Xaggins formulasi, mark-kunn-xauvink tenglamasi va flori formulasini polimerlar massasi va konformatsion holati



Download 105,74 Kb.
bet2/3
Sana10.12.2022
Hajmi105,74 Kb.
#882957
1   2   3
Bog'liq
Xaggins formulasi, Mark-Kunn-Xauvink-tenglamasi

M. Xaggins qovushqoqlikning konsentrasiyaga bog’liqligini ko’rsatuvchi aniqroq tenglama yaratdi: ηcol / C = [η] + K [η]2*C bu yerda K – Xaggins doimiysi bo’lib, u polimer va erituvchi orasidagi ta’sirlanishni ifodalaydi va ayni sistema uchun o’zgarmas qiymat bo’ladi. U erituvchi tabiatiga bog’liq bo’lib, molekulyar massaga bog’liq bo’lmaydi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, ko’rinishi bo’yicha Xaggins tenglamasi osmotik bosimning konsentrasiyaga bog’liqligini ifodalovchi tenglamaga o’xshashdir: ηcol/C=[η]+K[η]2*C; P/C=RT/M2+RTp1/M1p2*(1/2-χ)C yoki umumiy ko’rinishda ηcol/C=A+BC; P/C=A+BC

Mark-Kunn-Xauvink tenglamasi. Juda ko’p empirik tenglamalar taklif qilingan, ularning mualliflari Shtaudinger tenglamasi kamchiligini bartaraf qilishga harakat qilishgan. Bulardan eng ko’p qo’llaniladigani Shtaudingerning umumlashgan Mark – Kun – Xauvink tenglamasidir: [η] = KM · Mα Bu tenglamada makromolekulaning o’ralish darajasi (zanjir bukiluvchanligi)ga bog’liq α qiymat bor. K – har bir polimergomologik qator va berilgan erituvchi uchun o’zgarmas kattalik. Chiziqsimon makromolekulalar uchun α=0; bukuluvchan, shakli o’ramaga yaqin bo’lgan polimer molekulalari uchun α=0.5 va tayoqchasimon, masalan, kuchli zaryadlangan polielektrolitlar uchun α=2. α–Erituvchi tabiatiga bog’liq bo’lib, “yaxshi” erituvchilarda 0.5 dan katta, “yomon erituvchilarda 0.5 dan kichik va ϴ - erituvchida 0.5 ga teng bo’ladi.

Polimer suyultirilgan eritmalarining qovushqoqligi ko’pincha kapillyar viskozimetrlarda V hajmli suyuqlikni laminar oqish vaqti t orqali aniqlanadi. Puazeyl qonuni bo’yicha kapillyardagi laminar oqim uchun [η] = πr4p*τ/8V*ℓ bu erda p-bosim; ℓ va r – kapilyarning uzunligi va radiusi. Nisbiy qovushqoqlik esa quyidagi tenglama orqali topiladi: ηnis = t1/t0 bu erda t0 va t1 – erituvchi va eritmaning kapillyardan oqib o’tish vaqti. Keltirilgan qovushqoqlik va eritma konsentrasiyasi orasidagi munosabatdan C=0 gacha ekstrapolyasiya qilib xarakteristik qovushqoqlik [η] topiladi.

Polimer molekulyar massasini faqat viskozimetrik o’lchashlar orqali aniqlash mumkin emas, chunki Mark – Kun – Xauvink tenglamasi yordamida hisoblash uchun [η] dan tashqari K va α ham ma’lum bo’lishi kerak. Bu qiymatlar odatda aniq polimergomologik qator va erituvchi uchun boshqa birorta, masalan osmometrik usul bilan molekulyar massa topilib, aniqlanadi. Agar bunda yaxshilab fraksiyalarga ajratilgan polimer namunalaridan foydalanilsa, viskozimetrik usul bilan aniqlangan molekulyar massa osmometrik usul bilan aniqlangan bilan bir xil bo’ladi (chunki monodispers polimerlar uchun barcha o’rtacha molekulyar massalar tengdir). 


Download 105,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish