Menejerda qanday ijobiy xislatlar mujassam bo‘lmog‘i lozim?
Menejerning ijobiy xislatlarini belgilovchi mezonlar :
Dovyuraklik;
Sabrlilik;
Yaxshi niyatlilik;
Sog‘lom shubhalilik;
Kamtarinlik;
Samimiy xushmuomalalik;
Rahmdillik;
Xushhulqlilik;
Qanoatlilik;
Menejer obro‘siga putur yetkazovchi unsurlar
Obro‘ - bu hamma tomonidan tan olingan hamda mehnat evaziga
orttirilgan, rahbar uchun ishonch va qalqondir. Ayni paytda har bir rahbar
o‘zidan yuqori turuvchi rahbarlar oldida ham, o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar
oldida ham obro‘ga ega bo‘lishi lozim.
Obro‘ halol mehnat, tashabbuskorlik, o‘z vazifasiga bo‘lgan mas’uliyat,
jamoa a’zolariga nisbatan talabchanlik hamda g‘amxo‘rlik, o‘z ishini chuqur
bilish bilan orttiriladi.
Menejerlik o‘z jamoasi, umuman xalq manfaati yo‘lida yonib yashashi
kerak, aks holda u el nazaridan qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |