Harakaíli o ‘yinlar
Bu xil o‘yin larda harakatni yuzaga keltiruvchi vositalar turlicha namoyon
boiadi. Shu xususiyatiga ko‘ra ular uch ichki xilma-xillikka ega:
a) Sof harakatdan iborat o‘yinlar. Bulami taqlidiy o‘yinlar ham deyish
mumkin. Chunki harakat taqlid asosida yuzaga keladi. «Almash qadamlar»,
«Sirg‘anchiq yoki toyinishma», «Ona tovuq va hakka», «Jik-jik», «Bekinma-
choq», «Puqmipuq», «Yashirinmachoq», «Duk-duk», «Quvlashmachoq», «Shax-
shax» va boshqa juda ko‘p shu xildagi o‘yinlarda harakat u yo bu hodisaga taqlid
zamirida voqelikka aylangan.
To‘g‘ri, taqlidu boshqa turga mansub o‘yinlar uchun ham begona emas, lekin
ularda harakatni yuzaga keltiruvchi vositaga aylanmagan, sof harakatdan iborat
o‘yinlarda esa u harakatni voqelikka aylantirgan vosita, o‘ziga xos mehvar dara-
jasida, binobarin, uningsiz o‘yin ham yuzaga kelmagan bo‘lurdi.
Shuni ham ta’kidlash o'rinliki, sof harakatdan iborat o‘yinlaming ko'pligi
maktabgacha yoshdagi kichkintoylar va kichik yoshdagi o'quvchilarga mosligi
bilan ajralib turadi.
b) Harakatni predmet boshqaradigan o‘yinlar. Bular kichik hamda o‘rta
yoshdagi bolalar hamda o‘smirlarga mos boiib, ulardagi harakatni tuproq, tosh-
cha, tanga, loy, hango‘z, oshiq, danak, yong‘oq, ro‘mol, chillak va chillakdasta,
jirttak, lanka, to‘p, koptok, qo‘g‘irchoq, turli-tuman o‘yinchoqlar yuzaga keltiradi.
Bu turdagi o‘yinlarda narsa (o'yinchoq) harakatni yuzaga keltiradi va boshqaradi.
Taassufki, o‘zbek xalq o‘yinlarini to‘plash va o‘rganishga kam e’tibor berilgan-
ligidan ularga daxldor milliy an’anaviy o‘yinchoqlami yig'ish va tadqiq qilish
ham nazardan qolib keldi. Bu sohada E.M.Peshcherovaning 1957-yilda e’lon
qilgan «Tojiklar va o‘zbeklarda bolalar o‘yinlari va o‘yinchoqlar (1924—1935-
yillardagi materiallar asosida)» maqolasidan boshqa biror jiddiy ish yo‘q'. Bi
nobarin, bu turdagi o‘yinlarga xos o‘yinchoqlar (qo‘g‘irchoqlar, sopol va metall
hushtaklar, yog‘och g‘ildirakli itarma aravachalar, g‘arg‘aralar, kamonlar, toshdan
va yog‘ochdan yo‘nilgan ishti va hango‘zlar, akkol va akkoldastalar, soqqalar,
varraklar, parraklar, jun to‘pchiqlar, suv solib puflanganda sayraydigan bulbul-
chalar, uch g'ildirakli gav g‘altaklar, halo‘ngilar, g‘altag-u g‘altakchalar va h.k.)
to‘planmog‘i va ulaming bolalar ijodkorlik salohiyatini rivojlantirishdagi mohiyati
o'rganilmog'i zarur. Bu alohida, biroq kechiktirib boMmaydigan tadqiqot mavzu-
laridan hisoblanadi.
Shunisi muhimki, o‘tmishda bu o‘yinchoqlaming aksariyatini bolalaming
o‘zlari yasashgan, yo‘ngan, tikkan, xullas, tayyorlashgan. Bu ham bolalarda ijod
korlik malakasini shakllantirishga xizmat qilgan, pirovard-oqibatda esa yo'qni
yo‘ndirib bo‘lsa-da, o‘yinni tashkil etuvchi topqirlikka o‘rgatgan. Qizlar qo‘g‘ir-
choq yasamoqchi boMishsa, bir tugma, ozgina ip va matoh, ikkita cho‘pchak to-
pishsa boMadi, o‘zlari uni tayyorlayverishgan. Toychoq mingisi kelgan bolakay
uchun uzun novda topilsa — yetarli sanalgan. Suv va tuproq bor joyda istagancha
loy o‘yinchoqlami tayyorlay olganlar. To'pchiqqa ehtiyoj sezganlarida tullagan
sigir junini olib, kaftlariga hovuchlab, ozgina suv sepib ho‘llab ishqalasalar boMa
di — jun to‘pchiq tayyor! Xullas, o‘yin taqozo etgan istalgan vaziyatdan bolalar
ana shunday topqirlik va sinchkov ijod yoki ixtirolari tufayli chiqa olganlar.
Afsuski, 50-60-yillardan boshlab tayyor «madaniy o'yinchoqlarga ruju
qo‘yish bolalarda ana shunday topqirlik va ijodkorlik ruhini birmuncha zaiflash-
tirdi. 0 ‘g‘il bolalaming topgani — tayyor fútbol, qizaloqlaming topgani «mama»
deguvchi tayyor qo‘g‘irchoqqa aylandi. 0 ‘zbek milliy o‘yinchoqlar vositasida xal-
qimizga xos milliylikni anglab yetishlariga monelik yuzaga keldi. Endilikda zud-
lik bilan ana shu kemtiklikka barham berish milliy istiqlolimiz taqozo etayotgan
dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |