Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari
Narxlarning o’sishi va u bilan bog’liq pul birligi harid quvvatini tushib ketishi inflyatsiya deb ataladi. Bunday holat makroiqtisodiy beqarorlikni aks ettirib, barcha mamlakatlar uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Chunki bu davr narxlarni erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasini keskin oshib ketishi bilan muqarrar ravishda bog’langan. Shu bilan birga narxlarni doimo o’sib borishi an’anasi jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozidan so’ng qulay iqtisodiy ahvoldagi boshqa mamlakatlarda ham kuzatilmoqda.
Inflyatsiya so’zi pul muomalasida AQSh dagi Shimol va Janub shtatlaridagi grajdanlar urishi vaqtida muomalaga juda ko’p miqdorda qog’oz dollar chiqarilgan vaqtdan boshlab qo’llanila boshlandi. Ularning harid qobiliyati ikki yildan so’ng 50 foizgacha tushib ketdi. Urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarining oshib ketshi,inflyatsiya bilan uzviy bog’liqdir. Masalan, Angliyada kuchli
inflyatsiya XIX asrning boshida Napaleon bilan urish davrida, Frantsiyada frantsuz revolyutsiyasi davrida juda yuqori sur’atlardagi inflyatsiya bo’lgan.
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin.
Inflyatsiyaning ichki omillari monetar - pul siyosati bilan hamda xo’jalik faoliyati bilan bog’liq turlarga bo’linadi. Xo’jalik faoliyati bilan bog’liq omillar bu xo’jalikdagi va iqtisoddagi mutanosiblikning buzilishi, ishlab chiqarishda yakka hukumronlikka yo’l qo’yish, investitsiyalashda nomutanosiblik, narxlarni shakllantirishda davlatning yakka hukmronligi, kredit siyosatining noto’g’ri olib borilishi va boshqalar hisoblansa, pul bilan bog’liq omillarga davlat moliyasi sohasidagi inqirozlar, davlat byudjetining taqchilligi, davlat qarzlarining o’sishi, pul emissiyasi, pul muomalasi qonunining buzilishi va boshqalar kiradi.
Inflyatsiyaning keltirib chiqaradigan tashqi omillarga jahon iqtisodida bo’lgan inqirozlar, davlat valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan bo’ladigan noqonuniy operatsiyalari va boshqalar kiradi. Pullar harakati bilan bevosita bog’langan inflyatsiya, iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlab chiqarishda, iste’molda, jamg’arishda, davlat moliyasida, investitsiyalashda va boshqalarda buzulish jarayonlarni keltirib chiqaradi. Shu sababli uning darajasini pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar har bir mamlakatning iqtisodiy siyosatida muhim o’rin tutadi.
Inflyatsiya iqtisodiyot rivojlanishining haqiqiy ahvolini buzib ko’rsatib, boshqaruv jarayonini nihoyatda murakkablashtirib yuboradi. Shu sababli ham iqtisodiy nazariya va amaliyotda uni o’lchashga katta e’tibor beriladi.
Inflyatsiya narxlar umumiy indeksi – deflyator va iste’mol narxlari indeksi (INI) yordamida o’rganiladi. Aynan shu ko’rsatkichlar iqtisodiyotda narxlar umumiy darajasini o’zgarishini ifodalaydi. Joriy yil uchun inflyatsiyaning o’sish sur’atini quyidagicha aniqlash mumkin:
I – Io
Inflyatsiya o’sish sur’ati = 100,
Io
bu yerda:
I – joriy yilning narxlar indeksi;
Io – o’tgan yilning (bazis) narxlar indeksi.
Masalan, agarda 2013 yilda narxlar 2012 yilga nisbatan 6 foizgacha oshsa, ya’ni iste’mol narxlar indeksi 106 foizni tashkil etsa, 2012 yilda bu indeks 104 foizga teng bo’lgan bo’lsa, bunda inflyatsiya sur’ati 1,92 foizga teng bo’ladi, ya’ni
106 - 104
x 100 = 1,92
104
Inflyatsiyani miqdoran o’lchash uchun "70 kattaligi qoidasi" usulidan ham foydalanadi. Bu usul narxlarni barqaror o’sish sharoitida inflyatsiya darajasi necha yilda ikki baravariga oshishini aniqlash imkonini beradi.
Inflyatsiya sur’ati ikki 70
hissaga ko’payishi uchun = --------------------------------
zarur bo’lgan yil Narxlarni yillik o’sish darajasi (foiz)
Narxlarni doimiy o’sib borishi sharoitida aholi va korxonalar pullarga bo’lgan ishonchini yo’qotadi va ixtiyoridagi mablag’ni tezroq iste’mol va investitsiya tovarlariga almashtirishga harakat qiladi. Natijada, inflyatsiyani o’sish sur’atlari yanada jadallashadi va giperinflyatsiya holati boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |