1
4–Laboratoriya ishi
Mavzu: Virtual laboratoriyalar bilan ishlash
Reja:
1. Simulyatorlar haqida ma’lumot
2. Phet dasturi misolida virtual jarayonlarni kuzatish
3. Crocodile Physics, Crocodile Chemistry va Crocodile ICT dasturi interfeysi
Laboratoriya ishi maqsadi:
Talabalarga
simulyator dasturlari interfeysi bilan
tanishtirish va ularda ishlash haqida ko’rsatma
berish
Simulyator – simulyator (odatda mexanik yoki kompyuter), uning vazifasi har
qanday jarayon, apparat yoki transport vositasini boshqarishni taqlid qilishdir.
Ko’pincha "simulyator" so’zi kompyuter dasturlariga (odatda o’yinlarga)
nisbatan qo’llaniladi. Avtotransport salonining ichki qismini mutlaqo aniq aks
ettiruvchi kompyuter – mexanik simulyatorlar yordamida uchuvchilar, kosmonavtlar,
tezyurar poyezd mashinistlari tayyorlanmoqda.
Simulyatorlar – virtual muhitda real hodisalar va xususiyatlarning bir qismini
aks ettiruvchi, haqiqat taassurotini yaratadigan dasturiy va apparat vositalari.
Kompyuter tajribalari ko’pincha simulyatsiya modellarini o’rganish
uchun
ishlatiladi. Simulyatsiya tabiiy yoki inson tizimlarini ilmiy modellashtirishda ularning
qanday ishlashini tushunish uchun ham qo’llaniladi. Simulyatsiyalar muqobil
sharoitlar va harakat usullarining mumkin bo’lgan ta’sirini ko’rsatish uchun ishlatilishi
mumkin.
Simulyatsiya, shuningdek, haqiqiy tizimdan foydalanish mumkin
bo’lmaganda qo’llaniladi, chunki u mavjud bo’lmasligi yoki ishtirok etish xavfli yoki
nomaqbul bo’lishi mumkin yoki u ishlab chiqilgan, lekin hali qurilmagan yoki mavjud
bo’lmagan bo’lishi mumkin.
O’quv jarayonida modellardan foydalanish yangi usul emas. Qadim–qadimdan
o’quv–o’rganish mobaynida modellardan foydalanib kelingan. Simulyatorlar o’quv
jarayoning qariyb barcha jabhalarida: boshlang’ich ta’limdan boshlab oliy o’quv
yurtlarigacha qo’llanilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda xattoki meditsina sohasida ham
simulyatorlardan
foydalanilmoqda.
Simulyatorlardan
foydalanishning
asosiy
sabablaridan biri ularning real ob’ektlarga nisbatan
juda ham arzon alternativa
ekanligidadir. Simulyatorlar esa shunday haqiqiy asbob–uskuna va jihozlarsiz virtual
holatda biror bir fizik jarayonni modellashtirish hamda virtual laboratoriya ishlarini
o’tkazishga imkoniyat yaratadi. Bu o’z–o’zidan nafaqat katta miqdorda mablag’lar
tejalishiga, balki ularga umuman ehtiyoj ham tug’dirmaydi. Simulyatorlarning qariyb
hech qanday moliyaviy mablag’lar talab etmasligi ma’lum tadqiqotlarni talabalar
tomonidan yuzlab, kerak bo’lsa minglab marotaba qayta-qayta
amalga oshirishga
imkoniyat yaratadi. Simulyatorlardan foydalanishning yana bir afzallik tomoni
ularning xavfsiz ekanligidadir. Ba’zi tadqiqotlarni amalga oshirish inson hayoti uchun
xavf tug’diradi, masalan, yadro fizikasiga oid bo’lgan hodisalarni o’rganish.
2
Bunday tadqiqot katta miqdorda moliyaviy xarajat talab etibgina qolmasdan,
tadqiqotni olib boruvchilar uchun hayotiga xavf ham tug’diradi.
Simulyatorlardan foydalanish jarayonida talabalar ma’ruza vaqtida o’rgangan
bilimlarini virtual bo’lsada hayotga tadbiq qiladilar. Ushbu
tadqiqotlar jarayonida
bilimlarini yanada mustahkamlash bilan bir qatorda nazariya hamda hayotiy
tadbiqotlarning rivojlanishiga bevosita xissa qo’shadilar. Bundan tashqari o’sha
simulyatorlarning ham yanada rivojlanishiga, yanada haqiqiy
hayotiy tadqiqotlarga
yaqin natijalar beradigan darajaga chiqarishda o’z xissalarini qo’shishlari mumkin. Bu
o’z o’rnida talabalarni faqatgina “tinglovchi” vazifasida qolmasdan, bevosita ilmiy-
tadqiqot ishlarida qatnashuvchilarga aylantiradi. Bu esa o’z navbatida talabalarda
o’qish va tadqiqotlarga bo’lgan qiziqishlarini yanada ortishiga olib keladi.
Simulyator dasturlariga misollar
: «Physics Education Technology» (PhET),
Crocodile Physics, Crocodile Technology, Crocodile Chemistry,