Xalq 0 ‘yinlari — bolalar uchun hayot maktabi


d)  Harakat  so‘zi  boshqaradigan



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana16.01.2022
Hajmi0,63 Mb.
#375954
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ozbek xalq bolalar oyinlari ozbek xalq bolalari oyinlari - 28.04.2016 15-10-47

d) 

Harakat 


so‘zi  boshqaradigan 

o‘yinlar.  Bunday  o'yinlar  kompozitsiyasi- 

da  qo'shiq  harakatni  yuzaga  keltirishi  va  boshqarishi  bilan  muhim  uzvga  aylan- 

gan,  aniqrog'i,  qo‘shiq  yo  ular  kompozitsiyasining  asosini  tashkil  etadi,  yo  o‘yin 

yo‘nalishida  biror  vazifani  bajaradi.  Shu  zaylda  u  estetik  qimmatini  oshiradi  va 

folklorlik  ruhini  kuchaytiradi.  Shu  vajdan  bu  xildagi  o‘yinlami  nuqul  sport  na- 

munalari  sifatida  xarakterlash  —  ulaming  folkloristik  xususiyatlarini  inkor  etis- 

hga  olib  keladi.  Chunki  har  qanday  qo‘shiq,  awalo,  og‘zaki  poetik  ijod  namu- 

nasi bo1 lib,  harakatning unga omuxtalashuvi  folklor va sportning o‘zaro mantiqan 

uyg‘unlashuvining  zuhuri  hisoblanadi.  Binobarin,  bunday  o‘yinlarga  shunchaki 

o‘yin sifatida emas, o‘yin-qo‘shiqlar sifatida qarash to‘g‘riroqdir.

0 ‘yin-qo‘shiqlardagi  poetik  matn  dialog  va  monolog  shaklida  boiib,  ijrosiga 

ko‘ra  bir-biridan  farq  qiladi.  Dialog  shaklidagi  poetik  matnlar  aksariyat  hollarda 

jo ‘rovoz  holatida  ijro  etilsa,  monologlar kuylanmaydi,  balki  shovqin  solib  deklo- 

matsiya qilingan.  Shunisi  ham  borki, jo ‘rovoz  bo‘lib  ijro etiladigan  dialog shakli­

dagi  poetik  matnlaming  aksariyatida  buyurish  ohangi  yetakchidir.  Chunonchi,




«Oq  terakmi, 

k o 'k


 

terak?»  o‘yin-qo‘shiqni  ko'zdan  kechiraylik.  Bu  o‘yin-qo‘shiq 

bolalar repertuarida uzoq zamonlardan beri o'ynalib kelinadi.  Bu jihatdan er-xotin 

V.  va  M.  Nalivkinlar  bergan  ma’lumot  alohida  qimmatga  ega.  Ana  shu  ma’lu- 

motga  ko'ra,  bundan  yuz  yilcha  ilgari  ham  bu  o‘yinni  bolalar  o‘ynaganlar  va 

uning  ijro  tartibi  quyidagicha  boigan:  «Bolalar  ikkita  teng  guruhga  boMinganlar. 

Guruhlaming  har  biri  o‘zaro  qo‘lma-qo‘l  ushlashib,  o‘zicha  saf  hosil  qilishadi; 

ikkala  saf  ham  yuzma-yuz  turíshadi.  Bir  safdagilar  ikkinchi  safdagilardan  jo 'r 

boiib so‘rashadi:

Oq terakmi,  ko ‘k terak?

Bizdan sizga kim  kerak?

Kimnidir so‘rashadi.  So‘raigan  qarshi  safhi  yorib  o‘tish  niyatida  unga  chopib 

borib  tashlanadi;  agar  u  yorib  o'tolsa,  unda  o‘sha  safdagi  bolalardan  birini  ye- 

taklab  borib  o‘z  safíga  qo'shadi,  aks  holatda  esa  o‘zi  o‘sha  safda  qoladi  va  o‘yin 

davom  etaveradi»1.  Oradan bir asrdan  ziyod vaqt o‘tganiga qaramay,  o‘yin  tartibi 

hamon  shu  holicha  saqlanib  kelmoqda.  Lekin  o‘yin  qo‘shig‘i  transformatsiyaga 

uchrab, xilma-xil varíantlar kasb etganini ta’kidlash lozim.  Mana shunday variant- 

lardan biri:

— 

Qamar,  qamar,  qamchini,

Qovurg 'aning yanchini.

Oq terakmi,  ko 'k terak?

Bizdan sizga kim kerak?

Ikkinchi  safdagilar  ham  shu  ohangda jo ‘r  boMishib,  shunday javob  qaytari- 

shadi:

— 

Kichkina Salim kerak.



Odatda,  qarshi  tomon  kichikroq,  kuchsizroq  yoki  o'zlariga  yoqqan  bo- 

lani  da’vat  etishi  an’anaviydir.  Shu  sababli  da’vat  etiluvchi  bola  nomi  turlicha 

sifatlanmog‘i  mumkin,  biroq  bu javob  satri  ritmining  savol  satrlari  ritmiga  mos 

monelik qilmasligi  lozim.  Shunisi xarakterliki, savoldan  iborat ikkilik deyarli bar- 

cha  variantlarda  turg‘un  holatda  saqlangan  boisa-da,  o‘sha  ikkilikka  yo  olddan, 

yo  oxirídan goh bir,  goh  ikki  va undan  ham  ortiq o'yinchilar holatini  ifodalovchi 

satrlar qo‘shilgan:

— 

Sohibjamol uydan chiqsa,



Hammani qaratadi.


Oq terakmi,  ko 'k terak?

Bizdan sizga kim kerak?

Jilmayibgina turgan

Bo ‘tako 'z Zumrad kerak.

O ‘ynab-ynab kuylaymiz,

Kuylab-kuylab o ‘ynaymiz.

Oq terakmi,  ko 'k terak?

Bizdan sizga kim kerak?

Erkin qo 'zichoq kerak.

Ola-bula kapalak,

Orqa sochim jamalak.

Oq terakmi, ko 'k terak?

Bizdan sizga kim kerak?

 



Xayri qizaloq kerak.

Keyingi  variant  ikkala  tarafning  tugal  poetik  dialogi  hisoblanadi.  Birinchi 

taraf  an’anaviy  poetik  so‘roqqa  o‘yin  muddaosini  ifodalovchi  baytni  qo'shgan 

boisa,  ikkinchi  taraf nozik  parallelizm  asosida  o‘yinchilar  holatini  ifodalovchi 

bayt  qo‘shgan.  Sochga  jamalak  urilganda  «ola-bula»  kapalakni  eslatishi  tabiiy. 

Ayni choqda «ola-bula»likda parokandalik holati ham ifodalanishi mumkin. Shun­

day  ekan,  yutqiza  turib  safning  siyraklashayotganiga  ham  ishora  qilinayotgan- 

day.  Tag4in  shunday  varianti  ham  borki,  unda  har  bir  satr  o‘zicha  mustaqil  poe­

tik  so‘roq  va  uning  poetik javobi  shaklidadir.  Bunda  qofiyalanuvchi  so'zlardagi 

ohangdoshlik muhim roi o‘ynagan:

 

Oq terakmi,  ko 'k terak?



 

Bizdan sizga kim kerak?

 

Sayrab turgan dil kerak.



 

Dillarni(ng) qaysi biri?

 

Gulandomdir o 'tkiri!



Qo‘shiq  matni  davr  ruhiga  yo‘g‘rilib  transformatsiyaga  uchrashi  natijasi- 

da  xilma-xil  variantlari  yuzaga  kelgan.  Ammo  o‘yinning  o'zidagi  tartib-qoida 

qat’iyligicha  qolavergan;  safhi  yorgan  —  g‘olib,  yutqizgan  tarafdan  bir  bolani 

o‘zi  mansub  safga  qo‘shib,  uni  mustahkamlaydi,  kuchaytiradi;  yorolmagan  — 

mag'lub,  o'sha  safning  bandisiga  aylanib  qoladi  va  o‘z  safini  kuchsizlantiradi. 

G‘olibning bo'ysundirishi,  mag‘lubning  itoati  o‘yinning  huquqiy xosiyati  sifatida 

bolalarga  huquq  asoslarini  idrok  qilishga  yo‘1  ochsa,  ayni  choqda  har  bir  o‘yin 

ishtirokchisini  o‘zi  mansub  safdoshlari  oldida  mas’uliyat  sezishga  undaydi.  Eng




muhimi, safni yorishi zarur topilgan bola qarshi tarafning kuchsiz joyini mo‘ljallay 

olishga, o‘sha joyni yorib o‘tishga kuchi yetishini his qilishga, demak, taktik jihat- 

dan aniq mo‘ljal ola bilishga va o‘z kuchiga ishonch hosil qilishga ham o'rganadi.

0 ‘yin-qo‘shiqning xuddi shu xususiyatlarini chuqur his qilgan  ilg‘or muallim- 

lar,  bolalar  shoirlari,  bog'cha  murabbiyalari  unga  alohida  rag‘bat  bilan  qarab, 

bir  qadar  kitobiyroq  bo‘lsa-da,  yangi  variantlaming  yuzaga  kelishiga  ta’sir 

ko‘rsatganlar.  Quyida  keltiriladigan  ana  shunday  qo‘shiqlaming  birida  an’anaviy 

savoldan iborat bayt aynan saqlangan boiib, a’lo o‘qish sharaflanadi:

— 

Biz boyagi hovlida

 

Bo

 

‘lib tarafma-taraf.

Navbat bilan aytishdik

 

Taraf-tarafga qarab.



Oq terakmi,  ko ‘k terak?

Bizdan sizga kim kerak?

— 

Bizga kerak maktabda

 

Eng a 'lochi Alisher.

Oq terakmi,  ko ‘k terak?

Bizdan sizga kim kerak?

— 

Bizga Alisher kerak!

Ikkinchisida o‘sha an’anaviy  savoldan  iborat  bayt ritmi  saqlangan  holda bayt 

uchlik bandga aylangan va mazmun ham o'zgarmagan:

— 

Oppoq-oppoq ko ‘rak,

Ko 'm-ko 




Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish