5-chizma. Fillips egri chizig’i
Muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasida barqaror va oldindan ko’rish mumkin bo’lgan bog’liqlikni o’rnatish G’arb mamlakatlarining milliy iqtisodiyotini tartibga solish va istiqbolini belgilash imkonini berdi.
Fillips egri chizig’i ishsizlik va inflyatsiya darajalari o’rtasidagi teskari bog’lig’likni xarakterlaydi.
Fillips egri chizig’i shundan dalolat beradiki, agar talabni kengaytirish va yangi ish joyini ko’paytirish orqali ishsizlikni qisqartirishga erishilsa, bu inflyatsiya darajasini tezlashishiga olib keladi. Shuningdek ishsizlik darajasining o’sishi pul massasini qiqarishiga (ya’ni ish sifatida to’lanadigan), bu esa inflyatsiyaning pasayishiga imkon beradi. XX asrning II yarmiga kelib, Filips egri chizig’idan foydalanish har doim ham yutuq olib kelmasligini isbotlab berdi. Asosan, ishsizlikni o’sishi qisqa muddat davomida narx o’sishini pasayishiga olib kelishini ko’rsatmoqda. Lekin, 70 yillardan boshlab bunday bog’liqlik buzildi va Fillips egri chizig’i zamonaviylashtirildi - endi u o’ng tomonga siljib, G’arb mamlakatlarida vujudga kelgan real makroiqtisodiy vaziyatni aks ettira boshladi. Ya’ni ishlab chiqarishni qisqarishi va ishsizlikni ko’payishi narxlarni oshishi bilan kuzatiladi. Bu hodisa stagflyatsiya deb atalib, ham inflyatsiyani, ham ishsizlikni o’sishi bilan ifodalanadi.
Uzoq muddatli jarayonda buning natijalari boshqacha bo’lishi mumkin. Ayrim mamlakatlardagi real iqtisodiy holat ham ishsizlikni o’sishi ham narxlarning o’sishini ko’rsatmoqda. Bu holatda ham ishsizlikka, ham inflyatsiyaga ijobiy ta’sir etuvchi omillarni izlab topish kerak. Ishsizlik orqali bo’ladigan yo’qotishlar, oxir-oqibat ishsizlarning o’zi uchun og’ir yuk bo’lib qoladi.
Mamlakat iqtisodiyotining hususiyatiga ko’ra, shuningdek, inflyatsiyaning qaysi turi mavjudligiga qarab Fillips egri chizig’idagi inflyatsiya va ishsizlik darajalarining kombinatsiyasi farq qilishi mumkin. Bunday tanlov kutilayotgan inflyatsiyaning sur’atiga bog’liq. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi qanchalik yuqori bo’lsa ishsizlikning har qanday darajasida (sur’ati past bo’lgan inflyatsiya darajasiga nisbatan) haqiqiy inflyatsiya darajasi yuqori bo’ladi. Ishsizlik darajasi
va inflyatsiya sur’atining maqbul miqdorlari quyidagi formula ko’rinishida tasvirlanishi mumkin:
Yh – Yp
= kut + α ( ) + ε
Yp
Bu yerda - inflyatsiyaning haqiqiy darajasi;
kut- inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi;
Yh – Yp
α ( ) - talab inflyatsiyasi;
Yp
α - Fillips egri chizig’ining og’ish burchagini belgilovchi empirik koeffitsent;
ε - tashqi narx shoki ( taklif inflyatsiyasi).
Ouken qonuniga ko’ra YaIMning uzilishi, ya’ni (Yh – Yp) / Yp miqdor davriy ishsizlikning o’zgarishiga bog’liqligi sababli qisqa muddatli Fillips egri chizig’ini tenglamasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
(Yh – Yp) / Yp = kut - β [ u -u] + ε
Keltirilgan tenglamadan ko’rinib turibdiki, haqiqiy inflyatsiya darajasi miqdori kutilayotgan inflyatsiya darajasiga hamda tashqi narx shoklari darajasi bilan to’g’ri bog’liqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari bog’likka ega ekan.
Hukumat Fillips egri chizig’iga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflyatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |