0‘qitishning reproduktiv metodini qachon qo‘llash mumkin?
Bu usullar 0‘quvchilaming yangi tushuncha, hodisa va qo- nunlami bilishdagi ijodiy faolliklari darajasini baholash asosida qismlarga ajratiladi. Reproduktiv usullar 0‘quvchilaming o‘quv materiallarini mustahkamroq eslab qolishlarini ta’minlash, bilishga doir faoliyatni bevosita 6oshqarish, kamchUiklami tez aniqlash
228
uchun amaliy ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo‘llaniladi.
Reproduktiv usullar - o‘quv materialining mazmuni, asosan, axborot xarakterida bo‘lsa, amaliy harakatlaming usullarini ta’rif- lasa, 0‘quvchilaming bilimlarini mustaqil qidirib ola bilishlari uchun juda yangi hisoblansa, vaziyatlarni hal qilish uchun tayyor bilimlar yo‘q bo‘lsa, samarali qo‘llanadi.
Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Reproduktiv usulda o‘quvchilar ilgari yoki yaqinda egallagan bilimlarini qo‘l- laydi.
Muammoli ta’lim nima? Qanday qilib muammoli vaziyat yara- tish mumkin?
Muammoli deyilganda o‘quv materialini o‘quvchilar ongida ilmiy izlanishga o‘xshash bilish vazifalari va muammolari paydo bo'ladigan qilib o‘rganish tushuniladi.
0‘quvchilaming fikrlash faoliyatida mantiqiy to‘g‘ri, ilmiy xulosalarni izlash va o'zlashtirishga rag‘batlantiradigan muammoli vaziyatlar vujudga keladi.
Наг qanday ta’lim o‘quvchi uchun muammolidir. 0‘quvchi ongida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, o’quvchining faol fikrlash faoliyati o‘quv materialini puxta o’zlashtirib olishlari haqida sharq pedagoglari qimmatli fikrlar aytib o‘tganlar.
Mutafakkir Abu Rayhon Beruniy (937-1048) didaktik qarash- larida o'quvchilami o'qitish hamda tarbiyalash jarayonida, birin- chidan, turli mavzularda mulohazalar yuritishni, o‘quvchining ze- rikmasligini, zo‘riqmasligini ta’kidlagan.
Muammoli vaziyatda:
0‘quvchi uchun bilish qiyinchiligiga ega, ya’ni o‘rganilayot- gan muammo ustida fikr yuritish;
o'quvchilarda bilishga qiziqish o‘yg‘otish;
tahlil jarayonida 0‘quvchilaming awalgi tajribasi va bilimi- ga suyanish.
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, un- dan foydalanish usullarini yaratish, ta’lim tizimining har bir bos- qichida o'rganiladigan fanlaiga xosdir.
Muammoli vaziyat fanning mazmuni 0‘ziga xos xarakter xusu- siyatlari, uni o‘rganish usullarini hisobga olgan holda yaratiladi.
229
Ta’lim jarayonida o'qitishning induktiv va deduktiv usullariga ehtiyoj sezilmoqda. Qanday holda induktiv va deduktiv usullar qo‘llaniladi? Ayniqsa, deduktiv o'qitishga talab va e’tibor kuchay- di. Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Induktiv yoki deduktiv usullarni qo‘llash o'rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma’lum mantig‘ini - xususiydan umumiyga yoki umu- miydan xususiyga o‘tishni tanlashni anglatadi.
Induktiv usullar texnik qurilmalami o'rganishda va amaliy topshiriqlami bajarishda keng qo'llaniladi.
Deduktiv usul o'quv materialini tezroq o'tishga yordam beradi, tafakkumi birmuncha faol rivojlantiradi.
Nazariy materialni o'rganishda anchagina umumiy holatlar- dan ayrim oqibatlarni aniqlashni talab qiluvchi masalalami echish- da deduktiv usulni qo‘llash, ayniqsa, foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |