X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

"gudzon"
tayga o‘rmonlari bilan band. Bu o‘rmonlarning asosi 
daraxt turlari oq yel, qora yel, Kanada yeli, Amerika tilogochi, Banks qarag’ayi, 
balzamli pixta, balzamli terak, tog‘ terak va qog‘ozli qayinlardan tarkib topgan. Igna 
bargli daraxtlarning aksariyati baland bo‘yli va Shimoliy Amerikaga xos endemik 
turlardir. Balzamli pixtadan texnikada ishlatiladigan Kanada balzami olinadi. Boreal 
o‘rmonlarning quyi yarusi uchun mayda mevali butalar-qora va qizil qoraqat 
(smorodina), xujagat (malina), chernika, bodrezak (kalina), na’matak va boshqalar 
xarakterli. 
Tinch okean qirg‘oqlaridagi igna bargli o‘rmonlar boreal o‘rmonlardan farq 
qilib, ular yumshoq dengiz iqlim sharoitida vujudga kelgan va o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simlik tipidir. Doimiy namlik bilan to‘yingan havo 
daraxtlar baland bo‘yli bo‘lib, o‘sishiga ham qulaylik yaratgan. Shuning uchun bu 
yerdagi igna bargli daraxtlarning bo‘yi 80-100 m gacha yetadi. O‘rmonlarda Duglas 
pixtasi, sitxa yeli, ulkan tuya yoki qizil qirqquloqlar, g‘arbiy xemlok yoki sugalar 
keng tarqalgan. Tuproq yuzasi qirqquloqlar va moxlar bilan qoplangan. Janubroqda 
sariq qarag‘ay, oq pixta, duglas pixtasi, shakar qarag‘ay, doimiy yashil sekvoyya va 
boshqa igna bargli daraxtlar o‘sadi. 
Kanada kichik oblastining janubi-sharqida, Buyuk ko‘llar atrofida aralash 

lavrentiy
” o‘rmonlari o‘sadi. Ko‘llarning janubiy qirg‘oqlarida issiqlikni sezuvchi 
igna barglilar - tuya, g‘arbiy xemlok, qarag‘aylar bilan birgalikda keng barglilar – 
shakar zarang, Amerika shumtoli, Amerika qayrag‘ochi, buk, eman, juka va boshqa 
daraxtlar ko‘p tarqalgan. Hozirgi vaqtda bu o‘rmonlarning katta qismi kesib 
yuborilgan, ularning o‘rnini inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida vujudga kelgan seliteb 
va agrolandshaftlar egallagan. 
Appalachi keng bargli o‘rmonlar kichik oblasti Appalachi tizimini va uning 
g‘arbiy tomonidagi tekisliklarni o‘z ichiga oladi. Bu yerdagi bargini to‘kadigan keng 
bargli o‘rmonlarning flora tarkibi juda boy. O‘rmonlarda Yevropa va Sharqiy 
Osiyoda o‘sadigan urug‘dosh daraxtlar bilan bir qatorda qadimiy relikt (qadimdan 
saqlanib qolgan qoldiq) turlar ham uchraydi. Umuman Appalachi Yer yuzida 
o‘simlik turlariga eng boy o‘rmonlar o‘lkasi hisoblanadi. Uning tarkibi buk, eman, 
kashtan, qayrag‘och, zarang, yasen, juka, chinor va boshqa turdagi daraxtlardan 
tashkil topgan. 
Kichik oblastning janubiy qismida qadimiy, issiqlikni sevuvchi turlar – lola 
daraxti, magnoliya, gikori, katta bargli likvidambar kabi daraxtlar ham uchraydi. 
O‘rmonlarning quyi yarusi azaliya, siren, sumaxa kabi o‘simliklarga boy. Daraxtlar 
lianalar bilan chirmashgan. Hozir bu hududda qishloq xo‘jaligi yaxshi 
rivojlanganligi sababli Appalachi o‘rmonlarining qadimgi asl ko‘rinishidan darak 
ham qolmagan. Appalachi o‘rmonlarining g‘arbiy tekislik qismida gikori-emanli 
o‘rmonlar tarqalgan. Ular asosan emanlarning va gikorilarning bir necha turlaridan 


163 
tashkil topgan. Bu o‘rmonlarda Amerika qayrag‘ochi va qora yong‘oqlar ham 
hamkorlik qiladi. 
Atlantikabo‘yi subtropik o‘rmonlar kichik oblastiga Shimoliy Amerikaning 
janubi-sharqiy qismi: Missisipining janubidagi va Atlantikabo‘yi pastekisligidagi
doimiy yashil subtropik o‘rmonlar hamda Florida yarim orolining shimoliy 
qismidagi o‘rmonlar kiradi. O‘rmonlarning tarkibi mahalliy sharoitga, tuproq 
xillariga va ona jinslarga qarab o‘zgaradi. Qizil tuproqli nam yerlarda 
qarag‘ayzorlarning subtropik turlari, doimiy yashil buk, eman, magnoliya va xilma-
xil liana va epifit o‘simliklari o‘sadi. Baland va quruq joylarda pakana bo‘yli 
Amerika sabal palmasi uchraydi. 
Doimiy nam va suv bosadigan Missisipi pastekisligida, Florida qirg‘oqlarida 
endemik tur – botqoq sarv daraxtlaridan iborat o‘rmonlar keng tarqalgan. Bu 
o‘rmonlarda aralash holda nissa yoki tupeloning bir necha turlari, qora paxta daraxti 
o‘sadi. Botqoqliklar o‘rtasidan ko‘tarilib turgan joylarda qora eman, qora yasen, 
gikorilar uchraydi. Subtropik o‘rmonlar g‘arbda meridional yo‘nalgan dasht zonasi 
bilan chegaralanadi. 
Kaliforniya subtropik o‘rmonlar kichik oblastiga 42°sh.k. dan Kaliforniya 
yarim orolining shimoligacha bo‘lgan Tinch okean qirg‘oq polosasi va unga yaqin 
joylashgan tog‘ yonbag‘irlari qaraydi. Bu hudud uchun subtropik iqlim va tuproq-
o‘simlik qoplamining o‘rta dengiz tipi xarakterli. Bu hududning jigar rang, bo‘z va 
qo‘ng‘ir tuproqlari kserofit o‘rmonlar va buta o‘simliklari bilan qoplangan. 
O‘rmonlar tarkibida sariq va veymut qarag‘aylari, ulkan tuya yoki g‘arbiy qizil kedr, 
g‘arbiy xemlok, ulug pixta ko‘p uchraydi. Oregonning Tinch okean qirg‘oqlaridagi 
o‘rmonlar Duglas pixtasi, xemlok, sitxa yeli, yirik bargli zarang, eman va yer 
daraxtlaridan tarkib topgan. Tinch okean sohili bo‘ylab balandligi 80-100 m ga 
boradigan qizil po‘stloqli doimiy yashil sekvoyyalar o‘sadi. Bu o‘rmonlar polosasini 
mahalliy xalqlar qizil o‘rmon deb ham ataydi. Iqlimning kontinentalligi orta borgan 
joylarda o‘rmonlar butazorlar bilan almashinadi. Butazorlarda doimiy yashil eman 
butalari keng tarqalgan. 
Shimoliy Amerika dasht kichik oblasti Missisipi vodiysi bilan Qoyali 
tog‘larning oralig‘idagi Buyuk tekisliklarni va Markaziy tekisliklarning g‘arbiy 
qismini egallagan. Kichik oblastning asosiy o‘simlik qoplami dasht o‘simlik tipidir. 
Uning shimoliy va sharqiy qismlarida baland bo‘yli dasht o‘simliklari va qisman 
o‘rmon massivlari tarqalgan. G‘arbiy qismida dasht o‘simliklari past bo‘yli va 
o‘rmonsiz bo‘lib, Yevrosiyoning tipik dashtlarini eslatadi. Shimoliy Amerikada 
dashtlar 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish