Xalq 0 ‘yinlari — bolalar uchun hayot maktabi



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana16.01.2022
Hajmi0,63 Mb.
#375954
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ozbek xalq bolalar oyinlari ozbek xalq bolalari oyinlari - 28.04.2016 15-10-47

Harakaíli o ‘yinlar

Bu  xil  o‘yin larda  harakatni  yuzaga  keltiruvchi  vositalar  turlicha  namoyon 

boiadi.  Shu xususiyatiga ko‘ra ular uch ichki xilma-xillikka ega:

a)  Sof  harakatdan  iborat  o‘yinlar.  Bulami  taqlidiy  o‘yinlar  ham  deyish 

mumkin.  Chunki  harakat  taqlid  asosida  yuzaga  keladi.  «Almash  qadamlar», 

«Sirg‘anchiq  yoki  toyinishma»,  «Ona  tovuq  va  hakka»,  «Jik-jik»,  «Bekinma- 

choq»,  «Puqmipuq»,  «Yashirinmachoq»,  «Duk-duk»,  «Quvlashmachoq»,  «Shax- 

shax»  va boshqa juda ko‘p  shu  xildagi  o‘yinlarda harakat u yo bu hodisaga taqlid 

zamirida voqelikka aylangan.

To‘g‘ri,  taqlidu boshqa turga mansub o‘yinlar uchun  ham begona emas,  lekin 

ularda  harakatni  yuzaga  keltiruvchi  vositaga  aylanmagan,  sof harakatdan  iborat 

o‘yinlarda  esa  u  harakatni  voqelikka  aylantirgan  vosita,  o‘ziga  xos  mehvar dara- 

jasida, binobarin, uningsiz o‘yin ham yuzaga kelmagan bo‘lurdi.

Shuni  ham  ta’kidlash  o'rinliki,  sof  harakatdan  iborat  o‘yinlaming  ko'pligi 

maktabgacha  yoshdagi  kichkintoylar  va  kichik  yoshdagi  o'quvchilarga  mosligi 

bilan ajralib turadi.

b)  Harakatni  predmet  boshqaradigan  o‘yinlar.  Bular  kichik  hamda  o‘rta 

yoshdagi  bolalar  hamda  o‘smirlarga  mos  boiib,  ulardagi  harakatni  tuproq,  tosh- 

cha,  tanga,  loy,  hango‘z,  oshiq,  danak,  yong‘oq,  ro‘mol,  chillak  va  chillakdasta, 

jirttak,  lanka, to‘p, koptok, qo‘g‘irchoq, turli-tuman o‘yinchoqlar yuzaga keltiradi. 

Bu turdagi  o‘yinlarda narsa (o'yinchoq)  harakatni  yuzaga keltiradi  va boshqaradi. 

Taassufki,  o‘zbek  xalq  o‘yinlarini  to‘plash  va  o‘rganishga  kam  e’tibor  berilgan- 

ligidan  ularga  daxldor  milliy  an’anaviy  o‘yinchoqlami  yig'ish  va  tadqiq  qilish 

ham  nazardan  qolib  keldi.  Bu  sohada  E.M.Peshcherovaning  1957-yilda  e’lon 

qilgan  «Tojiklar  va  o‘zbeklarda  bolalar  o‘yinlari  va  o‘yinchoqlar  (1924—1935- 

yillardagi  materiallar  asosida)»  maqolasidan  boshqa  biror  jiddiy  ish  yo‘q'.  Bi­

nobarin,  bu  turdagi  o‘yinlarga  xos  o‘yinchoqlar  (qo‘g‘irchoqlar,  sopol  va  metall 

hushtaklar, yog‘och g‘ildirakli  itarma aravachalar, g‘arg‘aralar, kamonlar, toshdan 

va yog‘ochdan yo‘nilgan ishti va hango‘zlar, akkol va akkoldastalar, soqqalar,



varraklar,  parraklar,  jun  to‘pchiqlar,  suv  solib  puflanganda  sayraydigan  bulbul- 

chalar,  uch  g'ildirakli  gav  g‘altaklar,  halo‘ngilar,  g‘altag-u  g‘altakchalar  va  h.k.) 

to‘planmog‘i va ulaming bolalar ijodkorlik salohiyatini rivojlantirishdagi mohiyati 

o'rganilmog'i  zarur.  Bu  alohida,  biroq  kechiktirib  boMmaydigan  tadqiqot  mavzu- 

laridan hisoblanadi.

Shunisi  muhimki,  o‘tmishda  bu  o‘yinchoqlaming  aksariyatini  bolalaming 

o‘zlari  yasashgan,  yo‘ngan,  tikkan,  xullas,  tayyorlashgan.  Bu  ham  bolalarda  ijod­

korlik  malakasini  shakllantirishga  xizmat  qilgan,  pirovard-oqibatda  esa  yo'qni 

yo‘ndirib  bo‘lsa-da,  o‘yinni  tashkil  etuvchi  topqirlikka  o‘rgatgan.  Qizlar  qo‘g‘ir- 

choq  yasamoqchi  boMishsa,  bir  tugma,  ozgina  ip  va  matoh,  ikkita  cho‘pchak  to- 

pishsa  boMadi,  o‘zlari  uni  tayyorlayverishgan.  Toychoq  mingisi  kelgan  bolakay 

uchun  uzun novda topilsa — yetarli  sanalgan.  Suv va tuproq bor joyda istagancha 

loy  o‘yinchoqlami  tayyorlay  olganlar.  To'pchiqqa  ehtiyoj  sezganlarida  tullagan 

sigir junini  olib,  kaftlariga hovuchlab,  ozgina suv  sepib ho‘llab  ishqalasalar boMa­

di — jun  to‘pchiq  tayyor!  Xullas,  o‘yin  taqozo  etgan  istalgan  vaziyatdan  bolalar 

ana shunday topqirlik va sinchkov ijod yoki  ixtirolari  tufayli chiqa olganlar.

Afsuski,  50-60-yillardan  boshlab  tayyor  «madaniy  o'yinchoqlarga  ruju 

qo‘yish  bolalarda  ana  shunday  topqirlik  va  ijodkorlik  ruhini  birmuncha  zaiflash- 

tirdi.  0 ‘g‘il  bolalaming topgani  — tayyor fútbol,  qizaloqlaming  topgani  «mama» 

deguvchi tayyor qo‘g‘irchoqqa aylandi. 0 ‘zbek milliy o‘yinchoqlar vositasida xal- 

qimizga  xos  milliylikni  anglab  yetishlariga  monelik  yuzaga  keldi.  Endilikda  zud- 

lik  bilan  ana  shu  kemtiklikka  barham  berish  milliy  istiqlolimiz  taqozo  etayotgan 

dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish