Xalq ta’limi boshqarmasi olot tumani xalq ta’limi



Download 2,46 Mb.
bet3/4
Sana25.02.2022
Hajmi2,46 Mb.
#464490
1   2   3   4
Bog'liq
6-sinf Mevalar

Ko‘sak mevalar bir nechta mevabargdan tashkil topgan. Urug‘ pishgandan keyin chokidan ochiladi. G‘o‘za, lola, bangidevona, mingdevona, chuchmoma va boychechakning mevasi ko‘p urugli ko‘sak meva hisoblanadi.


No‘xat, mosh, loviya, burchoq va oq akatsiya dukkak mevali o‘simliklardir. Dukkak meva bitta mevabargdan hosil bo’lib, pishgach mevapallasi yon tomonidagi chokida ochiladi. Uruglari mevapallaga birikib turadi.
Qo‘zoq meva (karam, qurttana, rediska, turp) ikkita mevabargdan hosil bo’ladi, pishgach ikkita pallaga ajraladi. Pallalar orasida yupqa to‘siq bo’lib, unga urug’lar birikadi. Qo‘zoqcha meva tuzilishi bilan qo‘zoq mevaga o‘xshay faqat bo‘yi kaltaroq bo’ladi.
Ayrim (zarang, qayrag‘och va shumtolga o‘xshash) man zarali daraxtlarning mevasi qanotchali bo’ladi. Shuning uchun ular qanotchali meva deyiladi.

Bahorda terakning urug‘chi tuplari mevasi pishgan vaqtda xuddi ajralib chiqqan paxta bilan o‘ralgandek tuyuladi va uchib yuradi. Aslida esa bir tutam tuklari yordamida mevasi uchib tarqaladi.
Mevalarning tabiatdagi va odamlar hayotidagi ahamiyati. Mevalar, birinchi navbatda, o‘simliklarning ko‘payishi, tarqalishi va nasl qoldirishi uchun kerak. Yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarning mevasidan tabiatdagi barcha tirik mavjudotlar oziqlanadi. Ayrim mevalar yerga to‘kilib, chirib, yerni organik moddalarga boyitadi. Odamlar hayotini esa mevasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Mevalar bevosita tabiiyligicha iste’mol qilinadi. Ulardan oziq-ovqat va qandolatchilik sanoatida har xil mahsulotlar tayyorlanadi. Mevalardan olinadigan moylardan xalq xo‘jaligining turli sohalari (oziq-ovqat, texnika, og’ir sanoat, atir-upa)da foydalaniladi.
Darhaqiqat, juda qadim zamonlardan odamlar o‘simliklarning yovvoyi, keyinchalik esa madaniy navlarini ekib, har xil maqsadlarda foydalanib kelishgan. Masalan, mevasidan oziq-ovqat sifatida (olma, yong‘oq, o‘rik, uzum, bug‘doy, mosh, loviya, tariq, qo‘noq, no‘xat) va dori-darmon tayyorlashda (marmarak, zubturum, na’matak) foydalanishgan.
Kundalik turmushimizda iste’mol qiladigan nonimiz bug‘doy unidan tayyorlanishi, yog’imiz g‘o‘za chigiti, kungaboqar pistasi va zaytun mag‘zidan olinishi hammamizga ma’lum. Shuning uchun ham ularni asrab-avaylash lozim.
Har qanday taomni tayyorlashda, albatta, ziravor o‘simliklarning mevasi ishlatiladi. O‘zbekistonda eng ko‘p tarqalgan ziravorlarga zira, alqor, kashnich, sedana va murch kiradi.



Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish