X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Ko’p yillik muzloq yerlar



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Ko’p yillik muzloq yerlar. 
Ko’p yillik muzloq yerlar o’ziga xos geografik 
hodisadir. Bu muzloqlar bir necha yildan tortib bir necha ming yillar davomida 
sovigan holatda saqlanib kelayotgan tog’ jinslaridir. Uning harorati doimo 0°S dan 
past. Ko’p yillik muzloqlar abadiy muzloqlar ham deyiladi. Ko’p yillik muzloq 
yerlar Yevrosiyoning shimoliy va shimoli-sharqiy qismlarida keng tarqalgan. 
Abadiy muzloqlar shimolda Severnaya Zemlya, Novaya Sibir orollari, Yamal va 
Taymir yarim orollaridan boshlanib, janubda Mongoliya hududigacha kirib boradi. 
Uning maydoni 12 mln. km

atrofida bo’lib, materikning 25% dan ziyodroq qismini 
egallaydi. Muzloq yerlar Yevrosiyo hududida ikki xil shaklda - yaxlit va orol 
shaklida tarqalgan. Yaxlit muzloq yerlar faqat Sibirning shimoliy, shimoli-sharqiy 
qismlarini va Shimoliy Muz okeanining Osiyo qismidagi orollarni ishg’ol qilgan. 
Yaxlit muzloq yerlarning janubiy chegarasi Yamal va Gidan orollarining shimoliy 
qismidan, Dudinka orqali Vilyuy daryosining Lenaga quyilish joyining shimolidan 
o’tib, Sharqiy Sibirda Indigirka va Kolima daryolarining yuqori oqimidan o’tadi va 
Anadirdan janubda Tinch okean sohiliga chiqadi. Orollar markazida tarqalgan 
muzloq yerlar yaxlit yerlarga qaraganda kattaroq hududlarni, ya’ni Rossiya 
tekisligining tundra zonasini, G’arbiy Sibir pastekisligining shimoliy qismini, 
Sharqiy Sibir va Uzoq Sharqni egallagan. Muzloq yerlar Oltoy, O’rta Osiyo va 
Kavkaz tog’larida ham uchraydi. 
Muzloq yerlarning qalinligi hamma joyda bir xil emas. Masalan, Kola yarim 
orolida muzloq qatlamning qalinligi 25 m, Pechora havzasida100-200 m Vilyuy 
tekisligi va Markaziy Yoqutistonda 1500 m gacha boradi. Bu yerdagi muzlab qolgan 
tog’ jinslarida muzlar ham uchraydi. Yozda haroratning ko’tarilishi natijasida 
muzloq qatlam yuzasi 100-150 sm gacha qalinlikda eriydi. Ko’p yillik muzloq 
yerlarda yer osti suvlari muzloq ostida, muzloq oralig’ida va muzloq ustida yer 
yuzasiga yaqin joylashgan. Natijada muzloq yerlar yer osti suvlarining harakatini 
qiyinlashtiradi, O’rta va Sharqiy Sibir daryolarining yer osti suvlaridan to’yinishini 
chegaralab qo’yadi. Bunday sharoitda yer osti suvlari ko’pincha yaxmalaklar, 
shishma do’nglar (gidrolakkolitlar) va rel’efning boshqa shakllarini hosil qiladi. 
Muzloq gruntning erishi va cho’kishi termokarst hodisalarining keng tarqalishiga 
imkon yaratadi. 


232 
Abadiy muzloqlarning hosil bo’lishi to’g’risida ikki xil fikr mavjud. Ayrim 
olimlar muzloqlarning hosil bo’lishini qishning qattiq sovuqligi, qorning kam 
yog’ishi va haroratning 0°S dan past bo’lishi sabab bo’lgan deb hisoblashadi. 
Boshqalari esa, muzloqlarning hosil bo’lishini qadimiy materik muzligi davri bilan 
bog’lashadi. Chunki, muzloq qatlamning qalinligi ko’p yillik muzloqlarning juda 
qadimgi ekanligidan dalolat beradi. Bunga misol sifatida muzloq qatlamlar orasidan 
qadimgi hayvonlardan bir turi bo’lgan mamontlarning qoldiqlarini topilganligidir. 
Muzloq yerlar xo’jalik ishlarini amalga oshirishda ancha qiyinchiliklar 
tug’diradi. Turar joylar, yo’llar, inshootlar, sanoat va kommunikatsiya qurish 
ishlarini ancha qiyinlashtaradi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish