X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

O‘simliklari. 
Xilma-xil bo‘lgan iqlim sharoiti va tuproq qoplami Shimoliy 
Amerikaning o‘simlik dunyosiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Materikning kenglik 
va balandlik bo‘ylab differensiasiyalashgan o‘simlik tiplari paleozoydan to 
antropogenga qadar sodir bo‘lgan tog‘ burmalanish bosqichlari, yangi tektonik 
harakatlar va iqlimning o‘zgarishi tufayli degradasiyalanib va transformasiyalashib 
hozirgi qiyofaga ega bo‘lgan. 
Bo‘r davrining oxiridan to paleogengacha materikda mo‘tadil va subtropik 
flora hukmronlik qilgan. Neogen davrida tektonik harakatlarning kuchayishi bilan 
landshaftlarning o‘zgarishi va differensiasiyalanishi keskin faollashadi. Materikning 
ko‘tarilayotgan g‘arbiy qismida kserofitizasiyalanish jarayoni natijasida keng bargli 
o‘rmonlar maydoni qisqara boradi va ularning o‘rnini igna bargli o‘rmonlar egallay 
boshlaydi. Materikning sekinlik bilan ko‘tarilayotgan sharqiy qismida Atlantika 
okeanining iliq va nam havo massalari ta’sirida keng bargli o‘rmonlar yaxshi 
saqlanib qolgan va rivojlanishni davom etdirgan. Shimoliy Amerikaning markaziy 
qismida dengiz chekingandan keyin, quruq va kontinental sharoitning kuchayishi va 
iqlimning sovushi tufayli o‘t o‘simliklari shakllanib, ularning turli xil formasiyalari 
vujudga kela boshlagan. 
Neogenning oxirida iqlimning asta-sekin sovushi subtropik o‘simliklarining 
halok bo‘lishiga va ularning bir necha turlarining janubiy o‘lkalarga chekinishiga 
sabab bo‘lgan. Natijada materikning shimoliy va o‘rta qismlarida mo‘tadil kenglik 
o‘simliklari tarkib topa boshlagan. Mo‘tadil kengliklardagi flora tarkibi va xarakteri 
o‘simlik tiplari bilan (tundra, tayga, dasht, cho‘l va boshqa o‘simlik tiplari) 
Yevrosiyoning flora tarkibi va o‘simlik tiplari o‘rtasida o‘xshashliklar mavjud. 
Bunga sabab har ikkala materikning shimoyliy qismlarining qadimiy geologik 
rivojlanish davrida bir-biri bilan tutash bo‘lganligidadir. Paleogen davrida 
materikning janubida tropik flora ko‘pchilikni tashkil etgan. Keyinchalik tropik flora 
kserofitizasiyalanish natijasida kuchli transformasiyalashgan, flora tarkibi Markaziy 
va Janubiy Amerikadan kelgan o‘simlik turlari hisobiga boyib borgan. 
Binobarin, uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot evaziga materik florasi va 
o‘simlik tiplari o‘rtasida katta farqlar yuzaga kelgan. Bu farqlar Shimoliy Amerikani 
Golarktika
va 
Neotropik
flora oblastlariga bo‘lishda asos bo‘lib xizmat qilgan. 
Shimoliy Amerikaning katta maydoni, shimoliy va o‘rta qismlari Golarktika flora 
oblastiga kiradi. Bu oblastda tundra, igna va keng bargli o‘rmonlar, dasht va cho‘l 
o‘simliklari keng tarqalgan. Golarktika flora oblasti o‘simlik tiplarining xilma-
xilligiga ko‘ra Arktika-Kanada igna bargli, Appalachi keng bargli, Atlantikabo‘yi 
subtropik o‘rmonlari, Shimoliy Amerika dasht va Shimoliy Amerika cho‘l kichik 
flora oblastlariga bo‘linadi. 
Arktika kichik oblastining o‘simliklari sovuq iqlim sharoitiga moslashgan 
mox va lishayniklar, pakana bo‘yli butalardan tarkib topgan. Alyaska va Shimoliy 
Kanada tundralarida Yevrosiyo tundralariga nisbatan lishayniklar ko‘p tarqalgan. 
Tundrada yer bag‘irlab o‘sadigan rododendron, kassiopiya, igna bargli mojjevelnik 
va endimik turlardan tog‘
dafnasi kabi butalar ko‘p uchraydi. Bulardan tashqari 
pakana bo‘yli qayin, tol va zirklar ham bor. Tundraning janubiy qismi boshoqli 
o‘simliklarga va giyohlarga boy. 


162 
Kanada igna bargli o‘rmonlar kichik oblasti mo‘tadil mintaqaning sharqda 
Atlantika okeani sohillaridan g‘arbda Tinch okean qirg‘oqlarigacha bo‘lgan katta 
hududni egallagan. Kanada igna bargli o‘rmonlari Yevrosiyo igna bargi 
o‘rmonlariga nisbatan o‘simlik turlariga boy. Kanada kichik oblastining katta 
maydoni boreal yoki 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish