ga taqlid qilishi lozim. 0 ‘zbek bolalari repertuaridagi «Yashinmachoq» o‘yini
yurtimizning barcha shahar va qishloqlariga keng tarqalgan. Uni bugungi kunda
ham faollik bilan o‘ynashadi; ba’zi joylarda sof sport o‘yini shaklida o‘ynashsa,
boshqa bir qator joylarda o‘yinning ayrim qismlari qo‘shiq jo ‘rligida bajarila-
di. Chunonchi, buxorolik qizaloqlar yashirinish jarayonida jo ‘rovoz tarzida o‘z-
Qo‘shiqning «Yashinmachoq» o‘yinining har ikkala turida ijro etilishi uning
mazmunidan anglashilib turibdi: birinchi turida bolalar ikki qarama-qarshi teng
guruhga — toparmonlarga va yashirinuvchilarga boiinsalar, ikkinchi turida bun
day guruhlarga boMinmaydilar. Unda birgina navbatda turuvchi toparmon bo‘lib,
qolgan barcha bolalar yashirinadilar. 0 ‘yinning mana shu turi nisbatan kengroq
tarqalgan; unda yashirinish niyatida aytiladigan tarqalish qo'shigM ham boMakcha:
Agar hushyor bo ‘Isangiz,
Yig ‘lamasdan kulsangiz,
Tarqalishib ketdik biz,
Izlab-izlab toping siz.
Yashirinib boMishgach, toparmonga shu xususda ogohlantiruvchi ishora be-
riladi. Ko‘p hollarda «puq» yoki «pub» deyilgan ishora berilsa, ayrim hollarda
qo'shiq shunday ishora vazifasini o'taydi:
Oq sovun, ko 'k sovun,
O ‘rtasi atirsovun.
Pub-pub, pishdi,
Pub-pub, pishdi...
Yoki :
Ana man, ana man,
Echki boqib kelaman.
Shu yerdan tulki o ‘tdimi?
Dumi loyga botdimi?
Gulbutaning tayiga
G'azal aytib yotdimi?
Shuni ham aytish kerakki, «Yashinmachoq» o‘yinidagi qo‘shiqlar butun
o‘yinning tub mohiyatini belgilamaydi, aksincha, o‘yin kompozitsiyasidagi biror
qismgagina daxldor boiadi, o‘sha qismga xos harakatga omuxta tarzda ijro etiladi.
Aytaylik, yuqorida keltirilgan to‘rt qo‘shiqdan dastlabki ikkitasi faqat yashirinish
uchun tarqalayotgan paytda aytilsa, so'nggi ikkitasi yashirinib boigandan keyin
yashiringanlik haqida ishora tarzida aytiladi. Bunday hollarda qo‘shiq o‘yin kom-
pozitsiyasining uzviy qismiga — biror tarkibiy bo‘lagiga aylanadi, xolos.
0 ‘zbek bolalari repertuarida qo‘shiq kompozitsiyasiga aylangan o‘yinlar
butun bir silsilani tashkil etadi... «Yashirganirani top», «Chopa turib o‘tirish»,
«Yoshlam-yoshlam», «Oltin darvoza», «Xurmacha bog‘i», «Mehmon-meh-
mon», «Moy kulcha», «Chap berish», «Besh tosh» «To‘y-to‘y», «Sakra-sakra»,
«Otish-otish», «Urush-urush», «Jik-jik», « 0 ‘y o‘ylash», «Bozor-bozor», «Quv-
lashmachoq», «Otilgan do‘ppini kim oldin olib keladi?», «Tez qaytish», «Kim
chopag‘on», «Zum-zum», «Mushuk-sichqon», «Pishakvoy», «Quyonim» va
boshqalar ana shunday xarakterga ega.
«Xurmacha bog‘i», «Mushuk-sichqon», «Yoshlam-yoshlam» ko‘p variantli
o‘yinlar sifatida o‘tgan asrlardanoq bolalar repertuarini muzayyan etib kelmo-
qda. Ular davr ruhiga yo‘g‘rilib, yangi motivlami ifodalab, hamon bolalaming
sevimli o'yini bo‘lib qolmoqda. Bolalar o‘ylashni o‘yinga aylantirganlarida ham
Vatan dushmanlariga qasoslari borligini yashirishmaydi. «O‘y o‘ylash» o‘yinidagi
qo‘shiqda shu motiv ifodalangan:
—
Do'stlaringiz bilan baham: