Xalq 0 ‘yinlari — bolalar uchun hayot maktabi



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#206754
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ozbek xalq bolalar oyinlari ozbek xalq bolalari oyinlari - 28.04.2016 15-10-47

N a m u n a l a r

Bacha, bacha, bozi, 

Kim qora qozi,

Kim o‘yinga chiqmasa

Bo‘yniga tosh-tarozi.

0 ‘yinboshi-onaboshi nomi o‘zgarib turadi.

* * *

Tokchaga bug‘doy sepuvdim, 



Undimikan-o, undimikan. 

Mashrabboy uydan chiqmaydi, 

Yotdimikan-o, yotdimikan?

♦  *  *


Tomda tovuq yotarmi

Oyog‘ingdan tortarmi?

0 ‘yin yoqmas bolalar 

Namozshomdan qotami? 

Kel-ho!

*  *  *


Tomda tovuq yotarmi, 

Oyoqlari qotarmi?

Kichkina bachalar 

Namozshomda yotarmi?

*  *  *

Bizlar o‘ynayapmiz,

Davra qurayapmiz.

Davraga kelinglar,

Sizlar ham qo‘shilinglar!

Bu davrani qurgan 

Gulnorani ko‘ringlar.

*  *  *


Bacha, bacha, bozi,

Dumi xari qozi,

Bacha bo‘lsang, kelaver, 

0 ‘ynab-o‘ynab ketaver.

Onang qurg'ur qo'ymaydimi, 

Mushtday qoming to‘ymaydimi? 

Kel-ho!

Kel-ho!


*  *  *

*  *  *


Keragida paxta bor,

Uyqung kelsa, yotavor.

Onang qurg'ur qo'ymaydimi, 

Mushtday qoming o‘ymaydimi? 

Kel-ho!

*  *  *


Oylar oydin boiibdi, dugona,

0 ‘ynagingiz kelib, dugona.

Yoki onangiz qo'ymaydimi, dugona, 

Mushtak qomingiz to‘ymaydimi, dugona?

Hoy bolalar, bolalar, 

Bekinmachoq o‘ynaymiz, 

Tarqalishmang har tomon, 

Qochib nima qilasiz?

*  *  *

Kun botti-yu, kun botti, 

Rahima xola yotti. 

Yotdi-yu, dong qotdi.




Kun botti, Oyjon momo yotti,

Chodir quroli-yo,

Yotishi bilan uyg‘onmay qotti.

Echki sog‘oli-yo,

Bacha bo'lsang, kelaver,

Tulum chololi-yo.

0 ‘ynab-o‘ynab ketaver.

*  * 


*

To‘yga onang qo‘ymaydimi,

O'zbargani suvi bor, 

Daraxtlari xuddi dor. 

Onaboshi, qani chiq,

Qomiginang to‘ymaydimi? 

Ho bale-bale, ho bale!

*  *



Bachalaring senga zor.

Sarimsoq, dumi choq,

* * *

0 ‘yinga kel, kel, o‘rtoq.



Chumchuqcha chirillaydi,

*  *  *


Qanoti pirillaydi.

Do‘st, otalar qo‘ydi mani,

Sidiqaxon uydan chiqsa,

Do‘st, bolalar qo‘ydi mani.

Otasi g'urullaydi.

0 ‘ynamoqqa, kulmoqqa

*  *  *

Xumor-xumor qildi mani.

U buiji — bu buiji,

*  *  *


Uydan chiqmagan gurji.

Malakcha bog‘i-yo,

Hoy bolalar, bolalar,

To'kildi yog‘i-yo.

Kelingiz o'ynashaylik.

Cho'lga chiqoli-yo,

Qo'shiq aytib baralla, 

Do'stligimiz kuylaylik!



Cheklashmachoqlar

O'zbek  bolalari  orasida  shunday  o'yinlar  ko'pki,  ulami  faqat  ikki  guruhga 

bo'lingan  holda  bajarish  mumkin.  Bunday  o'yinlar  jiddiy  musobaqa  xarakteri- 

da  bo'lib,  o'ziga  xos  ichki  qonun-qoidalarga  ega.  Bolalar  shu  qonun-qoidalarga 

g'ayriixtiyoriy  tarzda  amal  qiladilar  va  bu jarayonda  ichki  intizom,  tartiblilik  va 

o'ynash huquqi mas'uliyatini sezish ruhida tarbiyalanadilar.

O'ynashning  shunday  ichki  qoidalaridan  biri  —  o'ynagani  to'planishgan  bo- 

lalami  ikki  raqib  guruhga taqsimlash  masalasidir.  Bu g'oyat jiddiy  bo'lib,  bolalar 

uni  aniq  ichki  intizom,  tartib  va  quvnoqlik  bilan  hal  qilishda  cheklashishga  amal 

qiladilar.




Cheklashish  xalqimiz  orasida  qadimdan  ma’lum.  M.Qoshg‘ariy  «cheklashdi» 

so'zining  «qur’a tashlash»  ma’nosi  borligini  qayd  etgan.  0 ‘tmishda qur’a tashlab 

tole sinashgan,  fol ochib taqdirini  oldindan bashorat qilishgan.  Folbinlar faoliyati- 

da qur’a tashlab fol ochish an’anasi hamon uchraydi.

Ayni choqda qur’a tashlash hozirgi  zamon sportida ham keng qo'llanilmoqda. 

Bu  hodisa  bolalar o'yinidagi  cheklashish  asosida  yuzaga  kelgan.  Bolalar o'yinlar 

ichki  mantiqiga  ko‘ra  cheklashishni  kattalardan  o'zlashtirganlar  va  o‘z  o'yinlari 

xarakteriga moslashtirib takomillashtirganlar.

Cheklashish bo'lajak ikki raqib guruh onaboshilari tanlangandan so'ng amalga 

oshiriladigan  o‘yin  muqaddimasi  bo'lib,  ko‘p  hollarda  qur’a  tashlash  yo‘li  bilan 

hal qilinishi an’anaviydir.

Qur’a tashlash  —  cheklashishning  predmetli  shakli:  unda  konkret  narsalar — 

oshiq,  tanga,  yog'och  tayoqchaning  uchi  va  oxiri,  to'rtburchak  toshchaning  yoki 

boshqa  istalgan  predmetning  belgilangan  tomoni  qur’a  vositalari  sanaladi.  Ona- 

boshilaming  biri  oshiqning  olchi,  tanganing  old,  yog‘och  tayoqchaning  uchini, 

ikkinchisi  shu  predmetlaming  aksini  «o'ziniki»  qilgan  bo'ladi.  O'ynamoqchi 

bo'lgan  bolalar  juft-juft  bo'lib,  biri  oshiqning  olchi  tomonini  «o'ziniki»  qilib, 

uni  otadi;  oshiq  olchi  tursa,  olchi  tomoni  «o'ziniki» bo'lgan  bola olchini  tanlagan 

onaboshi  yoniga o'tadi, tow a tursa,  towa tomoni  «o'ziniki» boigan bola towani 

tanlagan onaboshi yoniga o'tadi.

Ijtimoiy  taraqqiyot  ta’sirida  bolalaming  o'yin  bilan  bog'liq  estetik  ehtiyojlari 

ham  o'sa bordi.  Buning oqibatida  qur’a  tashlash  predmetlilik  doirasida qolib  ket- 

may,  qur’a  predmeti  harakati  ritmiga  omixta  qo'shiq  bilan  sintezlasha bordi.  Ikki 

bola yog'och tayoqchani navbatma-navbat tutib, tubandagi qo'shiqni aytadilar:



Ol tiyoq,

Olmon tiyoq.

Burgut tiyoq.

Jarang-jurung.

«Tiyoq»  so‘zi  aslida  «tayoq»  so'zining  bolalar jonli  so'zlashuvidagi  shakli 

boiib,  ko'pincha  toldan  kesib  olingan  50-70  sm  uzunlikdagi  novda.  Uni  ho- 

vuchlab  tutamlash,  pastdan  yuqorilab  borish  shart.  Bolalaming  har  biri  o‘z  gali- 

da  tayoqchani  tutamlayotganida  qo'shiqning  bir  satrini  aytadi.  «Jarang-jurung» 

satri  aytilganda  tayoqchani  tutamlash  joyi  qolmagan  tomon  tayoqcha  tutamida 

turgan  raqibining tutama ustiga kafti  bilan uradi;  tayoqcha tushsa, o'zi  tayoqchani 

tushirmaganlar  tomoniga,  tushirolmasa  —  tushirganlar  tomoniga  o'tadi.  Tayoq­

cha  qo'lida  bo'lgan  bola  esa  tayoqchani  urgan  qay  tomonga  o‘tsa,  u  o'shanga 

raqib tarafga qo'shiladi.  Shu zaylda g'oliblar va mag'lublardan tashkil topgan ikki 

o'zaro raqib taraf shakllanadi va o'yinga kirishiladi.



E’tibor  qiling-a,  bolalar  cheklashishni  ta'minlagan  barcha  sirli  nomlaming 

o'zaro  mutanosibligiga  ahamiyat  berganlar.  Bu  cheklashmachoqlarda poetik  fazi- 

lat kuchaytirilgan, ular estetik zavqni tarbiyalovchi vositaga aylangan.

Ol tiyoq,

Olmon tiyoq.

Burgut tiyoq,

Jarang-jurung.

*  *  *


— Ona,  ona,  kim ona?

— Men ona (Biz ona).

— Sizga osmondagi oy kerakmi, 

Kishnab turgan toy kerakmi?

— Bizga kishnab turgan toy kerak.

— Kishnab turgan toy menman,

— O 7,  bizdan ekansan!



*  *  *

— Biz ikki gul-u lola,



Kimga gul,  kimga lola?

*  *  *

— Mati,  mati,



Kimning navbati?

— Meniki.(Onaboshilardan biri.)

—  Tarvuzni olasanmi 

Yokiqovunni?

— Qurulloq qurbaqani olasanmi, 



Tarilloh toshbaqani?

*  *  *

— Onaboshi,  onaboshi, 



Yigitlaming qalam qoshi. 

Kimni olasan,

Tovuqnimi, xo'roznimi?

*  *  *

— Kimga olma,  kimga nok? 

*  *  *

—  Kimga ot,  kimga aroba?



*  *  *

—  Tog'mi,  daryo?



*  *  *

—  Oftobmi, yulduz.



*  *  *

— Daraxtmi, gul?



*  *  *

— Olchimi,  towa?



*  *  *

Toji tillo xo ‘rozni olasanmi, 

Yo chala mullo tovuqni?

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish