N a m u n a l a r
Bacha, bacha, bozi,
Kim qora qozi,
Kim o‘yinga chiqmasa,
Bo‘yniga tosh-tarozi.
0 ‘yinboshi-onaboshi nomi o‘zgarib turadi.
* * *
Tokchaga bug‘doy sepuvdim,
Undimikan-o, undimikan.
Mashrabboy uydan chiqmaydi,
Yotdimikan-o, yotdimikan?
♦ * *
Tomda
tovuq yotarmi,
Oyog‘ingdan tortarmi?
0 ‘yin yoqmas bolalar
Namozshomdan qotami?
Kel-ho!
* * *
Tomda tovuq yotarmi,
Oyoqlari qotarmi?
Kichkina bachalar
Namozshomda yotarmi?
* * *
Bizlar o‘ynayapmiz,
Davra qurayapmiz.
Davraga kelinglar,
Sizlar ham qo‘shilinglar!
Bu davrani qurgan
Gulnorani ko‘ringlar.
* * *
Bacha, bacha, bozi,
Dumi xari qozi,
Bacha bo‘lsang, kelaver,
0 ‘ynab-o‘ynab ketaver.
Onang qurg'ur qo'ymaydimi,
Mushtday qoming to‘ymaydimi?
Kel-ho!
Kel-ho!
* * *
* * *
Keragida paxta bor,
Uyqung kelsa, yotavor.
Onang qurg'ur qo'ymaydimi,
Mushtday qoming o‘ymaydimi?
Kel-ho!
* * *
Oylar
oydin boiibdi, dugona,
0 ‘ynagingiz kelib, dugona.
Yoki onangiz qo'ymaydimi, dugona,
Mushtak qomingiz to‘ymaydimi, dugona?
Hoy bolalar, bolalar,
Bekinmachoq o‘ynaymiz,
Tarqalishmang har tomon,
Qochib nima qilasiz?
* * *
Kun botti-yu, kun botti,
Rahima xola yotti.
Yotdi-yu, dong qotdi.
Kun botti, Oyjon momo yotti,
Chodir quroli-yo,
Yotishi bilan uyg‘onmay qotti.
Echki sog‘oli-yo,
Bacha bo'lsang, kelaver,
Tulum chololi-yo.
0 ‘ynab-o‘ynab ketaver.
* *
*
To‘yga onang qo‘ymaydimi,
O'zbargani suvi bor,
Daraxtlari xuddi dor.
Onaboshi, qani chiq,
Qomiginang to‘ymaydimi?
Ho bale-bale, ho bale!
*
* *
Bachalaring senga zor.
Sarimsoq, dumi choq,
* * *
0 ‘yinga kel, kel, o‘rtoq.
Chumchuqcha chirillaydi,
* * *
Qanoti pirillaydi.
Do‘st, otalar qo‘ydi mani,
Sidiqaxon uydan chiqsa,
Do‘st, bolalar qo‘ydi mani.
Otasi g'urullaydi.
0 ‘ynamoqqa, kulmoqqa
* * *
Xumor-xumor qildi mani.
U buiji — bu buiji,
* * *
Uydan chiqmagan gurji.
Malakcha bog‘i-yo,
Hoy bolalar, bolalar,
To'kildi yog‘i-yo.
Kelingiz o'ynashaylik.
Cho'lga chiqoli-yo,
Qo'shiq aytib baralla,
Do'stligimiz kuylaylik!
Cheklashmachoqlar
O'zbek bolalari orasida shunday o'yinlar ko'pki, ulami faqat ikki guruhga
bo'lingan holda bajarish mumkin. Bunday o'yinlar jiddiy musobaqa xarakteri-
da bo'lib, o'ziga xos ichki qonun-qoidalarga ega. Bolalar shu qonun-qoidalarga
g'ayriixtiyoriy tarzda amal qiladilar va bu jarayonda ichki intizom, tartiblilik va
o'ynash huquqi mas'uliyatini sezish ruhida tarbiyalanadilar.
O'ynashning shunday ichki qoidalaridan biri — o'ynagani to'planishgan bo-
lalami ikki raqib guruhga taqsimlash masalasidir. Bu g'oyat jiddiy bo'lib, bolalar
uni aniq ichki intizom, tartib va quvnoqlik bilan hal qilishda cheklashishga amal
qiladilar.
Cheklashish xalqimiz orasida qadimdan ma’lum. M.Qoshg‘ariy «cheklashdi»
so'zining «qur’a tashlash» ma’nosi borligini qayd etgan. 0 ‘tmishda qur’a tashlab
tole sinashgan, fol ochib taqdirini oldindan bashorat qilishgan. Folbinlar faoliyati-
da qur’a tashlab fol ochish an’anasi hamon uchraydi.
Ayni choqda qur’a tashlash hozirgi zamon sportida ham keng qo'llanilmoqda.
Bu hodisa bolalar o'yinidagi cheklashish asosida yuzaga kelgan. Bolalar o'yinlar
ichki mantiqiga ko‘ra cheklashishni kattalardan o'zlashtirganlar va o‘z o'yinlari
xarakteriga moslashtirib takomillashtirganlar.
Cheklashish bo'lajak ikki raqib guruh onaboshilari tanlangandan so'ng amalga
oshiriladigan o‘yin muqaddimasi bo'lib, ko‘p hollarda qur’a tashlash yo‘li bilan
hal qilinishi an’anaviydir.
Qur’a tashlash — cheklashishning predmetli shakli: unda konkret narsalar —
oshiq, tanga, yog'och tayoqchaning uchi va oxiri, to'rtburchak toshchaning yoki
boshqa istalgan predmetning belgilangan tomoni qur’a vositalari sanaladi. Ona-
boshilaming biri oshiqning olchi, tanganing old, yog‘och tayoqchaning uchini,
ikkinchisi shu predmetlaming aksini «o'ziniki» qilgan bo'ladi. O'ynamoqchi
bo'lgan bolalar juft-juft bo'lib, biri oshiqning olchi tomonini «o'ziniki» qilib,
uni otadi; oshiq olchi tursa, olchi tomoni «o'ziniki» bo'lgan bola olchini tanlagan
onaboshi yoniga o'tadi, tow a tursa, towa tomoni «o'ziniki» boigan bola towani
tanlagan onaboshi yoniga o'tadi.
Ijtimoiy taraqqiyot ta’sirida bolalaming o'yin bilan bog'liq estetik ehtiyojlari
ham o'sa bordi. Buning oqibatida qur’a tashlash predmetlilik doirasida qolib ket-
may, qur’a predmeti harakati ritmiga omixta qo'shiq bilan sintezlasha bordi. Ikki
bola yog'och tayoqchani navbatma-navbat tutib, tubandagi qo'shiqni aytadilar:
Ol tiyoq,
Olmon tiyoq.
Burgut tiyoq.
Jarang-jurung.
«Tiyoq» so‘zi aslida «tayoq» so'zining bolalar jonli so'zlashuvidagi shakli
boiib, ko'pincha toldan kesib olingan 50-70 sm uzunlikdagi novda. Uni ho-
vuchlab tutamlash, pastdan yuqorilab borish shart. Bolalaming har biri o‘z gali-
da tayoqchani tutamlayotganida qo'shiqning bir satrini aytadi. «Jarang-jurung»
satri aytilganda tayoqchani tutamlash joyi qolmagan tomon tayoqcha tutamida
turgan raqibining tutama ustiga kafti bilan uradi; tayoqcha tushsa, o'zi tayoqchani
tushirmaganlar tomoniga, tushirolmasa — tushirganlar tomoniga o'tadi. Tayoq
cha qo'lida bo'lgan bola esa tayoqchani urgan qay tomonga o‘tsa, u o'shanga
raqib tarafga qo'shiladi. Shu zaylda g'oliblar va mag'lublardan tashkil topgan ikki
o'zaro raqib taraf shakllanadi va o'yinga kirishiladi.
E’tibor qiling-a, bolalar cheklashishni ta'minlagan barcha sirli nomlaming
o'zaro mutanosibligiga ahamiyat berganlar. Bu cheklashmachoqlarda poetik fazi-
lat kuchaytirilgan, ular estetik zavqni tarbiyalovchi vositaga aylangan.
Ol tiyoq,
Olmon tiyoq.
Burgut tiyoq,
Jarang-jurung.
* * *
—
Ona, ona, kim ona?
— Men ona (Biz ona).
— Sizga osmondagi oy kerakmi,
Kishnab turgan toy kerakmi?
— Bizga kishnab turgan toy kerak.
— Kishnab turgan toy menman,
— O 7, bizdan ekansan!
* * *
— Biz ikki gul-u lola,
Kimga gul, kimga lola?
* * *
— Mati, mati,
Kimning navbati?
— Meniki.(Onaboshilardan biri.)
— Tarvuzni olasanmi
Yokiqovunni?
— Qurulloq qurbaqani olasanmi,
Tarilloh toshbaqani?
* * *
— Onaboshi, onaboshi,
Yigitlaming qalam qoshi.
Kimni olasan,
Tovuqnimi, xo'roznimi?
* * *
— Kimga olma, kimga nok?
* * *
— Kimga ot, kimga aroba?
* * *
— Tog'mi, daryo?
* * *
— Oftobmi, yulduz.
* * *
— Daraxtmi, gul?
* * *
— Olchimi, towa?
* * *
Toji tillo xo ‘rozni olasanmi,
Yo chala mullo tovuqni?