X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Materiklarning paydo bo’lishi



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Materiklarning paydo bo’lishi.
Dastlab nemis geofizigi A.Vegener (1912) 
to’liq ishlab chiqqan-materiklarning gorizontal siljishi gipotezasi mavjud bo’lib, bu 
gipotezaga ko’ra granit yer po’sti yuqori paleozoyga qadar, ya’ni 200 mln. yil oldin 
Yer sharida ulkan Pantalassa okeani o’rab turgan yirik Pangeya materigini hosil 
qilgan. Mezozoyda bu materik parchalangan va uning ayrim palaxsalari - materiklar 
siljishi boshlangan. Materiklarning harakatlanishi gipotezasiga ko’ra, bundan 180 
mln. yil oldin ikkita yirik materik Lavraziya bilan Gondvana paydo bo’lgan. Ular 
orasida yangi Tetis okeani yuzaga kelgan. So’ngra 65 mln. yil oldin Lavraziyadan 
Shimoliy Amerika va Yevrosiyo, Gondvanadan Janubiy Amerika, Afrika, 
Antarktida, Avstraliya, Arabiston va Hindiston ajralib chiqqan va ular orasida 
hozirgi okeanlar paydo bo’lgan. Shimoliy materiklar bilan janubiy materiklarning 
o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligiga ularning ikkita kontinentdan vujudga 
kelganligi sabab qilib ko’rsatiladi. 
Materiklar eng kichik ekvatorial o’q yaqinida joylashgan. Bunga sabab shuki, 
sharsimon shaklga asta-sekin yaqinlashib borishi natijasida mantiyada yuqoriga 
tomon yo’nalgan eng kuchli harakatlar xuddi shunday sektorlarda vujudga kelgan 
va shu sababli u joylarda materiklarni hosil qiluvchi eng yengil jinslar—granitlar 
yuqoriga ko’tarilgan. Cho’kishga moyil bo’lgan okean sektorlarida mantiya 
moddasining saralanishi sekinlashadi, bu joylarda og’ir okean yer po’sti tarkib 
topadi. Janubiy yarim sharda okeanlarning ko’pligini ham shunday tushuntirish 
mumkin. 
Yer yuzi litosfera plitalari.
Hozirgi kunda A.Vegener takomillashtirish 
asosida materiklarning paydo bo’lishi haqida yangi g’oya “Litosfera plitalarining 
tektonikasi” paydo bo’lgan. Unga ko’ra, litosfera bir necha plita (palaxsa)lardan – 
Yevrosiyo, Afrika, Hind-Avstraliya, Shimoliy va Janubiy Amerika, Tinch okeani, 
Antarktida plitalaridan iborat, ular vulkanlar va zilzilalar bo’lib turadigan yoriqlar 
orqali bir-biridan ajralib turadi. Plitalarning harakati natijasida litosferadan 
astenosferaga cho’kayotgan jinslar (subdukasiya) o’rnini astenosferadan yuqoriga 
ko’tarilayotgan jinslar to’ldirib turadi va natijada yer hajmi o’zgarishsiz qolaveradi. 
Litosfera plitalarining siljish tezligi yuqori emas, jumladan, Tinch okeani plitasi 
shimoli-g’arbga tomon yiliga 5 sm tezlikda siljishi kuzatilsa, boshqa plitalar siljish 
tezligi ham o’rtacha 4-5 sm atrofida bo’ladi. Litosfera plitalari va materiklarning 
so’nggi 1 mln. yil davomida siljishi quyidagicha kuzatilgan: Grenlandiya oroli 
Yevrosiyo materigidan 17-22 km uzoqlashgan, Shimoliy Amerika va Yevropaning 
qarama-qarshi tomonga siljishi sababli Atlantika okeani 25-75 km ga kengaygan
shu davr mobaynida Janubiy Amerika bilan Afrika bir-biridan 40 km, Afrika 
Antarktidadan 16 km, Avstraliya Antarktidadan 70-75 km uzoqlashgan.
Plitalar tektonikasi nazariyasiga asosan, plita va materiklarning yuzaga kelishi 
uning astenosfera tomonga siljib, cho’kib, yana qaytib yangilanib chiqishi yerning 
geologik rivojlanish tarixi davomida yuz bergan. Bu jarayonlarni vujudga 
keltiruvchi asosiy manba mantiyadagi jinslarning, ya’ni bosim ta’sirida 



moddalarning vertikal va gorizontal harakati natijasi hisoblanadi. Ushbu 
ma’lumotlar to’liq oldingi Umumiy yer bilimi kursida ham berib o’tilgan. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish