Axborot manbalari
Barkamol avlod - 0‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T., 1998.
I.A. Karimov. Ma’naviy yuksalish yulida. T., «0‘zbekis- ton», 1998.
I.A. Karimov. 0‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qur- moqdamiz. - T., «0‘zbekiston», 1998.
161
A.Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq». - T., 1994.
Mutafakkirlar axloq va adolat haqida. T., «Adolat», 1995.
Pedagogika.O'quv qoilanma. A.Munawarov tahriri ostida, - T„ 1996, 139-145-b.
M. Mahmudov. Komil inson shaxsi va ijtimoiy tajriba // «Pedagogik mahorat», №2, 6-10-b.
Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug'at. T., «Sharq», 1998.
A.Ibrohimov, X.Sultonov, N.Jo'rayev. Vatan tuyg‘usi. - T., «O‘zbekiston», 1996.
Qori Nizomiddin bin Mulla Hasan. Ilmi axloq. T., «Yozuvchi», 1994.
MAVZU. YAGONA 0‘QUV-TARBIYA JARAYONIDA
FUQAROLIK VA VATANPARVARLIK TARBIYASI
Fuqarolik va vatanparvarlik tarbiyasi jarayonida milliy istiq- lol g‘oyalarining mazmun, mohiyati.
0‘zbekiston fuqarosining o‘z Vatanini sevishi.
Qur’oni Karim va hadislarda huquqiy tarbiya.
Yagona o‘quv-tarbiya jarayonida fuqarolik va vatanparvarlik g‘oyasini yoshlar qalbi va ongiga singdirish yoMlari.
Ijtimoiy hayotda fuqarolik madaniyatining shakllanishi jamiyat manfaatlari hamda fuqaroning birgalikdagi manfaatiga mos keladi.
Istiqlol mafkurasi ko‘p millatli 0‘zbekiston xalqining ezgu g‘oya-ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo‘lidagi asriy orzu-intilishlari hayotiy ideallarini o‘zida aks etti- radi.
Milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi haqida gap borar ekan, biz nihoyatda keng qamrovli, murakkab, serqirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodani, tugal namunasi hali hanuz yaratil- magan tushunchalarni o‘zimizga tasawur qilishimiz kerak. Bu tu- shunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi yuk- sak g‘oyalarning ma’no-mazmunini teran anglab yetishga xizmat qiladi.
Xalqni buyuk kelajak va ulug'vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan millati, tili va dinidan qat’i nazar har bir fuqaroning yagona Vatan baxt - saodati uchun doimo mas’u- liyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizga munosib bo'lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikrii hayot miezoniga aylantirish milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir.
163
0‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo'lidagi bosh g'oyasi- ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu g‘oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliya- tining ma’no-mazmunini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |