Xalq 0 ‘yinlari — bolalar uchun hayot maktabi


CHORLAMALAR,  CHEKLASHMACHOQLAR,  SANAMALAR



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana16.01.2022
Hajmi0,63 Mb.
#375954
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ozbek xalq bolalar oyinlari ozbek xalq bolalari oyinlari - 28.04.2016 15-10-47

CHORLAMALAR,  CHEKLASHMACHOQLAR,  SANAMALAR

Harakatli o ‘yinlar, o ‘yin

 

debochalari, chorlamalar

G \  Jahongirov  bu  xildagi  o‘yin  qo‘shiqlarining  tabiatiga  mos  keluvchi  ix- 

cham  folkloristik  terminni  taklif  etmasa-da,  ammo  ulaming  voqe  bo'lish  shart- 

sharoitlari,  vazifasi  va  ijro  xususiyatlarini  to‘g‘ri  belgilaydi.  U  yozadi:  «Shahar 

va qishloq  bolalari,  odatda,  kechqurunlari  to'planib,  oydin  kechalari  uzoq  vaqtga- 

cha  gaplashib  o‘tiradilar,  ertaklar aytadilar,  olamdagi  hamma  narsalar  haqida fikr 

yuritadilar,  turli  xil  o‘yinlar  o'ynaydilar.  Shunday  paytlarda  bolalami  to‘plash, 

o'yinlami  uyushtirish  ayrim  bolalar  tomonidan  tashabbuskorlik  ko‘rsatishni  talab 

qiladi.  Biroq  bolalami  uydan  chiqarishga  ota-onalaming  munosabatlari  turlicha 

bo'ladi:  bolaga  javob  osonlikcha  tegishi  yoki  tegmasligi  ham  mumkin.  Bolalar 

esa  kattalaming  shunday  munosabatini  biladi  va  shundan  kelib  chiqib  o‘rtog‘ini 

uyidan chiqarib olish chorasini topadilar.  Ular ikki-uchtadan bo'lib, hovlilarga bo- 

radilar, ko‘chadan turib chaqira boshlaydilar:

 

Kel,  o 'rtoq,  qo ‘rchoq-qo ‘rchoq о 'ynaymiz.



 

Yur,  bekinmachoq о 'ynaymiz.

0 ‘g‘il bolalar o‘rtog‘ining laqabini aytib chaqirishi mumkin:

 



Laylak,  chiq,  о 'ynaymiz.

Shunisi  xarakterliki,  bu  xildagi  o‘yinga  chaqiriqlar  shu  holicha  qolib  ket- 

magan,  bolalikning  chorlov  bilan  bogMiq  xilma-xil  tuyg‘ularini  ifodalovchi 

qo'shiq  sifatida  ham  keng  tarqalgan.  G‘. Jahongirov  bunday  qo'shiqlaming 

beshtasini  e'Ion qilgan.  Biz o‘n  bitta namunasini  yozib olganmiz.  Ulaming aksari- 

yati  to‘rt misralik  bo‘lsa-da,  ikkilik,  uchlik,  beshlik, oltilik  va sakkizlik  shaklidagi 

namunalari  ham  bor.  Ularda  qofiyalanish  izchil  shaklga  cga  cmas,  misralardagi



bo‘g‘inlar  miqdori  ham  hamisha  teng  bo'lavermaydi.  Biroq  bolalaming  o‘yinga 

chorlov  kechinmalarini  konkret  vaziyatga  bog'liq  holda  ifodalaydi  va  hamisha 

bolalami o‘yinga chaqiruvchi poetik lavhalar sifatida qarab, chorlamalar deb atash 

to'g'riroq  bo‘lur  edi.  Shunda  mazkur  folkloristik  hodisa  mohiyatini  ifodalovchi 

termin  aniqligiga  va  bu  terminni  folklorshunoslikda  qo‘llashning  o‘ng‘ayligiga 

erishish mumkin bo'lur edi.

Zotan, bunday chorlamalaming ijrosi har xil  xususiyatga ega, ayrimlari yakka 

ovozning hayqirig‘iga moMjallangan:



Bacha,  bacha,  hozi,

Kim qora qozi?

Kim о ‘yinga chiqmasa.

Bo 'yniga tosh-tarozi.

Bacha bo ‘bang,  kelaver,

О ‘ynab-o ‘ynab kelaver.

Kel-ho,  kel,

Kel-ho,  kel...

Chorlama  ohangi  yolg‘iz  bolaning  ko‘cha  bo‘ylab  sakrab-sakrab  chopish 

harakati  ritmiga  mos.  Unda  o‘yin  istagi  bahonasida  bolalikka  munosabatdagi 

shafqatsizlik  kinoyaviy  ishoralarda  fosh  qilingan:  lirik  qahramon  o‘yinga  hakam- 

lik  qiluvchini  qozining  qora  ishini  qilmaslikdan  ogohlantirayotganday  —  «kim 

qora  qozi?»  0 ‘yinga  chiqmayotganlarini  esa  kattalar  singari  qarg‘ayotganday  — 

«bo‘yniga tosh-tarozi».

Ayrim  chörlamalarda  o‘yinga  chaqirilayotgan  bolalaming  holati  va  vazi- 

yatidan  kulish  zaminida  quvnoq  yumor  voqe  bo‘ladi.  Bunda  u  konkretlashadi, 

adreslilik  kasb  etadi.  Masalan,  quyidagi  chorlamada  Rahima  o‘yinga  cha- 

qirilmoqda.  Nimagadir  u  hadeganda  o'yinga  chiqmayapti.  Shunda  dugonalari 

uni  «Rahima  xola»  deya  chaqirishib,  uning  keksalar  kabi  o‘yinga  hafsalasizlik 

ko‘rsatayotganiga piching qilishadi:

Кип botdi-yu,  кип botdi,

Rahima xola yotdi,

Yotdi-yu,  dong qotdi.

Gohida yumoristik adreslilik parallelizm asosida ham namoyon boMadi:



Chumchuqcha chirillaydi,

Qanoti pirillaydi.

Sidiqaxon uydan chiqsa,

Otasi g ‘urullaydi.

Parallelizm  chörlamalarda  turlicha  g'oyaviy-estetik  vazifalami  bajaradi.




Yuqoridagi  chorlamada  chumchuqning  chirillashi,  qanotining  pirillashi  bolalarda 

noxushlik  tug‘dirgan.  Binobarin,  Sidiqaxonning  o‘ynagani  chiqishiga  otasining 

g‘urullashi  ham  shunday  assotsiatsiya  uyg‘otishi  tabiiy.  Tubandagi  chorlamada 

esa  o‘ynagani  to'planishgan,  ammo  o‘yin  tashkilotchisi  —  onaboshi  chiqmagani- 

dan  o‘ynash  ehtiroslari  yonib-jo‘shib  turgan  bolalar  holati  parallelizm  vositasida 

teran ifodalanib turadi:



O 'zbargani suvi bor,

Daraxtlari xuddi dor.

Onaboshi,  qani chiq,

Bachalaring senga zor.

Chindan ham  onaboshisiz nima qilishlarini bilmay turgan bolalar holati  dorga 

osilib muallaq qolganga o‘xshaydi.

Jo‘rovoz  bo‘lib  aytiladigan  chorlamalar  ham  anchagina,  ulami  ham  bir  bola 

emas, balki  ikki-uchtasi  birgalikda hayqirib aytishadi.  Jo'rovoz tarzida aytiladigan 

bunday  chorlamalar  kokpchilikka  qaratilganligi,  konkret  bolani  emas,  balki  umu- 

man hammani o'yinga taklif etish xarakteriga egaligi bilan ajralib turadi:

Hoy bolalar,  bolalar,

Bekinmachoq o ‘ynaymiz.

Tarqalishmang har tomon,

Qochib nima qilasiz?

Shuni  ham  aytish  kerakki,  bolalar  repertuarida  chorlamalar  ancha  siyrak- 

lashib  qoldi.  Buning  sababini  sotsial  voqelikning  bolalar  turmushiga,  aniqrog'i, 

o‘yin  faoliyatiga  o‘tkazgan  ta’siri  bilan  izohlash  mumkin.  Shunga  qaramay, 

hozirgi  sharoitda ham zamonamiz nafasiga yo‘g‘rilgan  chorlamalar yaratilmoqda. 

Chunonchi:



Bizlar o ‘ynayapmiz,

Davra qurayapmiz.

Davraga kelinglar,

Bizlarga qo ‘shilinglar.

Bu davrani qurgan

 

üulnorani 



k o

 

'ringlar.

Albatta, bu yagona zamonaviy chorlama emas, bolalar repertuarida ular ancha­

gina bo‘lib,  yangicha g‘oyaviy  fazilatlar kasb eta boshlagan  holda badiiy jihatdan 

takomillashuv  jarayonini  kechayotgani  shubhasiz.  Binobarin,  bunday  jarayonni 

muttasil  kuzatish,  chorlamalami  yanada  aktivroq  to'plash,  ilmiy  asosda  o'rganish 

va nashr etish folklorshunoslik e’tiborida turishi  lozim.






Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish