Xalq hunarmandchiligi va amaliy san’AT


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.MIRZIYOEV



Download 233,5 Kb.
bet20/20
Sana09.02.2022
Hajmi233,5 Kb.
#439250
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1 mavzu maruza xalq xunarmandchilik s (1)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.MIRZIYOEV
Toshkent shahri, 2017 yil 17 noyabr
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga
SHARH
Qayd etish lozimki, o‘tgan yillar davomida respublikamizda milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atining ko‘p asrlik an’analarini saqlab qolish, hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarga qaramasdan, hunarmandchilik kichik biznes va yakka tadbirkorlik rivojlanishining kuchli, mustaqil va ommaviy yo‘nalishiga aylana olmadi.
“Hunarmand” uyushmasi, berilgan imtiyozlar va qulayliklarga qaramasdan, o‘z saflariga hunarmandlarning keng ommasini qamrab ololmadi, uyushmaga a’zo bo‘lganlar soni hunarmandchilik bilan shug‘ulanuvchilarning kam qismini tashkil etmoqda. Hunarmandchilik markazlarini sayyohlik salohiyatdan keng foydalangan holda, tashkil etish ishlari holati qoniqarsizligicha qolmoqda, hunarmandlarga moliyaviy va xomashyo resurslari ajratish, ular ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish, shu jumladan eksport qilish uchun sharoit yaratishga yordam berish ishlari samaradorligi etarli darajada emas.
SHunga ko‘ra, hunarmandchilikni rivojlantirish yo‘lidagi mavjud muammo va to‘siqlarni tizimli bartaraf etish, O‘zbekiston xalqlarining boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini to‘liq saqlab qolish va yanada boyitish, hunarmandchilikni keng miqyosda qo‘llab-quvvatlash hamda hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga aholini, ayniqsa, yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni jalb qilishga rag‘batlantirish maqsadida 2017 yilning 17 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan respublikada milliy hunarmandchilikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga er maydonlari va binolar ajratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, imtiyozli kreditlar berish, hunarmandchilik mahsulotlarini sotish va eksport qilish, shuningdek, respublikamizning tuman va shaharlarida hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarini tashkil etish va «Usta-shogird» maktablari faoliyatini takomillashtirish ishlari belgilandi.
Farmonga binoan “Hunarmand” uyushmasi saflariga hunarmandlarning keng ommasini qamrab olish, shuningdek, hunarmandchilikni kichik biznes va yakka tadbirkorlik rivojlanishining kuchli mustaqil yo‘nalishga aylanishiga yo‘l bermayotgan uyushmaning cheklangan salohiyati bilan bog‘liq muammolarni hal qilish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilangan, jumladan:
“Hunarmand” uyushmasi Savdo-sanoat palatasiga uyushgan a’zo sifatida kirishi, “Hunarmand” uyushmasi raisini mavqei bo‘yicha Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosariga tenglashtirish;
Savdo-sanoat palatasi huzuridagi tuman va shahar Tadbirkorlarga ko‘maklashish markazlari tomonidan hunarmandlarga o‘z faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha so‘zsiz ravishda xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan hunarmandlarni o‘z biznesini tashkil etish va rivojlantirish ko‘nikmalariga o‘rgatish, hunarmandchilik sub’ektlari huquqlarini himoya qilish, yangitdan o‘z faoliyatini boshlagan hunarmandlar uchun ko‘rgazmalar tashkil etishni nazarda tutish.
Hunarmandchilikning yuqori talabga ega va kelajakda rivojlanish istiqboli bor turlarini to‘liq qamrab olish maqsadida Farmon bilan hunarmandchilik faoliyati asosiy yo‘nalishlarining yangilangan ro‘yxati tasdiqlandi.
SHuni ta’kidlash muhimki, Farmonda hunarmandlar uchun imtiyoz va qulayliklarni kengaytirish, shuningdek, ularning manzilliligi va samaradorligini kuchaytirish ko‘zda tutilgan. Xususan, 2017 yilning 1 dekabridan hunarmandchilik sub’ektlari – “Hunarmand” uyushmasining a’zolari:
hunarmandchilik faoliyati mahsulotlari (tovar, ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishda qat’iy belgilangan soliq to‘lovidan to‘liq ozod etiladi;
yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lovidan ozod etiladi;
qishloq tumanlarida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar o‘z faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badalining 50 foizini to‘laydi.
SHu bilan bir qatorda, hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan xorijiy valyutani erkin tasarruf etish, shu jumladan, bank hisobraqamlaridan chet el valyutasini naqd shaklda echib olish huquqi berilmoqda. Bunda xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan ko‘rgazma, festival, yarmarkalarda hunarmandchilik mahsulotlarini eksport shartnomalarini tuzmagan holda sotish mumkin, bunda olingan daromad eksport tushumi hisoblanmaydi. SHu bilan birga, hunarmandlarga tashqi reklama vositalarini joylashtirishda mahalliy byudjetga to‘lanishi belgilangan to‘lovlarning 50 foizi miqdorida imtiyoz berish joriy etilmoqda.
SHuningdek, doimiy savdo qilish joylariga ega bo‘lmagan va vaqtinchalik joylarda savdo qiluvchi hunarmandlar tomonidan savdo qoidalarida nazarda tutilgan kassa apparatlari va savdo terminallaridan foydalanish, shuningdek, savdodan tushgan naqd pul tushumini tijorat banklariga inkassatsiya qilish ixtiyoriy tartibda amalga oshiriladi.
Hunarmandlarga o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun imtiyozli tartibda joy ajratish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Bunda ular tomonidan davlat mulkini ijaraga olishda ijara to‘lovi belgilangan eng kam to‘lovning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Hunarmand xususiylashtirish dasturi doirasida (“nol” xarid qiymatida) sotiladigan davlat mulki ob’ektini olish istagini bildirgan taqdirda, ushbu ob’ekt hunarmandga baholangan qiymatda (boshlang‘ich investitsiya majburiyatlari bilan) ochiq savdolarga (tanlovga) qo‘yilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida sotiladi (beriladi). Agarda bir nechta hunarmandchilik sub’ektlari bir ob’ektni (“nol” xarid qiymatida) olish istagini bildirsa, ushbu ob’ekt faqat ushbu hunarmandlar ishtirok etgan holda belgilangan tartibda savdoga (tanlovga) qo‘yiladi. Bunda ko‘rsatilgan shartlarda hunarmandlarga berilgan ob’ektlardan 5 yildan kam bo‘lmagan vaqt davomida hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida foydalanilishi lozim.
Farmonda yoshlarni hunarga o‘qitish va hunarmandchilik ko‘nikmalarini avloddan-avlodga o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor ajratilgan. SHu maqsadda 2018 yilda respublikamizning barcha hududlaridagi 16 ta kasb-hunar kollejida “Hunarmand” uyushmasining a’zosi bo‘lgan hunarmandlarni o‘qituvchilar sifatida jalb qilgan holda, hunarmandchilik ishi bo‘yicha yangi kasbiy ta’lim yo‘nalishlari ochilishi nazarda tutilgan.
Bunda hunarmandchilikka o‘qitishda hunarmandlar bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar singari shartnoma tuzish huquqi beriladi hamda ular ko‘rsatgan ta’lim xizmatlari soliqqa tortilmaydi. Bundan tashqari, “Usta-shogird” maktablari o‘quvchisi sifatidagi ish davri o‘quvchilar 25 yoshga etgunga qadar yiliga eng kam ish haqining kamida 2,5 barobari miqdorida sug‘urta to‘lovi to‘langan taqdirda ularning mehnat stajiga qo‘shiladi.
SHu bilan birga, 2018-2019 yillarda yoshlarni «Usta-shogird» usulida o‘quv dasturlari bo‘yicha tayyorlash uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan 1 milliard so‘m miqdorida mablag‘lar berilishi ko‘zda tutilgan.
Farmon bilan hunarmandchilikni respublika hududlari, tuman va shaharlarida rivojlantirish bo‘yicha ham aniq chora-tadbirlar belgilangan. Xususan, respublika hududlarida hunarmandchilik ob’ektlari, jumladan muzey-ustaxonalar, “Usta-shogird” maktablari, hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha axborot-resurs markazlari va boshqa ob’ektlarni tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlangan.
2018-2019 yillarda respublikamizning 23 ta shahar va tumanlarida Hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarini yaratish nazarda tutilgan. Ushbu markazlar tarixiy-an’anaviy arxitektura uslubida qurilib, ular hududida turistlarni keng jalb qilish uchun “tarixiy sharq bozori” uslubidagi savdo rastalari, xalq ijodi ustalari tomosha ko‘rsatadigan maxsus joylar, karvonsaroylar va boshqa ob’ektlar joylashtiriladi. Muhimi, bu markazlarda hunarmandlar, asrlar davomida ularning ajdodlari kabi bir joyda yashab mehnat qiladi, ya’ni qurilayotgan binolarning birinchi qavatida ularning ustaxona va savdo do‘konlari joylashadi, ikkinchi qavatda ular uchun zamonaviy turar joylar tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ikki oy muddatda bozorlar, sayyohlik, me’moriy-madaniy ob’ektlar hududida, shuningdek, yirik savdo markazlarida hunarmandchilik savdo rastalarini hunarmandchilik mahsulotlarini sotish uchun zarur sharoitlar yaratgan holda tashkil etish topshirig‘i berilgan.
Farmonning eng muhim jihati shundan iboratki, unda hunarmandchilikni rivojlantirish sohasida mamlakatimizda qabul qilingan qonunchilik hujjatlari tajribasida ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlar tasdiqlangan, ularga ko‘ra 2018-2019 yillarda qiymati 146,6 milliard so‘mga teng, shundan 86,8 milliard so‘m tijorat banklari kredit mablag‘lari hisobiga, aksariyati qishloq joylariga to‘g‘ri keladigan 9 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishini ko‘zda tutuvchi 3015 ta loyiha amalga oshiriladi.
Hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, hunarmandchilik markazlari va boshqa ob’ektlar qurilishini moliyalashtirish maqsadida, Farmon bilan katta hajmda imtiyozli kredit resurslarini ajratish mexanizmi joriy etilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan «Mikrokreditbank», «Xalq banki» va «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banklari uchun umumiy hajmi 50 million AQSH dollari miqdorida kredit liniyalari ochiladi. Ushbu mablag‘lar tijorat banklari filiallari orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida loyihalarni kreditlash uchun, Markaziy bankning qayta moliyalashtirish foiz stavkasida aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun yo‘naltiriladi. Bir kredit oluvchiga beriladigan kredit hajmi eng kam ish haqining 300 barobarigacha bo‘lgan miqdorda ko‘zda tutilgan, kredit muddati olti oylik imtiyozli davrni hisobga olgan holda 2 yilni tashkil etadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankiga aholining hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikdagi bandligini oshirish uchun imtiyozli mikrokreditlarni ajratish maqsadlari uchun hajmi 50 milliard so‘m miqdorida yillik 2 foizlik stavkada kredit resurslari ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Bunda yosh hunarmandlar tomonidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy sug‘urta to‘lovlari olingan kreditlar uchun to‘lov sifatida hisoblanishi belgilangan.
Hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun xomashyo va materiallar bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ham ko‘zda tutilmoqda. Jumladan:
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi “Hunarmand” uyushmasining buyurtmalari bo‘yicha hunarmandlarga ipak xomashyosi va ipak tolasini ajratilishini ta’minlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklariga ikki oy muddatda yog‘och o‘ymakorligi bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlarga o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun xomashyo sifatida ishlatiladigan daraxt turlarini ekish va parvarish qilish uchun zarur er maydonlarini ajratish choralari ko‘rish topshirig‘i berilgan.
Farmon bilan tasdiqlangan chora-tadbirlarni joylarda to‘liq va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida har bir hududda hunarmandchilikni rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Mazkur komissiyalarning aniq vazifalari qatorida hunarmandchilik rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni o‘z vaqtida hal qilish, hunarmandlarga ularning loyihalarini amalga oshirish, er maydonlari va binolar ajratish, ishlab chiqarish va muhandislik infratuzilmasi ob’ektlariga ulanish, hunarmandchilik mahsulotlarini sotish va eksport qilishda ko‘mak berish belgilangan.
Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida “Hunarmand” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilingan. Qarorga muvofiq “Hunarmand” uyushmasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va vazifalari belgilandi, uyushmaning yangilangan tashkiliy tuzilmasi, ijro apparati tuzilmasi, shuningdek, uyushmaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.
Hunarmandchilik mahsulotlarini sotish bo‘yicha bozor infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasiga ikki oy muddatda hunarmandchilik mahsulotlarini chekka tuman (shahar)lardan sotib olib, yirik shaharlarda sotish uchun “Hunarmand” uyushmasi qoshida savdo-xarid korxonalari tashkil etishni ta’minlash topshirig‘i berildi. Bundan tashqari, “Hunarmand” uyushmasiga kasanachilik mahsulotlari (ishlar va xizmatlarni) ishlab chiqarish vazifalari yuklatilgan tarkibiy bo‘linmalar tuzish, shuningdek, pudratchi korxonalar sifatida, ayniqsa, respublikamizning qishloq va olis tumanlarida uy mehnati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar bilan hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzish huquqlari berildi.
Ko‘rsatib o‘tilgan choralar hunarmandchilik va kasanachilikda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, shuningdek, chekka hududlardagi hunarmandlarning mahsulotlari sotilishini ta’minlash imkonini beradi.
“Hunarmand” uyushmasining moddiy bazasini mustahkamlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Davlat raqobat qo‘mitasi, Davlat kadastr qo‘mitasi, Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda uyushmaning viloyat boshqarmalari, tuman va shahar bo‘limlarini joylashtirish uchun bino va inshootlarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganib chiqish, natijasi bo‘yicha davlat mulki ob’ektlarining foydalanilmay turgan bino va inshootlariga “Hunarmand” uyushmasining hududlardagi boshqarma va bo‘limlarini to‘lovsiz foydalanishga bergan holda joylashtirish topshirig‘i berildi.
Qaror bilan hunarmandchilik kasblarini aholi o‘rtasida, ayniqsa, yoshlar va ayollar o‘rtasida ommalashtirish, hunarmandchilik mahsulotlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va media-resurslarini keng qo‘llagan holda ichki va tashqi bozorlarda keng tanitishga qaratilgan choralar ham qabul qilingan.
Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida, shuningdek, “Hunarmand” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Qarori hunarmandchilik yangi sub’ektlarini tashkil etishni rag‘batlantirish, ular faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish, hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar va oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu asosda yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish, oilalar turmush darajasi va sifatini, ayniqsa, qishloq va chekka tumanlarda oshirish ishlarini tashkillashtirishni sifat jihatidan yanada yuqori darajaga ko‘tarish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Download 233,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish