Respublika iqtisodiy taraqqiyotining barqarorligi, o’sib borayotgan moliyaviy imkoniyat va zaxiralar aholining ish haqi va daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish imkonini berdi. 2013 yilda respublikamizda aholining real daromadlari 16,0 foizga, o’rtacha oylik ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va
stipendiyalar 20,8 foizga ko’paydi.
Bandlik darajasi hamda aholi daromadlarining bunday o’sishi, o’z navbatida, aholi turmush darajasining va ijtimoiy farovonligining barqaror ravishda oshib borishini ta’minlamoqda.
Makroiqtisodiy nobarqarorlikni yuzaga kelish sabablaridan yana biri bu inflyatsiyadir. Inflyatsiya – bu yalpi tovar va xizmatlar narxining ko’tarilishi va u bilan bog’liq pul birligi xarid quvvatining tushib ketishidir. Inflyatsiya makroiqtisodiy beqarorlikni aks ettiradi. Barcha mamlakatlar uchun inflyatsiyani jilovlash yirik iqtisodiy muammo hisoblanadi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha havfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog’liq.
Qisqacha xulosalar
Iqtisodiy taraqqiyotda ishlab chiqarishning real hajmini vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadigan kengayishi yoki qisqarishi iqtisodiy davr deb ataladi.
Iqtisodiy davr to’rt bosqichdan iborat bo’lib, har bir bosqich o’z xususiyatiga ega. Xususan, iqtisodiy davrning birinchi bosqichi iqtisodiy taraqqiyotning eng yuqori darajasiga erishilgan holatni aks ettiruvchi, ya’ni iqtisodiy faollik darajasi eng yuqori bo’lgan bosqichdir. Bu bosqich “cho’qqi” bo’lib, unda milliy ishlab chiqarish hajmi eng yuqri darajada bo’ladi, shu sababli ishsizlik darajasi o’zining eng past darajasida bo’lishi ta’minlanadi hamda narx darajasining iqtisodiy faollikka salbiy ta’siri bo’lmagan holda o’sishi kuzatiladi.
Iqtisodiy davrning uchinchi bosqichi pasayishning quyi nuqtasida milliy ishlab chiqarish hajmi eng quyi darajaga tushadi, aksincha ishsizlik darajasi eng yuqori darajaga yetadi va turg’unlik davri boshlanadi. Bu bosqichda narx darajasining keskin ko’tarilishing yuz berishi iqtisodiyotda stagflyatsiya holatini keltirib chiqardi.
Iqtisodiy davrlar davom etish muddatiga ko’ra Kitchen, Juglyar, Kuznets, Kondratev davrlariga bo’linadi. Iqtisodiy davrni o’rganish davlat tomonidan
davriylikka qarshi qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun zarurdir.
Makroiqtisodiy nobarqarorlikni yuzaga kelish sabablari asosan ishsizlik va inflyatsiya hisoblanadi.
Ishsizlik darajasi va YaIM o’rtasidagi bo’g’liqlikni Ouken qonuni ifoda etadi. Tayanch so’z va iboralar: makroiqtisodiy nobarqarorlik, iqtisodiy davr, ishsizlik, friktsion ishsizlik, strukturaviy ishsizlik, davriy ishsizlik, ishsizlikning
tabiiy darajasi, ishsizlik darajasi, bandlik darajasi, inflyatsiya
Do'stlaringiz bilan baham: |