163
tashkil topgan. Bu o‘rmonlarda Amerika qayrag‘ochi va qora yong‘oqlar ham
hamkorlik qiladi.
Atlantikabo‘yi subtropik o‘rmonlar kichik oblastiga Shimoliy Amerikaning
janubi-sharqiy qismi: Missisipining janubidagi va Atlantikabo‘yi pastekisligidagi
doimiy yashil subtropik o‘rmonlar hamda Florida
yarim orolining shimoliy
qismidagi o‘rmonlar kiradi. O‘rmonlarning tarkibi mahalliy sharoitga, tuproq
xillariga va ona jinslarga qarab o‘zgaradi. Qizil tuproqli nam yerlarda
qarag‘ayzorlarning subtropik turlari, doimiy yashil buk, eman, magnoliya va xilma-
xil liana va epifit o‘simliklari o‘sadi. Baland va quruq joylarda pakana bo‘yli
Amerika sabal palmasi uchraydi.
Doimiy nam va suv bosadigan Missisipi pastekisligida, Florida qirg‘oqlarida
endemik tur – botqoq sarv daraxtlaridan iborat o‘rmonlar keng tarqalgan. Bu
o‘rmonlarda aralash holda nissa yoki tupeloning bir necha turlari, qora paxta daraxti
o‘sadi. Botqoqliklar o‘rtasidan ko‘tarilib
turgan joylarda qora eman, qora yasen,
gikorilar uchraydi. Subtropik o‘rmonlar g‘arbda meridional yo‘nalgan dasht zonasi
bilan chegaralanadi.
Kaliforniya subtropik o‘rmonlar kichik oblastiga 42°sh.k. dan Kaliforniya
yarim orolining shimoligacha bo‘lgan Tinch okean qirg‘oq polosasi va unga yaqin
joylashgan tog‘ yonbag‘irlari qaraydi. Bu hudud uchun subtropik iqlim va tuproq-
o‘simlik qoplamining o‘rta dengiz tipi xarakterli. Bu hududning jigar rang, bo‘z va
qo‘ng‘ir tuproqlari kserofit o‘rmonlar va buta o‘simliklari bilan qoplangan.
O‘rmonlar tarkibida sariq va veymut qarag‘aylari, ulkan tuya yoki g‘arbiy qizil kedr,
g‘arbiy xemlok, ulug pixta ko‘p uchraydi. Oregonning Tinch okean qirg‘oqlaridagi
o‘rmonlar Duglas pixtasi, xemlok,
sitxa yeli, yirik bargli zarang, eman va yer
daraxtlaridan tarkib topgan. Tinch okean sohili bo‘ylab balandligi 80-100 m ga
boradigan qizil po‘stloqli doimiy yashil sekvoyyalar o‘sadi. Bu o‘rmonlar polosasini
mahalliy xalqlar qizil o‘rmon deb ham ataydi. Iqlimning kontinentalligi orta borgan
joylarda o‘rmonlar butazorlar bilan almashinadi. Butazorlarda doimiy yashil eman
butalari keng tarqalgan.
Shimoliy Amerika dasht kichik oblasti Missisipi vodiysi bilan Qoyali
tog‘larning oralig‘idagi Buyuk tekisliklarni va Markaziy tekisliklarning g‘arbiy
qismini egallagan. Kichik oblastning asosiy o‘simlik qoplami dasht o‘simlik tipidir.
Uning shimoliy va sharqiy qismlarida baland bo‘yli dasht o‘simliklari
va qisman
o‘rmon massivlari tarqalgan. G‘arbiy qismida dasht o‘simliklari past bo‘yli va
o‘rmonsiz bo‘lib, Yevrosiyoning tipik dashtlarini eslatadi. Shimoliy Amerikada
dashtlar
Do'stlaringiz bilan baham: