X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Aralash o’rmonlar.
Taygadan janubda aralash o’rmonlar zanachasi 
joylashgan bo’lib, ular materikning g’arbiy va sharqiy chekka qismlarida, 
okeanyoni sektorlarida, namlik yetarli bo’lgan mo’tadil iqlim sharoitida vujudga 
kelgan. Aralash o’rmonlar igna bargli, mayda bargli va keng bargli daraxtlardan 
tashkil topgan.
Keng bargli o’rmonlar.
Aralash o’rmonlar janubga va g’arbga tomon keng 
bargli o’rmonlar bilan almashinadi. Ular o’simlik turlarining tarkibiga ko’ra eman-
qayinzorli, emanzorli, bukzorli va buk - qayinzorli tiplarga bo’linadi. Keng bargli 
o’rmonlar G’arbiy Yevropada hukmronlik qiluvchi tabiiy o’simlik tipi hisoblanadi. 
Sharqiy Yevropa tekisligida keng bargli daraxtlarning geografik tarqalishi 
birmuncha chegaralangan. G ’ a r b d a n sharqqa qarab keng bargli o’rmonlarning 
keskin kamayib borishi iqlimning kontinentalligining oshib borishi bilan 
chambarchas bog’liqdir. Keng bargli o’rmonlarning tur tarkibida qadimiy to’rg’ay 
florasining elementlari ko’p uchraydi. Hozirgi keng bargli o’rmonlar ham to’rg’ay 
florasiga o’xshab iliq mo’tadil okean iqlim sharoitida o’sadi va rivoj topadi. Hozirgi 
vaqtda G’arbiy Yevropa mo’tadil mintaqasining 25% hududi o’rmonlar bilan 
qoplangan.
Botqoqlik o’simliklari.
Bu tipdagi o’simliklar tundra, o’rmon tundra va 
o’rmon zonalarida keng tarqalgan. Botqoqliklar o’ziga xos tabiiy geografik 
komplekslar bo’lib, ular odatda o’rmon landshaftlarining ajralmas tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Botqoqlik o’simliklari hamma regionda deyarli bir xil bo’ladi.
O’rmon-dasht.
O’rmon-dasht o’simlik tipi materikning kontinental iqlimli 
ichki rayonlari uchun xarakterli bo’lib, g’arbda Karpat tog’laridan sharqda 
Oltoygacha uzluksiz davom etadi. Oltoy tog’laridan sharqda o’rmon-dasht 
o’simliklari orolchalar hosil qilib Lena-Vilyuy pastekisligigacha kirib boradi. 
O’rmon-dasht zonasining o’rmon o’simliklari eman, jo’qa, qayrag’och, tog’terak, 
qayin, shumtollardan iborat.
Dasht
. O’rmon-dashtlar janubga tomon dasht o’simlik tipi bilan almashinadi. 
Dashtlarda iqlimning quruqligi, yog’in miqdorining mumkin bo’lgan bug’lanish 
miqdoriga nisbatan kamligi kserofit o’simliklarning o’sishiga sabab bo’lgan. Bu 
yerda o’rmon-dasht uchun xarakterli bo’lgan turli xil o’t o’simliklar o’rnida boshoqli 
o’simliklar keng tarqalgan.


238 
Chala cho’l.
Chala cho’l o’simliklari Kaspiybo’yi pastekisligidan Oltoygacha 
va Mongoliya Oltoyidan Katta Xingan tog’larigacha bo’lgan polosada iqlimi yanada 
kontinental va quruq bo’lgan joylarda rivojlangan. Chala cho’llarda asosan boshoqli 
o’simliklar va shuvoqlar keng tarqalgan. O’t o’simliklar dashtlardagiga nisbatan 
siyrak o’sadi. Chalovlarga nisbatan betaga ko’proq uchraydi. Chala cho’lning 
Shimoliy qismida boshoqli o’simliklar, janubiy qismida esa shuvoq va sho’ra o’tlar 
keng tarqalgan. Chala cho’l o’simliklarining geografik tarqalishi mahalliy sharoitni 
muayyan ravishda o’zida aks ettiradi.
Cho’l. 
O’rta va Markaziy Osiyo tekisliklarini hamda tog’ tizmalarining past 
yon bag’irlarini cho’l o’simliklari qamrab olgan. Lekin bu yerlarda chala cho’l va 
dashtlarga nisbatan o’simliklar nihoyatda siyrak o’sadi. O’simlik bilan qoplangan 
yerlarga qaraganda ochiq yerlar ko’pchilikni tashkil etadi. Cho’llarda 
o’simliklarning turiga, ularning qalin yoki siyrak bo’lishiga tuproqlarning mexanik 
tarkibiga nihoyatda katta ta’sir ko’rsatadi. Bo’z tuproqlarda xilma-xil shuvoqlar, 
sho’rtob va sho’rxok yerlarda sho’ra o’tlar ko’p o’sadi.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish