X. S. Xadjaev, I. A. Bakiyeva, sh sh. Fayziyev makroiqtisodiyot



Download 438 Kb.
bet13/152
Sana21.06.2022
Hajmi438 Kb.
#687031
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   152
Bog'liq
makro oquv qollanma 2 0bc92-конвертирован

Mavzuga oid masalalar


    1. YaIM tarkibidagi qo’shilgan qiymatni aniqlang:




Ishlab chiqarish
bosqichlari

Mahsulotning bozor
narxi

Qo’shilgan
qiymat

Paxta ishlab chiqarish

250




Ip ishlab chiqarish

330




Gazlama to’qish

380




Ko’ylak tikish

480




Tayyor ko’ylakning
chakana narxi

590




Sotuvning umumiy qiymati

2030




Qo’shilgan qiymat






* * *


    1. Mamlakat iqtisodiyotining quyidagi ko’rsatkichlari asosida SIM (sof ichki mahsulot), Xn (sof eksport), ID (ixtiyoridagi daromad) va S (jamg’arma)ni aniqlang:

YaIM - 1700; yalpi investitsiyalar hajmi - 480; sof investitsiyalar hajmi - 300; uy xo’jaliklari iste’molining hajmi - 950; davlat xarajatlari - 230; davlat byudjetining ortiqchaligi - 20.

* * *


    1. Iqtisodiyot quyidagi ko’rsatkichlar bilan izohlanadi:

YaIM - 600, uy xo’jaliklarining iste’moli - 320, sof investitsiyalar hajmi - 110, davlat xarajatlari - 90, eksport -120, import - 90, davlat byudjetiga tushgan to’g’ri soliqlarning hajmi - 40, egri soliqlarning hajmi - 30, tadbirkorlarga berilgan subsidiyalar - 25.
Aniqlang:

  1. amortizatsiya ajratmalarining hajmini;

  2. milliy daromadni;

v) davlat byudjetining ahvolini.

* * *


    1. Quyidagi ma’lumotlar asosida SIM, MD va ID aniqlang:




YaIM

6500

Amortizatsiya ajratmalari

500

Korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi

300

Ijtimoiy sug’urta to’lovlari

320

Transfert to’lovlari

500

Korporatsiyalar foydasiga soliqlar

120

Shaxsiy soliqlar

610

Biznesga egri soliqlar

400



* * *


    1. Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib, yalpi ichki mahsulot va shaxsiy ixtiyoridagi daromadni aniqlang?

Shaxsiy iste’mol xarajatlari 245
Transfert to’lovlari 12
Ijara haqi 14
Amortizatsiya 27
Ijtimoiy sug’urta badallari 13
Mulkdan olinadigan daromad 31
Sof eksport 3

Dividentlar

16

Yollanma ishchilarning ish haqisi

221

Biznesga egri soliqlar

18

Korporatsiyalarning taqsimlanmagan foydasi

21

Yakka tartibdagi soliqlar

26

Korporatsiyalar foydasiga soliq

19

Tovar va xizmatlarni davlat xaridi

72

Sof xususiy ichki investitsiyalar

33

* * *


    1. Faraz qilaylik, 3 xil ne’mat ishlab chiqarilmoqda va iste’mol qilinmoqda. Jadvalda ularning har birini miqdori va bir birligining narxi 2 yil uchun berilgan. Laspeyres indeksini, Paashe indeksini va Fisher indeksini hisoblang (2012 yil-asos qilib olingan yil).

Yillar

2012 yil

2013 yil

narx

miqdor

narx

miqdor

Bug’doy

10

10

15

8

Paxta

27

6

24

7

Avtomobil

655

3

425

5



* * *


    1. Iqtisodiyotda 3 tovar ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi. Jadvalda ularning ikki yildagi miqdori va narxi ko’rsatilgan. YaIM deflyatorini va iste’mol narxlari indeksini aniqlang.

Yillar

2012 yil

2013 yil

narx

miqdor

narx

miqdor

Soatlar

20

15

25

12

Futbolkalar

10

25

8

30

Sovutgichlar

750

5

950

8

III BOB. BOZOR IQTISODIYOTINING DAVRIY RIVOJLANISHI.


ISHSIZLIK
    1. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari


Mamlakatlar iqtisodiyotining muntazam ravishda ortib borishiga erishish har bir jamiyat oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Biroq, mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotida bunday vaziyatga erishish murakkab bo’lib, iqtisodiyotda doimiy tebranishlar yuzaga kelib turadi, ya’ni iqtisodiyotda pasayish, iqtisodiy tanglik davrlari iqtisodiy faollik va ko’tarilish bilan almashadi. Iqtisodiy taraqqiyotning davriylik xususiyati fan-texnika taraqqiyoti bilan bog’liqligi tufayli asosiy fondlarni sakrash yo’li bilan yangilanishi yuz beradi, yangi texnologik jarayonlar tadbiq etiladi, milliy daromad, iste’mol, jamg’arish va investitsiyalar o’rtasida o’zaro bog’liqlik o’zgaridi. Iqtisodiy taraqqiyotda ishlab chiqarishning real hajmini vaqti-vaqti bilan bo’lib turadigan bunday kengayishi yoki qisqarishi iqtisodiy davr deb ataladi. (3-chizma).



Iqtisodiy faollik darajasi
cho’qqi
cho’qqi potentsial YaIM trendi pasayish

ko’tarilish pasayishning quyi nuqtasi
iqtisodiy davr

vaqt t
3-chizma. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi


Chizmadan ko’rinib turibdiki, iqtisodiy davr to’rt bosqichdan iborat bo’ladi. Iqtisodiy davrning birinchi bosqichi iqtisodiy taraqqiyotning eng yuqori darajasiga

erishilgan holatni aks ettiruvchi, ya’ni iqtisodiy faollik darajasi eng yuqori bo’lgan bosqichdir. Bu bosqich “cho’qqi” bo’lib, unda milliy ishlab chiqarish hajmi eng yuqri darajada bo’ladi, shu sababli ishsizlik darajasi o’zining eng past darajasida bo’lishi ta’minlanadi hamda narx darajasining iqtisodiy faollikka salbiy ta’siri bo’lmagan holda o’sishi kuzatiladi.
Iqtisodiy davrning ikkinchi bosqichi pasayish bosqichidir. Bu bosqichda iqtisodiy faollik darajasi pasayishi hisobiga milliy ishlab chiqarish hajmining qisqarishi va ishsizlik darajasining ko’tarilishi yuz beradi, ammo narxning o’sish darajasi pasaymaydi. Bu bosqich faol va uzoq davom etsagina narxning o’sish darajasi sustlashishi mumkin.
Iqtisodiy davrning uchinchi bosqichi pasayishning quyi nuqtasida milliy ishlab chiqarish hajmi eng quyi darajaga tushadi, aksincha ishsizlik darajasi eng yuqori darajaga yetadi va turg’unlik davri boshlanadi. Bu bosqichda narx darajasining keskin ko’tarilishing yuz berishi iqtisodiyotda stagflyatsiya holatini keltirib chiqardi.
Iqtisodiy davrning to’rtinchi bosqichi ko’tarilish bosqichi bo’lib, bu bosqichda milliy ishlab chiqarish hajmi iqtisodiy faollik darajasining ortishi hamda ishsizlik darajasining asta-sekin pasayishi, ish bilan bandlik darajasining ortishi hisobiga ko’tarilishiga erishiladi. Oxir-oqibat muayyan vaqtdan so’ng iqtisodiy taraqqiyotning “cho’qqi”siga erishiladi.
Iqtisodiy davrning yoki tebranishlarning asosiy sabablari milliy iqtisodiyotdagi texnika va texnologiyalarda ro’y beradigan o’zgarishlar, mamlakatlarda yuzaga kelgan siyosiy vaziyat hamda tasodifiy holatlar, mamlakatdagi yalpi talab, yani mamlakatdagi yakuniy iste’molchilarning yalpi xarajatlari miqdorining ozgarishidir.
Iqtisodiy davr yoki tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish va davriylikni qisqartirish barcha mamlakatlar hukumatlari makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiy davrlar davom etish muddatiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

  • Kitchen davri qisqa (2-3 yil) muddatli davr bo’lib, tovar-moddiy qimmatliklarining o’zgarishi bilan asoslangan;

  • Juglyar davri o’rta (10 yil) muddatli davr bo’lib, asosiy fondlar asbob- uskunalarni almashtirishi sifatidagi o’zgarishlaridan kelib chiqadi;

  • Kuznets davri (18-25 yil) turar joylarni va ba’zi ishlab chiqarish inshootlarini vaqti-vaqti bilan ommaviy ravishda yangilanishi bilan bo’g’liq tebranishlardir;

  • Kondratev davri yoki uzun to’lqinlar (50-60 yil), infratuzilmani yangilanishi va tubdan yangi texnologik jarayonlarni kiritish bilan asoslanadi.

Iqtisodiy davrni o’rganish davlat tomonidan davriylikka qarshi qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun zarurdir.

    1. Download 438 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish