buxgalterlarining assotsiatsiyasi – DMBA (Association of Government Accountants – AGA). Ushbu assotsiatsiyada davlat (federal, ayrim hollarda munitsipial) muassasalari, xizmatlar va agentliklarning buxgalterlari birlashadilar.
Kompyuterlashtirilgan audit bo’yicha mutaxassislar asso-tsiatsiyasi – KAMA(EDP Auditors Association) va boshqalar.
Angliyada qasamyod qilgan buxgalterlarni birlashtiruvchi, quyidagi asosiy tashkilotlar mavjud:
Angliya va Uels qasamyod qilgan buxgalterlarining instituti – AUQBI(The Institute Chartered Accountants in England and Wales – ICAEW, yoki ACA, yoki FCA);
Diplomli buxgalterlarning jamoat assotsiatsiyasi – DBJA (The Chartered Association of Certified Accountants – CACA yoki ACCA, FCCA);
Buxgalter-analitiklarning jamoat instituti – DBJA (The Chartered Institute of Management Accountants – CIMA, yoki ACMA, FCMA);
Milliy moliya va buxgalterlik hisobi jamoat instituti – MMBHJI (The Charactered Institute of Public Finance and Accountancy- CIPFA, yoki IPFA);
Shotlandiya qasamyod qilgan buxgalterlar instituti (The Institute of Chartered Accountants of Scotland–ICAS, yoki CA);
Irlandiya qasamyod qilgan buxgalterlari institut (The Institute of Charactered Accountants of Ireland –ICAI, yoki FCA);
Do'stlaringiz bilan baham: |