o‘miga ohangdosh «ko‘rak» so‘ziga almashtirilishi o‘yin vositasida shu iftixor
tuyg'usini murg‘ak qalblarga indirishni ko‘zlashi tufayli muhim ijtimoiy-estetik
Kompozitsiyasining asosini qo'shiq tashkil etadigan o‘yinlaming aksariyati
improvizatsion xarakterga ega. Ular bolalaming o‘z ota-onalari turish-turmushiga
taqlid qilishlari natijasida yuzaga kelgan. Binobarin, improvizatsion o‘yinlar bola
lar kuzatuvchanligi samarasigina boiib qolmay, o‘ziga xos hayot eksprimentlari
ham. Aytaylik, «Olmacha do‘m-do‘m», «Osmondagi oy» o‘yinlari uchun deh-
qonning o'zi yetishtirgan olmani sotishga bolalar taqlidi asosga aylangan boisa,
«Bogiam-bogiam», «Guldur-gup», «Chilliktoy», «Qo‘rg‘on olish», «Cho‘pon
va shaqal», «Boylandi» o'yinlari uchun chorvachilik bilan shug'ullanuvchilar
faoliyatiga taqlid qilish o'yinning zamini hisoblangan. Bu o'yinlaming muhim
xususiyati shundaki, ular «Oq terakmi, ko‘k terak?» singari qarama-qarshi taraf-
larga boiinmagan holda o‘ynalsa-da, poetik dialog o‘yinga xos harakat man-
tiqiga omuxtalashgan boiadi. Bunday o‘yinlar, odatda, rollarga boiingan holda
o‘ynaladi. «Cho‘pon va shaqal» o‘yinida bolalar roiga kirib, o'yinning dramatik
konfliktini yechadilar. Bunda cho'pon va shaqal qiyofasida harakat qiluvchi o'yin
ishtirokchilaming harakatga omuxta poetik dialogi dramatizmning kuchaytirgichi
hisoblanadi:
C ho ' p o n : —
Sho 'rdan1 shaqal o 'tdimi?
Dumi loyga botdimi?
Gulbutani(ng) tayiga2
Bacha3 ochib yotdimi?
S h a q a l :
— A... a?..
C h o ' p o n : —
Sho 'rdan shaqal o ‘tdimi?
Dumi loyga botdimi?
Gulbutani(ng) tayiga
Bacha ochib yotdimi?
S h a q a l :
— Ha... a...
C h o ' p o n : —
To ‘xta, shaqalni uray man,
Qulog ‘ini buray man.
Bachasini obqochib,
Uyga qochib ketay man.
Bu xildagi o'yinlaming maxsus tomoshabini boimaydi, ulaming ijrochisi
ham, tomoshabini ham o‘sha ishtirokchilaming o‘zi. 0 ‘yinning har bir ishtirokchi-
si o'zi ijro etadigan rolni juda mas’uliyat sezgan holda tabiiy bajarishga inti-
ladi. Ular o'zlari ijro etayotgan rolning tashqi qiyofasiga ham, xatti-harakatiga
ham, xususan, ovozining taqlidan tabiiy chiqishiga ham alohida e’tibor berishadi.
«Bo‘rilar va echkilar», «G‘ozlarim», «Muzlatamiz», «Ot sug‘orish», «Muqallid»
va yana talay o‘yinlarga ana shu xususiyatlar yorqinroq joziba baxsh etgan.
«Muzlatamiz» — bolalami sovuqdan qo‘rqmaslikka, dadillikka da’vat etuv-
chi o‘yin. Umumiy yo‘nalishini aka-uka muzlar qiyofasidagi ikki o'yinboshining
xatti-harakati va dialogi belgilagan. 0 ‘yinboshi (muz)laming bin: «Men burun
yaxlatman», ikkinchisi: «Men quloq muzlatman», — deb bolalami sovuqdan
qo'rqitishadi. Bundan cho'chigan bolalar «panada qaltirashib», o‘ynagani chiqish-
maydi. Shunda aka-uka muz (o‘yinboshi)lar o‘z po‘pisasidan mamnun boiib:
— Botir bola bo ‘Isa-chi?
— Yo 7 safariga chiqsa-chi? —
deya kerila boshlaydilar. Bu bolalarga pisanda boiib tegadi. Ulaming g‘ururi
qo‘zg‘ab:
— Biz do ‘qirtgdan qo 'rqmaymiz,
Muzni pisand qilmaymiz, —
deya yoppasiga qiy-chuvlashib, otilib maydonga chiqadilar. 0 ‘yinboshi (muz)-
lar chekinishadi. Shu tarzda bolalarda jasorat tuyg'usi tarbiyalana boshlaydi. Bu
o‘yinda bolalar soni cheklanmagan, qancha ko‘p boisa, shuncha yaxshi. Ammo
«Ot sug‘orish» o‘yinida ikki kishi yetarli: biri — boshlovchi, ikkinchisi — ijrochi:
O ' y i n b o s h i : — Zamira, Zamira, Zamira,
Otni qaqqa boylading?
Z a m i r a :
— Suvxariga boyladim.
0 ‘y i n b o s h i : —
Necha gramm suvberding?
Z a m i r a :
— Ikki gramm suv berdim;
Bir grammni o ‘zim ichdim,
Qolganini chol ichdi.
0 ‘yin shunday yengil yumoristik ruhga ega. Unda yalqovlikdan kulinadi. Eng
muhimi, bu kulgi bolalar tabiati mantiqiga mos.
Bu turdagi o‘yinlaming muhim xususiyati shundaki, ular zamiridagi taqli-
diylikni qo‘shiq «yopadi» va harakatni o'z zimmasiga oladi hamda boshqaradi.
Qo'shiqning jo ‘rovoz tarzda kuylanishi bu vazifani ado etadi.
Bunga harakatni yuzaga keltirishni va boshqarishni ham qo‘shmoq lozim.
Shundagina o‘yinda jo'rovoz boiib kuylashning to ia ma’nosini to‘g‘ri ifodalash
mumkin. Jo‘rovozni ikki va undan ortiq bola ijro etar ekan, bolalaming ma’naviy
jihatdan birlashuvlariga zamin hozirlanadi, bolalar o‘zaro maslakdosh hamkor-
larga aylana boradilar, ayni choqda jamoa boiib uyushuvlarida ijtimoiy-estetik
muhit yuzaga keladi.