Ta’limda rag‘batlantirish va tanbeh berishning qanday tur- laridan foydalaniladi?
Ta’limga qiziqishni rag'batlantirish metodi.
Ta’limga burch va mas’uliyatni rag‘barlantirish metodi.
0‘quv faoliyatini rag'batlantirish deb kishining aktiv faoliyatiga
bo‘lgan tashqi mayliga aytiladi. Shu sababli, rag'batlantirish o‘qi- tuvchi faoliyatining omili hisoblanadi.
Rag‘batlantirish kishining ichki mayliga ta’sir qilganda real maqsad sari undaydigan kuchga aylanadi. 0‘qishga qiziqishni rag‘- batlantirish turlaridan biri-o‘qishda ma’lum qiyinchilik sezayotgan o‘quvchilarga muvaffaqiyatli sharoit yaratishdir.
Rag‘batlantirish va tanbeh berish usullari o‘ziga xos xususiyat- laiga ega. Rag‘batlantirish: baho bilan, imo-ishora bilan, mukofot bilan amalga oshadi.
0‘qishga doir tanbehlar dars paytida, og‘zaki tanbeh berish, bahosini pasaytirib qo‘yish, ish daftariga yozish, xatolami ko‘rsatish kabi usullar bilan amalga oshadi.
Maktabda o'quvchiga tan jazosi berish, o'zlashtirmagani uchun haqorat qilish, shaxsiga tegish, yomon iboralar bilan so‘kish aslo mumkin emas.
Ta’limda nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlarining zarurati nimada va uning qanday turlari bor?
Og'zaki nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish.
Yozma nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish.
230
Laboratoriya - amaliy nazorat va o‘z-o‘zini nazorat.
Test nazorati.
0‘qitish tizimida nazoratning zarurligi shundan iboratki, butun o‘quv yurtlari tizimiga samarali ishlayotganJigi haqida axborot olishga bo'lgan ijtimoiy ehtiyoj hisobga olinadi.
Nazorat maktabdagi 0‘qitish jarayoniga xos bo‘lgan: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantirishdek asosiy vazifalami bajaradi. Nazoratni quyidagi turlarga bo'lish mumkin:
Og'zaki nazorat yakka va guruhiy soTash yo‘li bilan amalga oshiriladi. AJohida so‘rashda o‘qituvchi ma’lum vaqt davrida o'quvchilar tushuncha, qonun nazariya holda dalillami qay darajada egallaganliklarini aniqlaydi. O'quvchilar bilimi ona tili, matematika, fizika, kimyo fanlarida yozma tarzda ham baholanadi.
Yozma ishlar turli davomiylikka ega. Ayrim vaqtda qisqa, ayrimda esa to'la dars davomida yozma ishlar o‘tkaziladi. Yozma nazoratda baholar obyektiv bo'lishi va o'quvchilaming tipik xatolari aniqlanib, kelgusida ulaming bartaraf etilishi belgilab olinadi. O'z- o'zini nazorat qilish-o'quvchilaming o‘quv faoliyatini muhim elementidir. Nazorat kelgusidagi ishlarga reja tuzish nimalarga e’tibor berish kerakligini aniqlab beradi.
Ta’Iim maqsadini muvaffaqqiyatli amalga oshirish yo'lida ta’lim vositalaridan foydalaniladi. Kompyuter, Multimedia, kodas- kop, filmoskop, logorifm lineykasi, sirkul, apparat turlari - bular jumlasiga kiradi.
Ta’lim metodlarini to‘g‘ri tanlash va ulardan o‘rinli foyda- lanish ta’lim samarasini ta’minlashga yordam beradi. Ta’lim metodi mavzuning maqsadiga qarab tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |