376
tomonidan amalga oshiriladi. Bu tadqiqot ishlarida 20 dan ortiq mamlakatlarning
olimlari
ishtirok etadi, okean tabiatiga va tabiiy boyliklariga xos ko’plab yangi
ma’lumotlar to’pladilar, okean osti rel’efiga ta’lluqli bir qator kashfiyotlar qiladilar.
Xalqaro ekspedisiyada
"Vityaz", "Ob", "Akademik Kurchatov", "Dmitriy
Mendeleev", "Akademik Vernadskiy", "Mixail Lomonosov"
kabi ilmiy kemalari
ishtirok etadi. Binobarin, Xalqaro Hind okeani ekspedisiyasi, Xalqaro geofizika yili
va boshqa ekspedisiyalar tomonidan olib borilgan ilmiy
tadqiqotlar natijasida
G’arbiy Hind va Sharqiy Hind suv osti tog’ tizmalari, Mozambik, Ouen, Tasmaniya,
Diamantika tektonik yoriq zonalari, Afanasiy Nikitin, Ob, Lena, Bardina, Zenit,
Ekvator kabi suv osti tog’lari kashf etiladi.
Dengizlari va orollari.
Hind okeanida dengizlar boshqa okeanlarga nisbatan
uncha ko’p emas. Okeanning shimoli-g’arbiy qismida Arabiston va Qizil dengizlari,
Fors, Omon va Adan qo’ltiqlari hamda Bob-el-Mandeb bo’g’izi joylashgan.
Shimoli-sharqiy qismida esa okean akvatoriyasining tashqi qiyofasini Bengaliya va
Manar qo’ltiqlari hamda Andaman dengizi murakkablashtirib turadi. Avstraliyadan
shimol tomonda Hind okeanining eng chekka dengizlari Arafura va Timor dengizlari
hamda Korpentariya qo’ltig’i, janub tomonida esa Katta Avstraliya qo’ltig’i
joylashgan. Hind okeanining eng janubida antarktik tabiiy sharoitga ega bo’lgan va
qish oylarida muz bilan qoplanadigan Riser-Larsen,
Kosmonavtlar, Hamkorlik
Deyvis, Mouson, Dyurvil kabi dengizlar va Pryuds qo’ltig’i mavjud.
Hind okeanining eng yirik mustaqil suv havzalaridan biri Arabiston dengizidir.
U okeanning shimoliy qismida joylashgan bo’lib, yarim berk dengiz hisoblanadi.
G’arbda Arabiston yarim oroli va sharqda Hindiston yarim oroli bilan chegaralanadi.
Janubda okeanning asosiy akvatoriyasi bilan tutashib ketgan. Maydoni 3685 ming
km
2
. O’rtacha chuqurligi 2734 m. Eng chuqur joyi 5203 m. O’rtacha suv hajmi
10070 ming km
3
ni tashkil etadi. Arabiston dengizi
uchun tropik musson iqlim
xarakterlidir. Fevralda dengiz yuzasi suvining harorati shimolda +20°S dan janubda
+25°S gacha ko’tariladi, may oyida esa +27°+29°S dan ham oshadi. Dengizning
g’arbida atmosfera yog’inlari 25 mm dan 125 mm gacha tushadi. Sharqqa borgan
sari yog’in miqdori orta boradi va 3100 mm ni tashkil etadi. Suvning sho’rlik
darajasi 35,8-36,5‰. Oqimlar yozda g’arbdan sharqqa va qishda sharqdan g’arbga
tomon harakat qiladi. Dengizda uchar baliqlar, tuneslar, qilich baliq, janubiy seld,
rif baliqlari, parusniklar yashaydi. Asosiy portlari - Bombey, Karachi, Aden va
Kolombalardir.
Hind
okeanida orollar ham uncha ko’p emas. Eng yirik orollari Madagaskar,
Tasmaniya, Shri-Lanka va Sokotralar bo’lib, ular qirg’oqqa
yaqin joylashgan va
kelib chiqishiga ko’ra materik orollari hisoblanadi. Bulardan tashqari okeanda
maydoni jihatidan uncha katta bo’lmagan vulkan va marjon orollari ham uchraydi.
Prins-Eduard, Kroze, Kergelen, Amsterdam, Sen-Pol
kabi orollar akvatoriyadan
baland ko’tarilib turgan vulkanlarning cho’qqilaridir. Lakkadiv, Mal’div, Chagos,
Kokos, Amirant, Farkuar va
boshqalar marjon atollari tipiga xos bo’lgan orollardir.
Tevarak atrofi marjon riflari bilan o’ralgan vulkanik orollar ham uchraydi. Bular
Maskaren, Komor, Andaman, Nikobar kabi orollardir. Seyshel orollari okean ichki
377
qismida joylashgan bo’lishiga qaramasdan kelib chiqishiga ko’ra yer po’stining
granitlaridan tashkil topgan materik tipidagi orollar guruhiga kiradi.
Madagaskar Hind
okeanining eng yirik oroli bo’lib, Afrikaning sharqiy
tomonida joylashgan. Materikdan kengligi 400 km bo’lgan Mozambik bo’g’izi
orqali ajralib turadi. Maydoni 590 ming km
2
. Orol shimoldan janubga 1600 km va
g’arbdan sharqqa 600 km masofaga cho’zilgan. Qirg’oq chiziqlari unchalik egri-
bugri emas. Faqatgina shimoli-g’arbiy qirg’oqlari biroz kesilgan. Madagaskar oroli
mezazoy erasida Afrika materigidan ajralgan qadimiy kristal bo’lak hisoblanadi. Bu
bo’lakning asosiy qoldig’i orolning sharqiy qismini
egallab yotgan Baland plato
tashkil etadi. Bu plato kristall (granit, diabaz) va metamorfik (slyudali slanes, gneys,
ohaktosh, kvarsit) jinslardan tarkib topgan. Ular ayrim joylarda vulkanik jinslar
bilan qoplangan. Platoning o’rtacha balandligi 800-1200 m atrofida, sharqida esa
1500 m gacha boradi. Orolning eng baland nuqtasi uning shimoliy qismida
Saratanana vulkanik massividagi Marumukutru (2886 m) cho’qqisi. Balandligi
jihatidan ikkinchi o’rinda Andringitra massividagi Bubu (2666 m) cho’qqisi va
uchinchi o’rinda Ankaratra massividagi Siafadzauna (2638 m) cho’qqisi turadi.
Orolning iqlimi tropik, shimoli-g’arbida ekvatorial mussonli. Sharqiy qismida
iqlim sernam va issiq. Shimolda eng sovuq oy iyulning o’rtacha harorati +20
0
, eng
issiq oy yanvarning harorati +27
0
. Janubda iyulning harorati +13
0
C gacha pasayadi
va yanvarning harorati +33
0
C gacha ko’tariladi. Baland platoda yillik yog’in miqdori
1500-3000 mm gacha yetadi. Orolning g’arbida 500 mm dan 1000 mm gacha, eng
janubi-g’arbida esa 400 mm atrofida yog’in tushadi.
Yirik va sersuv daryolari
(Sufiya, Besibuxa, Siribixina, Manguki, Unilaxi) orolning g’arbiy qismida
joylashgan. Tuproq qoplami lateritli qizil, qizil-sariq, lateritlashgan jigarrang-qizil,
qo’ng’ir va unumdor qora tuproqlardan tarkib topgan. O’simlik olamida endemik
turlar ko’p uchraydi. Ravenela palmasi, anrekum orxideyasi endemik turlardir. Sohil
bo’ylarida palmazorlar, g’arbda tikanli daraxtlar va butazorlar keng tarqalgan.
Orolning 13% hududi o’rmon bilan band. Xarakterli hayvonlardan lemur, tenrek,
mangusta, Fossa va qushlardan yashil to’ti, ko’kkaptar, setsarka, sulton tovug’i va
boshqalar yashaydi. Xameleon va timsohlar bor (Ilova, 20-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: