X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



MATERIKLAR TABIIY GEOGRAFIYАSI 
I-BOB. AFRIKA MATERIGI 
 
Umumiy ma’lumotlar: 
Maydoni (orollar bilan birgalikda)
- 30 300 000 km

Dengiz sathidan eng baland nuqtasi
– Klimanjaro, 5895 m 
Dengiz sathidan eng past nuqtasi
– Assal ko’li, -153 m 
Materikning chekka shimoliy nuqtasi
– Ben-Sekka burni
(37°20 sh.k.) 
Materikning chekka janubiy nuqtasi
– Igna burni (34°51 j.k.) 
Materikning chekka g’arbiy nuqtasi
– Almadi burni (17°33 g’.u) 
Materikning chekka sharqiy nuqtasi
– Ras-Xafun burni
(51°24 shq.u) 
Eng uzun daryo
– Nil (Kagera bilan), 6671 km 
Maydoni bo’yicha eng katta ko’l
– Viktotiya, 69463 km

Eng katta orol
– Madagaskar, 587 041 km
2
 
 
 
1.1.
 
KIRISH. FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI, O’RGANISH 
OB’EKTI. YER YUZI LITOSFERA PLITALARI 
 
Tayanch so’z va iboralar:
materik, qit’a, Yerning ichki energiyasi, vulkan 
konuslari, tabiiy resurs, dengizlar, litosfera plitalari, mantiya, vulkanlar va 
zilzilalar, Pangeya, Lavraziya, Gondvana. 
 
Ma’lumki, eng qadimgi fanlardan biri hisoblanuvchi geografiya boshqa 
fanlar orasida o’zining o’rganish 
ob’ekti
sifatida geografik qobiq olinadi, uning 
ulkanligi, murakkabligi bilan alohida o’rin tutadi. Ilk bosqichlarda fanning maqsadi 
Yerning asosiy o’lchamlari, quruqlik va okeanlarning maydoni, Yer yuzasida ro’y 
beradigan har xil hodisa va voqealarni o’rganish bo’lsa, keyinchalik aniq 
ma’lumotlarning to’planib borishi bu hodisa va voqealarning vujudga kelish 
sababalarini aniqlash, shu asosda asosiy hududiy tabiiy geografik tizimlarning 
rivojlanishini baholash va bashorat etishga qaratiladi hamda shu yo’nalish asosiy 
vazifa
ga aylanadi. 
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasining asosiy 
maqsadi,
dialektik 
qonuniyatlarga tayangan holda Yer yuzasi tabiiy landshaftlarini o’rganish, ularning 
tarqalishi va shakllanishiga mahalliy, hududiy va dunyoviy jarayonlar ta’sirini tahlil 
etish hisoblanadi. Tabiiy landshaftlar esa litosfera, gidrosfera va atmosferaning bir 
qismini o’z ichiga oluvchi geografik qobiqda shakllanadi va rivojlanadi. Geografik 
qobiqning tarkibiy qismlari doimo bir-biri bilan uzviy bog’langan va alohida bir 
butun yaxlit tizimni vujudga keltiradi. Bu muhitda qariyb hamma kimyoviy 
elementlarni uchratishimiz mumkin, shu yerda Quyoshning nuri issiqlik 
energiyasiga aylanadi. Yerning ichki energiyasi bilan birgalikda geografik 
qobiqdagi kimyoviy elementlar atomlarining harakatini (migrasiyasini) ta’minlaydi 
va ularning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishiga olib keladi. Bunday harakat 
doimo to’xtovsiz ro’y beradi va landshaftlarning dinamik holatini belgilab beradi. 
Bu jarayonni aniglab yetish hisobigagina tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 
chora-tadbirlarini ishlab chiqishga qaratiladi.



Ma’lumki, quruqlik materik va orollardan iborat. Yer po’stining kontinental 
tipdagi yirik bo’lagiga 
materik
deyiladi. Uning asosiy qismi dengiz sathidan 
yuqorida materik sayozligi (shel’f) esa dengiz sathidan pastda joylashgan. Geologik 
tuzilishi va shakllanish tarixiga qarab quruqlikda oltita materik yoki kontinent 
ajratiladi. Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Antraktida va 
Avstraliya. Shu bilan birga ilgari yangi kashf etilgan yerlar 
qit’alar
deb yuritilgan. 
Shu bois qit’a nomlari: Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika, Antraktida va Avstraliya 
ham saqlanib qolgan.
Quruqliklarning materiklardan kichik qismlari, ya’ni hamma tomoni suv bilan 
o’ralgan quruqliklar orollar deb ataladi. Orollarning ko’pchiligi materik sayozligida 
joylashadi, materiklarning qismlari hisoblanadi va shu sababli 
materik orollari
deb 
ham ataladi. 
Okeanlardagi qirg’oqdan uzoqda joylashgan ko’pdan-ko’p mayda orollar 
okean ostidan otilib chiqqan vulkanlardan hosil bo’lgan, bunday orollar 
vulkan 
orollari
deb ataladi. Issiq mintaqalarda vulkan konuslari va suv osti qirlari ustida 
marjon organizmlari to’planadi va 
marjon orollarini
hosil qilgan. Vulkan va marjon 
orollari materik orollaridan farqli ravishda mustaqil orollar hisoblanadi. 
Hozirgi geologik davrda materiklar va orollardan iborat barcha quruqlik 
maydoni 149 mln. km
2
butun Yer yuzasi maydonining 29,2% ini tashkil etadi. Yer 
yuzasining 361 mln. km
2
qismini yoki 70,8% ini Dunyo okeani ishg’ol qiladi. Okean 
suvi quruqlik ichkarisiga kirib borib, dengiz, qo’ltiq va bo’g’izlarni hosil qiladi, 
bular o’z navbatida materiklardan yarim orol va orollarni ajratib turadi. 
Dengiz va qo’ltiq terminlarining ishlatilishi tarixiy sharoitlarga bog’liq 
ravishda juda xilma-xildir. Bir xil joyda uncha katta bo’lmagan suv havzalari, dengiz 
deb ataladi, masalan, Marmar dengizi, boshqa bir joyda juda katta suvliklarni 
qo’ltiqlar deb ataladi, masalan, Meksika, Gudzon, Bengaliya, Karpentariya 
qo’ltiqlari. Ko’p hollarda katta ko’llarni ham dengiz deb yuritiladi, chunonchi 
Kaspiy, Orol, O’lik dengizlari va h.k. 
Dengizlar materiklarga nisbatan joylashishi va okeanlar bilan tutashib turish 
xarakteriga qarab chekka, materik ichkarisidagi va o’rta dengizlarga bo’linadi. 
Chekkadagi dengizlar okeanlar bilan katta masofada tutashgan bo’lib, undan orollar 
va yarim orollar orqali ajralib turadi, shuning uchun ham bunday dengizlar chegarasi 
shartli bo’ladi. Chekka dengizlarni materik sayozligida joylashgan dengizlarga 
(Barens, Kara, Laptevlar, Chukotka, Shimoliy, Sariq dengiz va h.k.) hamda materik 
yon bag’rida joylashgan dengizlarga (Sharqiy va Janubiy Osiyo dengizlari, Biskay 
qo’ltig’i, Bofort dengizi) bo’lishi mumkin. 
“Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursi geografiya fanlari 
tizimidagi o’quv fani bo’lib, Yerning geografik qobig’i va tabiiy majmualarini 
o’rganadi. Bu kurs yer sharqidagi materiklar va okeanlarning tabiatini, uning 
tarkibiy qismlarini, ularda sodir bulayotgan tabiiy jarayonlarni o’zaro bir-biriga 
bog’liq holda o’rganadi. Shu bilan birgalikda bu kurs barcha materiklar va 
okeanlarning ularga tutash qismlari bo’lgan dengizlar va orollar bilan birgalikda 
o’rganiladi. Bunda quruqlikka asosiy e’tibor beriladi, okeanlar va dengizlar esa 



asosan ularning materiklar tabiiy sharoitining shakllanishidagi ahamiyati va 
aholining hayoti va faoliyatiga ta’sir nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish