X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/134
Sana26.03.2022
Hajmi3,57 Mb.
#511193
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   134
Bog'liq
fayl 1934 20210924

Bilimlar – 
predmet sohasining qonuniyatlaridir (prinsiplar, bog‘lanishlar, 
qonunlar), mutaxasislarning amaliy faoliyati va professional tajribasi natijasida 
hosil qilinadi va mutaxassislarga predmet sohasida masalani qo’yish va echish 
imkoniyatini beradi. 
Komp`yuterda qayta ishlashda bilimlar ma`lumotlarga o’xshash quyidagicha 
bo’ladi: 
1)
Z1 – fikrlash natijasida inson xotirasidagi bilimlar; 
2)
Z2 – bilimlarni saqlash vositalari (darsliklar, uslubiy qo’llanmalar); 
3)
Z3 – bilimlar maydoni- fikrlash sohasining asosi ob`ektlarini, ularning 
xususiyatlarini, qonuniyatlarini va ularni bog‘lovchilarni o’z ichiga oladi; 


196 
4)
Z4 – bilimlarni aks ettirish tillirida yozilgan bilimlar (produksion tillar, 
semantik to’rlar, freymlar); 
5)
Z5 – informasiyani saqlovchi vositalardagi bilimlar bazasi.
Predmet sohasi bo‘yicha aks etgan ma’lumotlar va bilimlar ko‘lamiga qarab 
uning ramz, til, formal sistema va sun’iy intellekt darajasidagi modellarini farqlash 
mumkin. Ramz (timsol, belgilovchi, ruscha – znak) – biror predmetni bildiruvchi 
moddiy-sezib idrok etiladigan predmetlar. Masalan: ko‘cha harakati qoidasi 
ramzlari, so‘zlar, so‘z birikmalari, sonlar, nomlar, harflar, chiziqlar, imo-ishoralar, 
tovushlar, rasmlar, sxemalar va shunga o‘xshashlar – ramzlardir. Ramz sintaksis 
(berilish, ifodalash qoidasi), semantika (ma’no) va pragmatika (ramz bilan undan 
foydalanuvchi shaxs orasidagi munosabat) bilan xarakterlanadi va albatta 
belgilanuvchi predmetni bildiradi. Ramzning simvoldan farqi unga belgilanuvchi 
predmet mos qilib olingani va shu bois u ma’noga egaligidir. Har qanday simvol, 
litera, harf, sonni ramzga aylantirish uchun unga belgilangan predmetni ko‘rsatish 
kifoya [5]. 
Tabiiy tilda (ona tili + matematika tili) ishlatiladigan so‘zlar, so‘z 
birikmalari, sodda gaplar va ularni bildiruvchi va matematikaviy ifodalar predmet 
sohasidagi ob’ekt, mohiyat, bog‘lanishlarda qatnashadigan unsurlarni belgilaydi va 
bildiradi. Bu yerda avval aytganimizdek predmet deganda olamda nimaiki bor 
bo‘lsa va fikrlanishi mumkin bo‘lsa o‘sha tushuniladi). Tabiiy tilda ob’ekt so‘z va 
so‘z birikmasi bilan belgilanadi. 
Misol: 
Robot, a-nuqta, tuz, suv, tok, qarshilik, kuchlanish. 
Mohiyat ramzi so‘z, so‘z birikmasi, gap qismi yoki gap bilan belgilanadi. 
Misol: turibdi, robot a nuqtada tursin (“robot”, “a nuqta”| ob’ekt bo‘lmagan 
hol uchun), eriydi, tuz suvda eriydi (“tuz” va “suv” ob’ekt hisoblanmagan hol 
uchun), teng, ko‘paytma teng, tokni qarshilikka ko‘paytmasi kuchlanishga teng: 
(“tok”, “qarshilik”, “kuchlanish” ob’ekt hisoblanmagan hol uchun). 
Bog‘lanish yordamchi so‘z, so‘z birikmasi, tinish belgilari bilan belgilanadi. 
Masalan: va, yoki, emas, oqibat, demak. 


197 
Ob’ekt ramzini termin yoki ob’ektni ko‘rsatilgan term deymiz. 
Matematikada, mantiq fanida va sun’iy tillarda ob’ektning (predmetning) simvoli 
term deyiladi. Term – termin so‘zidan qisqartirib olingan bo‘lib, ma’nosi hisobga 
olinmagan, belgilanuvchisi ko‘rsatilmagan belgilovchidir. 
Mohiyat belgilovchisi umumiy holda «mohiyat ramzi» deb, mohiyat xossa 
yoki munosabat deb qaralganda esa “predikat ramzi” deb ataladi. 
Predikat, lotinchada “predicatum” – “aytilgan” degani, tor ma’noda xossa, 
keng ma’noda munosabat, ya’ni bir necha predmetning o‘zaro xossasi demakdir. 
Mantiq fanida predikat-argumentlari o‘zgaruvchilar (to‘g‘rirog‘i, almashuvchilar) 
bo‘lgan shunday predikat simvoli bilan belgilangan funktsiyaki, uning 
almashuvchilari aniqlanganda va predikat simvoli predikat ramzi bilan 
almashganda biror ma’noga ega tugal fikrni anglatadi. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish