X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

O’simlik dunyosi. 
Yevrosiyoning flora kompleksi rang-barang bo’lib, uning 
hududida Shimoliy yarim shar uchun xos bo’lgan barcha o’simlik tiplari mavjud. 
Materik hududi biogeografik rayonlashtirish sxemasiga muvofiq Golarktika va 
Paleotropik floristik oblastlariga qaraydi. 
Golarktika floristik oblasti materikning shimoliy tropik chizig’idan shimoldagi 
katta qismini egallab olgan. Janubda Paleotropik oblasti bilan chegaradosh. 
Golarktika oblasti florasi yuqori bo’r va paleogen davrlarida shakllana boshlagan. 
Lekin paleogenning oxirida iqlimning sovushi, keyinchalik yangi tektonik harakatlar 
natijasida janubiy rayonlarda baland tog’ tizimlarining ko’tarilishi iqlimni 
kontinentallashtirib, o’simliklar qoplamining o’zgarishiga sabab bo’lgan. Golarktika 
florasining qadimiy namunalari uning janubiy qismlarida, ayniqsa Sharqiy Osiyo, 
Kavkaz, Karpat va G’arbiy Yevropa o’lkalarida ko’proq saqlanib qolgan. Shimoliy 
qismida sovuq iqlim va materik muzligi ta’sirida ko’plab issiqsevar o’simlik turlari 
yo’qolib ketgan. Shuning uchun Golarktika oblastining janubiy qismlari uning 
Shimoliy qismlariga nisbatan o’simlik turlariga ancha boy. Arktika, Turon, 
Markaziy Osiyo cho’llari aksincha, o’simlik turlariga nihoyatda kambag’al. Bundan 
tashqari tekislik o’lkalariga nisbatan subtropik tog’li o’lkalarda xilma-xil o’simliklar 
va uning endemik turlari ko’p uchraydi. Masalan, maydoni qariyb 2 mln km
2
bo’lgan tekislik Ob floristik rayonida 1150 tur yuqori o’simliklar aniqlangan bo’lsa, 
maydoni 29,2 ming km
2
keladigan tog’li Janubiy Zakavkaze floristik rayonida 3103 
tur yuqori o’simliklar borligi aniqlangan. Shimoliy Tyanshan bo’ylab 
o’simliklarning 67 ta endemik turi tarqalgan bo’lsa, undan shimoldagi rayonlarda 
endemik o’simliklar turi deyarli uchramaydi. Binobarin, Golarktika floristik oblasti 
o’simlik qoplamining ichki farqlariga va rivojlanish tarixiga ko’ra Arktika, Boreal, 


236 
O’rta Yevropa, O’rtadengiz bo’yi, Markaziy Osiyo va Sharqiy Osiyo kichik floristik
oblastlariga bo’linadi. 
Materikning eng janubiy, maydon jihatidan kichikroq qismi - Hindiston va 
Hindixitoy yarim orollari, Arabiston yarim oroli va Eron tog’ligining janubiy 
qismlari, Malay arxipelagi hamda Filippin orollari Paleotropik floristik oblastiga 
qaraydi. Bu oblastning o’simlik qoplami turlarga va endemik turlarga boy, qadimiy 
tropiklarga xos o’simliklar hukmronlik qiladi. Yevrosiyoning o’simlik qoplamiga 
tavsif berishda insonning ming yillar davomida tabiatga ta’sir etib kelayotgan 
xo’jalik faoliyatini ham hisobga olish kerak. Chunki, o’rmonlarning kesilishi, 
yerlarning haydalishi, madaniylashtirilgan daraxtzorlarning barpo etilishi, boshqa 
materiklardan va o’lkalardan daraxtlarni olib kelib o’stirilishi kabi tadbirlar 
o’simliklar qoplamini dastlabki ko’rinishlarini, tarkibini ma’lum darajada 
o’zgartirib yuborgan. Shuning uchun katta-katta maydonlardagi o’rmon massivlari 
o’zining dastlabki holatini yo’qotib, ikkilamchi antropogen o’rmonlarga aylangan. 
Jumladan, Yevropaning ko’pchilik mamlakatlarida tabiiy holdagi o’simliklar 
o’ziniig qadimiy qiyofasini va tarkibini 90% gacha o’zgartirgan. Buyuk Xitoy 
tekisligida, aholi eng zich joylashgan Xuanxe havzasida ayrim rayonlar borki, 
o’simlik qoplamining dastlabki holati qay darajada bo’lganligini aniqlashning iloji 
ham yo’q. 
O’simliklar tabiiy geografik sharoitni nihoyatda his etuvchi bioindikator 
hisoblanadi. Shuning uchun ko’pchilik landshaft zonalariga (tayga, aralash 
o’rmonlar, keng bargli o’rmonlar, o’rmon-dasht, nam ekvatorial o’rmonlar) nomlar 
hukmronlik qiluvchi o’simlik tipiga qarab berilgan. O’simlik qoplami iqlim, tuproq 
va rel’ef bilan bevosita bog’liq bo’lib, uning uchun tuproq qoplamiga o’xshash uchta 
qonuniyat - tekisliklarda kenglik zonallik, provintsiallik yoki uzoqlik zonallik va 
tog’larda balandlik mintaqalilik xarakterli. Yevrosiyo materigida kenglik zonallik 
shimolda arktik sahrolaridagi o’simlik tipidan boshlab, janubda nam ekvatorial 
o’rmonlar o’simlik tipigacha qonuniy ravishda birin-ketin almashinib boradi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish