Xalq hunarmandchiligi va amaliy san’AT


YURIDIK SHAXS TASHKIL ETMASDAN OILAVIY TADBIRKORLIKNI HAMDA HUNARMANDCHILIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH VA KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA



Download 233,5 Kb.
bet3/20
Sana09.02.2022
Hajmi233,5 Kb.
#439250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1 mavzu maruza xalq xunarmandchilik s (1)

YURIDIK SHAXS TASHKIL ETMASDAN OILAVIY TADBIRKORLIKNI HAMDA HUNARMANDCHILIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH VA KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyuldagi 225-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 29-son, 339-modda)
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari haqida» 2008 yil 12 sentyabrdagi 207-son qarorini bajarish yuzasidan hamda oila byudjetlari daromadlarini ko‘paytirishning, ish bilan band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etishning va xalq hunarmandchiligining ko‘p asrlik an’analarini saqlab qolishning eng samarali vositalaridan biri sifatida oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda Savdo-sanoat palatasining fuqarolarning hunarmandchilik faoliyatini kasanachilik mehnati shakllariga kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. YUridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyuldagi 225-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 29-son, 339-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 8 sentyabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 37-son, 990-modda)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, «Hunarmand» uyushmasi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishni tizimli asosda muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlasin;
Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikda qatnashayotgan, shuningdek hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni, shu jumladan shogird hunarmandlarni kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan shaxs sifatida hisobga olishni tashkil etsin;
oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish parametrlarining yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hududiy dasturlari prognoz parametrlariga kiritilishini ta’minlasin;
2009 yil uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni rivojlantirish, shu jumladan «Usto-shogird» usuli bilan o‘qitish dasturi bo‘yicha ularni tayyorlash uchun 1 mlrd so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishini ta’minlasin.
4. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga, «Mikrokreditbank»ga va boshqa tijorat banklariga oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni rivojlantirishga, uy mehnatini tashkil etishga belgilangan tartibda imtiyozli mikrokreditlar ajratilishini kengaytirish tavsiya etilsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar:
xonalarni ijaraga berish, maxsus joylarni ajratish va obod qilish, hunarmandlar ishlab chiqargan buyumlar va tovarlarni sotish uchun ixtisoslashtirilgan do‘konlar va shoxobchalarni tashkil etish yo‘li bilan hunarmandchilikni rivojlantirishga ko‘maklashsinlar;
hunarmandchilik sub’ektlarini mahalliy xom ashyo, materiallar, asboblar va kichik mexanizatsiya vositalari bilan ta’minlashda, hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmalarini o‘tkazishda, yoshlarni hunarmandchilik ko‘nikmalariga o‘qitish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda amaliy yordam ko‘rsatsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnat organlari bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 15-son, 249-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Download 233,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish