X. S. Xadjaev, I. A. Bakiyeva, sh sh. Fayziyev makroiqtisodiyot


Ishsizlik, uning turlari va darajasi



Download 438 Kb.
bet14/152
Sana21.06.2022
Hajmi438 Kb.
#687031
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   152
Bog'liq
makro oquv qollanma 2 0bc92-конвертирован

Ishsizlik, uning turlari va darajasi


Iqtisodiyotda davriy rivojlanishining asosiy sabablaridan biri ishsizlik jarayoni hisoblanadi. Bu jaryonni tahlil qilishdan avval ishchi kuchi haqida to’[talib o’tsak.
Ishchi kuchi deganda aholining mehnatga layoqatli yoshdagi tarkibiga kiruvchi ishlayotgan va ishsizlarning umumiy soni tushuniladi.
Ishchi kuchlarining miqdori va sifati, uni jins, yosh va kasb tarkibi mamlakatning iqtisodiy imkoniyatiga va undan samarali foydalanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Boshqa tomondan, ularning o’zi ham ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi va xususiyati ta’siri ostida bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchi ham boshqa mehnat mahsullari kabi, tovar shakliga ega bo’lib, tovar-pul munosabatlariga faol jalb qilinadi. Uning bu xususiyati mehnat ko’rsatkichlari tizimida o’z aksini topadi. Ular orasida ish bilan bandlik va ishsizlik ko’rsatkichlariga muhim o’rin ajratiladi. Bu ko’rsatkichlarni hisoblash tartibi 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval

Ishchi kuchi, bandlik, ishsizlik (shartli raqamlar)


A. Aholi soni– ja’mi

30 mln. kishi

Shu jumladan:




1. 16 yoshga to’lmaganlar va maxsus muassasalardagi
shaxslar

10 mln. kishi

2. Ishchi kuchi tarkibidan chiqib ketganlar

8 mln. kishi

3. Ishchi kuchi (A-1-2)

12 mln. kishi

ulardan: ishlayotganlar yoki band bo’lganlar
ishsizlar

11,4 mln. kishi
0,6 mln. kishi

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, barcha aholi uch guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga – 16 yoshda bo’lgan bolalar hamda maxsus muassasalarda saqlanayotgan shaxslar kiradi. Masalan, ruhiy kasalliklar shifoxonasida, ahloq tuzatish muassasalarida bo’lganlar. Aholining bu qismi daromad keltiruvchi ijtimoiy foydali faoliyat bilan shug’ullana olmaydi. Ikkinchi guruhga – ishlashi mumkin, lekin bir qator sabablarga ko’ra uni istamaydigan aholi kiradi, ularga o’quvchilarni, nafaqaxo’rlarni, uyda ishlovchilarni kiritish mumkin. Uchinchi guruh yoki qolgan barcha aholi ishchi kuchlarini tashkil etib, o’z navbatida ishlayotganlarga va ishsizlarga bo’linadi.


Ishlayotgan yoki band bo’lgan aholi deb, mehnatga layoqatli yoshdagi ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan aholiga aytiladi. Shartli ravishda ularning tarkibiga to’liqsiz ish kuni bilan band bo’lganlar ham kiritiladi.
Ishsizlar – bu ishchi kuchlarining bir qismi bo’lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan, lekin ishlashni hohlovchi va ish qidirayotganlardir.
Har bir mamlakat ishlayotganlarni va ishsizlarni o’zining qonunchiligida belgilab qo’yilgan me’yorlarga muvofiq hisobga oladi.
Ishsizlik darajasi iqtisodiyotda ishchi kuchlaridan foydalanish darajasini ifodalab, quyidagicha aniqlanadi:
ishsizlar soni 0,6
ishsizlik darajasi= -------------------  100 % yoki  100=5 foiz
ishchi kuchi 12

Mehnat faqat ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning zarur sharti bo’lmasdan, balki inson uchun daromad olishning asosiy manbai, uning qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish vositasi hamdir. Shuning uchun ham ishsizlik darajasi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ifoda etuvchi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar qatoriga kiradi.


Ishchi kuchlariga bo’lgan talab va taklif, agarda bozor vositasida boshqariladigan bo’lsa, mavjud ishchi kuchlarini 100 foiz ish bilan ta’minlanganligini tasavvur etish mumkin emas. Oz darajadagi ishsizlikning mavjudligi iqtisodiy ko’tarilish davrlarida ham tabiiy bir holat deb hisoblanadi.
Ishsizlik yoki ishchi kuchlarini ish bilan band bo’lmasligi ishlovchini ish joyiga majburan biriktirib qo’yilmagan har qanday mamlakatda yuzaga keladi. Mehnat yoshidagi insonni eski ish joyidan mahrum bo’lishiga va yangi ish joyi izlashiga ko’plab sabablar mavjud. Ishsizlikni bir necha turlarga, ya’ni friktsion, strukturaviy va davriy ishsizlikka ajratiladi. Friktsion ishsizlik ish qidirish yoki kutish bilan bog’liq bo’lib, bunda xodimlar ish axtarishi yoki yaqin orada ish bilan band bo’lmasligidir. Bunday holat ular ish va turar joyini o’zgartirishi natijasida, shuningdek, o’quv yurtlarini yoki mavsumiy ishlarni tugallanishi sababli yuzaga keladi. U doimo mavjud bo’lib, ma’lum bir darajada kerakli deb hisoblanadi. Chunki ko’pchilik ishchilar keyinroq yanada daromadli va unumli ishni topadi. Boshqacha aytganda, friktsion ishsizlik ishchi kuchlarini samarali taqsimlanishiga va shu yo’l bilan iqtisodiy o’sishga ko’maklashgan bo’ladi.
Strukturaviy ishsizlik ishchi kuchlari talabi tarkibidagi o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lib, majburiylik hususiyatiga ega. Inson ehtiyojlarini doimiy o’sib borishi va fan-texnika taraqqiyoti eski tarmoqlarni yo’qolib borishiga hamda yangilari paydo bo’lishiga, natijada iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishga olib keladi. Bu esa, o’z navbatida, ishchi kuchlariga bo’lgan talabning tarkibini
o’zgartiradi, xodimlar ixtisosini va malakasini o’zgarishini talab qiladi. Bunga esa ma’lum vaqt kerak bo’ladi. Shuning uchun ham mehnat bozoridagi muvozanatning bunday buzilishi uzoqroq davom etadi va strukturaviy ishsizlik jiddiy muammo hisoblanadi. Ammo u friktsion ishsizlik kabi har qanday rivojlanayotgan iqtisodiyotda muqarrardir.
Davriy ishsizlik ishlab chiqarishning tushib ketishi va ishchi kuchlariga talab etarli emasliligi natijasida kelib chiqadi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga bo’lgan yalpi talabni pasayishini, shunga muvofiq, yalpi taklifning kamayishini, oqibatda aholini ish bilan bandligini qisqarishini va ishsizlikning o’sishini bildiradi.
Modomiki, jamiyatda friktsion va strukturaviy ishsizlik muqarrar ekan, to’liq bandlik ishsizlikni mutlaq yo’qligini bildirmaydi va doimo ishchi kuchining 100 foizdan kam deb hisob qilib kelinadi.
Boshqa mamlakatlar kabi, O’zbekiston uchun ham, ishsizlikning yuqorida sanab o’tilgan ko’rinishlari taalluqlidir. Ayniqsa, strukturaviy ishsizlik o’ta muhim muammoga aylanmoqda. Chunki respublika iqtisodiyotida ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etishga yo’naltirilgan yirik tarkibiy siljishlar amalga oshirilmoqda.
Ishsizlikning tabiiy yoki me’yordagi darajasi – bu aholini ish bilan to’liq bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasidir. U qachonki ishchi kuchi bozori muvozanatlashgan bo’lsa, ya’ni ish qidiruvchilar soni bo’sh ish joylari soniga muvofiq kelsa sodir bo’lishi mumkin. Bunday holatda mavjud bo’lgan barcha ishlab chiqarish quvvatlari to’liq harakatga keladi.
Iqtisodiyotda ishchi kuchining tabiiy darajasi ijobiy hodisa sifatida qabul qilingan, chunki friktsion va strukturaviy ishsizlikda ishdan mahrum bo’lgan shaxslarga maqbul keladigan yangi ish joyini topish uchun ma’lum vaqt kerak bo’ladi. Bu davrda ular mehnat bozoriga ta’sir ko’rsatmaydi. Faqat, ishchi kuchi taklifida bozor talabini yanada to’liqroq hisobga olishga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlar bo’ladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi yoki to’liq bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi friktsion va strukturaviy ishsizlik darajalarining yig’g’indisi sifatida aniqlanadi.
Odatda, ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan yuqori bo’ladi va ishlab chiqarish quvvatlari to’liq ishlatilmaydi. Qariyb barcha mamlakatlarda iqtisodiy resurslardan to’liq foydalanmaslik holatlari mavjud. Ammo, kamdan-kam paytlarda, masalan urush harakatlari ketayotgan davrda, iqtisodiy resurslar shu jumladan ishchi kuchiga talabni keskin o’sib ketishi natijasida ular ishlab chiqarishga to’liq safarbar qilinadilar va natijada ishsizlikning tabiiy darajasidan past bo’lgan ishsizlik holati paydo bo’ladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy miqdor deb hisoblanmaydi. Har bir mamlakatda friktsion va strukturaviy ishsizlik ko’lami iqtisodiy vaziyatning, me’yoriy-huquqiy asoslarning, aholi turmush tarzining o’zgarishiga bog’liq holda o’zgarib turadi. Hozirgi vaqtda ishsizlikning tabiiy darajasi 5-6 foiz atrofida qabul qilingan bo’lsada, biroq bu foizlar turli mamlakatlar bo’yig’cha tebranib turishi mumkin.
Barcha mavjud resurslardan to’liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo’lgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning ishlab chiqarish potentsiali deb ataladi. Odatda mahsulotni haqiqiy ishlab chiqarilishi hajmi potentsial ishlab chiqarishi bilan teng bo’lmaydi: iqtisodiy pasayish davrida u potentsial hajmdan past, iqtisodiy ko’tarilishlar davrida, aksincha, barcha ishlab chiqarish omillaridan maksimal foydalanish natijasida yuqori bo’ladi.
Yalpi ichki mahsulotning potentsial va haqiqiy ishlab chiqarilishi o’rtasidagi farq yalpi ichki mahsulot hajmining uzilishi yoki orqada qolishi deb ataladi. U potentsial ishlab chiqarishga nisbatan foizda aks ettiriladi.
Potentsial YaIM (Yp) – Haqiqiy(Real) YaIM (Yh )
YaIM uzilishi= x 100 Potentsial YaIM(Yp)
Agarda, iqtisodiyot resurslardan to’liq foydalanmaslik sharoitida faoliyat
ko’rsatayotgan bo’lsa, ya’ni ishsizlikning haqiqiy darajasi tabiiy darajasidan yuqori bo’lsa, unda YaIM uzilishi ko’rsatkichi ijobiy miqdor bo’ladi. Lekin, iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari maksimal darajada harakatga keltirilgan bo’lsa, unda haqiqiy ishlab chiqarish potentsial ishlab chiqarishdan yuqori va uzilish miqdori manfiy bo’ladi.
Milliy mahsulotning haqiqiy va potentsial hajmi teng bo’lgandagi ishsizlikning tabiiy darajasi muqobil hisoblanadi. Shu darajadan har qanday oshib ketish jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy yo’qotishlar bilan bog’langan, chunki mamlakatdagi mavjud ishchi kuchlaridan to’liq foydalanmaslik YaIM uzilishini yoki uning hajmini potentsial hajmdan ortda qolayotganini bildiradi. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo’lsa, YaIM uzilishi shuncha ko’p bo’ladi. Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o’rtasidagi miqdoriy nisbat makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi Artur Ouken tomonidan aniqlangan va iqtisodiy adabiyotlarda Ouken qonuni sifatida keng tarqalgan. Bu qonun mohiyati shundan iboratki, agarda ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 1foizga oshsa, YaIM hajmini orqada qolishi 2,5- 3 foizni tashkil etadi. Ushbu nisbat ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo’qotishlarini aniqlash imkonini beradi:
YaIM uzilishi =-2,5(ishsizlikning tabiiy darajasi-ishsizlikning haqiqiy darajasi)
Masalan, agarda t yilda mamlakatda ishsizlikning tabiiy darajasi 6,5 fopiz deb qabul qilingan bo’lsa, haqiqiy darajasi esa 8,5 foizga yetgan bo’lsa, u holda YaIM farqi 5 foizni tashkil etadi (-2,5x(6,5-8,5). Bu shuni bildiradiki, shu yilda ishsizlikning tabiiy darajasi ta’minlangan bo’lganda, YaIM hajmi amaldagidan 5 foizga ortiq bo’lar edi. YaIMning pastroq darajasi, o’z navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq bo’lishini va iqtisodiyotni kelgusi taraqqiyotini investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi. Ishsizlik nafaqat iqtisodiy yo’qotishlarga olib keladi, balki jamiyatga ayniqsa aholining zaif qatlamlariga (ayollar, keksalar va boshqalarga) katta ijtimoiy zarar ham keltiradi. Uzoq muddat davomida ishsiz yurish oilaning,
shaxsning moddiy faravonligini va ijtimoiy mavqeini pasayig’shiga sabab bo’ladi.
Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat odamlarning manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat bo’lmasdan, balki mehnatga yaroqli aholining ish bilan bandligini ta’minlashni ham o’z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o’sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va o’ziga xos aholi tarkibiga ega bo’lgan bizning respublikada ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bandlik darajasi quyidagicha aniqlanadi :

Bandlik darajasi =


16 va undan katta yoshdagi band aholi soni 16 va undan katta yoshdagi aholi soni

Aholining ish bilan bandligi muammosi ko’p qirrali bo’lib, u barcha
odamlarga o’z qobiliyatlarini ishga solish, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o’rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o’z ichiga oladi.
2013 yil davomida ish o’rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash bo’yicha mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida qariyb 970 ming kishi ish bilan ta’minlandi.
Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, xizmat ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, ushbu sohalarda 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod yangi ish o’rinlari yaratildi.



Download 438 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish