Komillikning asosiy belgilari
M. Mahmudov yurtboshimizning «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat qijsin» asarini tahlil qilib, komil inson shaxsi kontekstida qaraladigan yuzdan ortiq des- kriptorI mavjudligini aytib, ulami qisqartirilgan holda keltiradi. Bu- lar: 1) o‘zini anglash; 2) o'zligini anglash; 3) an’analarini anglash; 4) xalqning orzu-istaklarini bilish; 5) jamiyat oldidagi maqsadni tushunish; 6) yagona milliy bayroq ostida birlashish; 7) xalq va davlat xavfsizligi to‘g‘risida qayg'urish; 8) vatanni sevish; 9) el- yurtga sadoqat; 10) insonparvarlik hissi; 11) odamiylik fazilatlari; 12) o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi vorislik; ulug‘ ajdodlar merosini egallash; 14) milliy qadriyatlami bilish; 15) umum-bashariy qad- riyatlarni egallash; 16) yurt birligi to‘g‘risida qay-g‘urish; 17) o‘z oldiga maqsad qo‘ya bilish; 18) Ta’lim-tarbiya birligi; 19) ta’Iim- tarbiyaning ongni o'zgartirishi; 20) ong, tafakkurning jamiyatni o'zgartirishi; 21) mustaqil fikrlash; 22) ijtimoiy-siyosiy iqlim o‘zga- rishi; 23) insonning hayotda o‘z o'rnini topishi; 24) iymoni butun- lik, 25) sog'lom fikrlilik; 26) zehn-zakovatli yoshlami tarbiyalash va shakllantirish1.
«Komillik-rnehr-muruwat, adolat, to‘g‘rilik, vijdon, or-nomus, iroda, tadbirkorlik, matonat kabi ko‘plab asl insoniy xislat va fa- zilatlaming majmuyidir»II III.
Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodni voyaga yetkazish haqida qayg'urmagan xalqning, millatning kelajagi bo'lmaydi. Ko- mil inson g'oyasi azal-azaldan o‘zbek xalqimizning ezgu orzusi, rnillat ma’naviyatining uzviy bir qismi bo'lib kelgan.
Yoshlarda mustaqil fikrlay olish va o‘zining shaxsiy, to‘g‘ri
xulosasini chiqara olish fazilatini tarbiyalash
Mustaqil fikrlash komillikning asosiy belgisidir. Komillik uch bosqichdan iborat:
Jismoniy salomatlik.
Axloqiy poklik.
Aqliy yetuklik.
Bu bosqichlarni shakllantirishda mustaqil fikrlash yetakchi ustuvor o‘rin egallaydi. Mustaqil fikrlash sarchashmasi fahmlash, ya’ni anglashdan, fikr yuritishdan boshlanadi.
Anglash - biror bir g'oyani (fikrni) tub mazmuniga tushunib yetish.
Tafakkur inson ongidagi mavjud ilmiy va hayotiy bilimlar majmualaridan keragini saralab olish va amaliyotga qo‘llash.
Amaliyotda (praktikada) qo'llash - hayotda bir necha bor qo‘l- langan o'zining ijobiy hosilasini bergan, ishonchli muammolar yechimi bilan solishtirib, xulosa qilish so‘ng tafakkur saviyasiga tayanib yagona echimini tanlash va undan amaliyotda foydala- nishdir.
Inson mustaqil fikrlash orqali voqelikni umumlashtirib, bilvo- sita va bevosita aks ettiradi, narsa va hodisalar o‘rtasidagi ichki,
murakkab bog'lanishlar, munosabatlar, xossalar, xususiyatlar hamda mexanizmlami anglab etadi. Binobarin inson muayyan qonun, qonuniyat va voqealaming vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan ko‘rib turish imkoniyatiga egadirlar.
Fikr - inson faoliyati uning o'zligini kuch - qudratini o'zagini tashkil qiluvchi ma’naviy-insoniy sifatdir.
Yoshlarimiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga ayniqsa biz peda- goglar kuproq mas’ulmiz. Bu vazifani muqaddas bilib, amaliy faoliyatimizda hayotga tatbiq etaylik. Barkamol avlod mustaqil- ligimizning kafolatidir.
Hal qilinishi zarur bo‘lgan muammo in- son tomonidan anglab olinislii
Muammo yoki masa- lani hal qilish uchun zarur bo'lgan bilim- lami qo'llay olish
Shaxsiy tajribada uch- ragan holatni xotirada saqlash va shunga o'x- shagan muammolarni yechishda ko‘llash
Mustaqil fikrlashni shaldlantirish omillari
Muammo oldiga qo‘yi- lgan gipotezani tekshi- rish
Masala yoki muammoga taalluqli faraz ilgari surilib, uni echish variantlari taxlil qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |