Darsning borishi
I.Tashkiliy qism.
O’quvchilar va sinf ozodaligi nazorat qilinadi, davomat aniqlanib, o’quvchilar ruhiyati e’tiborga olinadi.
O’quvchilarda umummadaniy, kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirish maqsadida sinfni 2 guruhga ajratib, “O’rik” va “Olma” deb nomladik.
I guruh “O’rik” II guruh “Olma”
II.O’tgan mavzusi takrorlash
1. To’p gul deb nimaga aytiladi?
2. Odddiy murakkab to’p gullar bir-biridan qanday farq qiladi?
3. Shingil to’pgul nima?
4. Savatcha, so’ta va kuchalalarda gullar qanday joylashgan?
III. Yangi mavzu bayoni
Gulli (yopiq urug‘li) o‘simliklarda urug’lanishdan keyin meva hosil bo‘ladi. Meva, asosan, urug‘chi tugunchasidan hosil boladi.
Mevaning hosil bo’lishida urug‘chidan tashqari, gulning boshqa qismlari ham ishtirok etadi. Masalan, gulqo‘rg‘on, gulo’rni va boshqalar.
Mevalar, asosan, ikki xil bo‘ladi:
1. Agar u tugunchaning o'zidan hosil bo‘lsa, chin meva (o‘rik, olcha, shaftoli, olxo‘ri, gilos) deyiladi.
2. Agar mevaning shakllanishida tugunchadan tashqari gulning boshqa qismlari ham ishtirok etsa, bunday mevalar soxta meva (olma, nok, behi) deyiladi.
Meva, birinchidan, urug‘ pishib yetilguncha uni tashqi ta'sirdan himoyalab turadi. Ikkinchidan, urug‘ning tarqalishiga yordam beradi. Mevalarning oraliq qismi seret va qalin bo’lsa, bunday mevalar ho‘l meva deyiladi (o‘rik, shafloli, olcha)
Agar oraliq qismi yupqa, etsiz, quruq bo’lsa, bunday mevalar quruq meva deyiladi. Masalan, no‘xat, mosh, loviya, bug‘doy, makkajo‘xori mevalari.
Ho’l mevalar orasida ko‘p urugli rezavor mevalar juda ko‘p. Ularga shirinligi bilan ajralib turadigan yuzlab uzum navlari, pomidor, qoraqat, ituzum kabilar kiradi.
Qovoq, tarvuz, qovun, handalak, tomoshaqovoq va bodringning eti rezavor mevalarnikiga qaraganda qalin va usti qattiq po‘st bilan o‘ralgan, shuning uchun ular qovoq mevalarga kiradi.
Bog‘larimizdan keng o‘rin olgan va qattiq danagi, sersuv eti hamda shu danak ichida joylashgan bittadan (ba’zan ikkitadan) mag‘zi bilan ajralib turadigan ho‘l mevalar: o‘rik, olxo‘ri, olcha, gilos kabilar danakli mevalardir. Bular inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan foydali moddalarga va darmondorilarga boy bo’ladi. Olma, nok, behi kabi o‘simliklarning mevasi olma meva deb yuritiladi.
Quruq mevalar chatnaydigan va chatnamaydiganlarga bo’linadi. Chatnamaydigan mevalarga bir urug’li don meva kiradi. Don mevali o‘simliklarga bug‘doy, arpa, suli, makkajo‘xori kabilar misol bo’ladi. Chatnaydigan mevalarga qo‘zoq, qo‘zoqcha, dukkak, ko‘sak mevalar kiradi. Bularning mevasi pishgach chokidan ochiladi (chatnaydi). Masalan, mosh, loviya, turp, rediska, jag‘-jag‘ va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |