VI. Oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandchilik sub’ektlarining huquq va majburiyatlari
16. Oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari, shuningdek hunarmandlar quyidagi huquqlarga ega:
ijtimoiy sug‘urta qilinish va ish davrlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat stajiga hisoblash;
amalga oshirilayotgan faoliyat turiga muvofiq bo‘lgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish, shuningdek ularni mustaqil ravishda yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqacha tarzda sotish;
amalga oshirilayotgan faoliyatdan olingan daromadni barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
ishlab chiqarilayotgan buyumlar yoki tovarlar (xizmatlar, ishlar)ga mustaqil ravishda narx belgilash;
ishlab chiqarilgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda identifikatsiyalash;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
17. Oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari, shuningdek hunarmandlar quyidagilarga majbur:
ishlab chiqarilayotgan buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning lozim darajada sifatli bo‘lishini ta’minlash;
buyumlar yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarishda bevosita qatnashish;
qonun hujjatlarida belgilangan xavfsizlik texnikasini hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini, shuningdek 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar ishini tartibga soluvchi mehnat qonunchiligi normalarini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘quvchilarga tegishli mukofotlar to‘lash;
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyuldagi 225-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012 y., 29-son, 339-modda)
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda Pensiya jamg‘armasi deb ataladi) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shu jumladan sug‘urta badallarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lash;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
18. SHogird quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘qitish «Usto-shogird» usuli bo‘yicha amalga oshirilgan taqdirda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan stipendiya olish;
Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda pensiya bilan ta’minlanish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.
19. SHogird quyidagilarga majbur:
agar u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ta’limining to‘liq kursini tugallamagan bo‘lsa, umumta’lim maktabi, kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyda o‘qish;
amalga oshirilayotgan hunarmandchilik faoliyatiga o‘qish doirasida hunarmandning ko‘rsatmalarini bajarish;
xavfsizlik texnikasi hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalariga rioya etish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |