21
tuzilib nashr etildi. Shu jarayonda terminlar tarixi, terminlarning ma‘no va
mavzu
guruhlari, grammatik tuzilishi va yasalishi, taraqqiyot yo‗li va boyish
manbalari haqida nazariy masalalari ham ishlab chiqildi. Ulug‗
Tursunov, birinch
ilardan bo‗lib, o‗zbek tili terminologiyasi masalalariga oydinlik kiritishga hara
kat qildi va ushbu masalaga bag‗ishlab asarlar yozdi:«Tilterminologiyada burj
uaziya intilishlariga qarshi», «O‗zbek terminologiyasi masalalari», «Terminologi
ya masalalari»,«O‗zbek adabiy tilida so‗zterminlar tanlash prinsiplari» kabilar. Bu
asarlarda terminlarni hosil qilish, to‗plash,tartibga solish,unifikatsiyalash va nashr
etish sohasidagi turli xil qarashlar va tushunchalar haqida mulohaza yuritiladi.
Bundan tashqari, terminologiya sohasida ro‗y bergan va ro‗y berayotgan chalkashli
klar yaqqol ko‗zga tashlana boshlashi ta‘kidlanadi. Masalan, bir tushunchaning tur
licha atala va yozila boshlashi; aniq va ixcham terminlar o‗rniga uzundan uzoq izo
hlarning berilishi; termin yaratishda ona tili imkoniyatlaridan kam foydalanish;o‗z-
bek terminologiyasini boyitishdagi manbalardan biri tashqi omilga turlicha
yondashish faktlari mavjudligi ko‗rsatildi. Prof. U.Tursunovning terminologiya ma
salalariga bag`ishlangan asarlarida ikki muammo alohida o‗rin tutadi:
1. Terminlarning qo‗llanilishi.
2. Terminologiyaning boyish manbalari.
Terminlar qo‗llanilishi haqida fikr yuritar ekan prof. U.Tursunov
ularni uch
guruhga ajratib tahlil qiladi:
a)bir sohada qo‗llaniladigan terminlar; b)har xil sohada qo‗llaniladigan terminlar
v)termin ham oddiy so‗z sifatida qo‗llaniladigan terminlar.
Prof.U.Tursunov asarlarida o‗zbek tili terminologiyasining boyish manbalari
batafsil yoritilgan.O‗z asarlarida U.Tursunov o‗zbek tili terminologik tizimining
ichki va tashqi manbalar hisobiga rivojlanishi haqida ma‘lumot beradi.O‗zbek
tili terminologik tizimlarining rivojlanishi, shakllanishi va takomillashuvida shu til
ning ichki imkoniyatlari asosiy rolni o‗ynaydi. Chunki hayotda ro‗yberayotgan
ulkan o‗zgarinshlar, fan va texnika hamda madaniyatning rivojlanishi tilning ichki
imkoniyatlaridan maksimal foydalanishni taqozo etadi. Har bir tilda bo‗lganidek
o‗zbek tilida ham u yoki bu tushunchani ifodalash uchun bir qancha usullardan
foydalanadilar. Ular quyidagilardan iborat:
1.Terminlarning semantik yo‗l hisobiga boyishi.
2.Terminlarning morfologik usul bilan yasalishi.
3.Terminlarning sintaktik yo‗l bilan yasalishi.
Qator terminologik sistemalarda semantik yo‗l bilan termin yasashdan
unumli foydalanib keladilar. Chunki semantik so‗z yasash terminologiyada amal
qilinadigan doimiy va an`anaviy yo‗ldir. Terminlarni tekshirish jarayonida qator
leksik qatlamlar semantik o‗zgarish tufayli terminologik
sistemadan joy olishi
mumkinligini ko‗rsatdi. Ular biror ma‘noni ifodalash uchun xizmat qiladigan
o‗zbek tilining odatdagi so‗zlaridir. Ulardan termin sifatida foydalanadilar:
Ro‗zg‗or buyumlari nomlari: qozon, cho‗mich, quti, kurak, panjara, pichoq kabilar.
Odam yoki hayvon a‘zolarining nomlari: barmoq, tirnoq, quloq, bo‗g‗iz, qanot
kabilar.
Maishiy narsa-buyum nomlari: taroq, ko‗zgu, qalpoq kabilar.
22
Texnikaga oid bo‗lmagan so‗zlar:kalit,burqi, pona, payvandlash kabi texnik termin
sifatida qo‗llaniladi.
Sanab o‗tilgan odatdagi so‗zlarni termin deb qabul qilinar ekan, o‗sha so‗z ifodalay
digan tushuncha belgilari yoki ma‘nolaridan bittasi termin anglatishi lozim
predmetning biror muhim belgisini ifodalashi lozim.Bunday so‗zlar termin bo‗lishi
uchun ular olimlar tomonidan ta‘riflanadi va mantiqan qanday ma‘no anglatishi
chegaralab ko‗rsatiladi.Shundan so‗ng qaysi sohaning termini ekanligi qayd etiladi.
So‗zning semantik taraqqiyoti tilda yangi so‗zning yuzaga kelishiga sabab bo‗ladi
va util terminologiyasini boyitishga xizmat qiladi.Morfologik usul bilan termin yas
ashda o`zaknegizga so‗z yasovchi qo‗shimchalar qo‗shiladi.Bunday termin yasash
o‗zbek tilida eng mahsuldor usuldir.
Terminlarni yasashda -gich (-qich, -qich, -kich), -soz,-ma,-lik, -sh(-ish), -lash, -
cha,chi affikslari faol ishtirok etadi:
chang ajratgich,em buqlatgich; mashinasoz
asbobsoz; moslama, tirkama; temirchilik, mashinistlik; burg‘ilash, payvandlash;
bakcha, vagoncha; aniqlovchi, to‗ldiruvchi kabilar.
O‗zbek tili terminologiyasida yakka so‗zli terminlarga
nisbatan sintaktik usul
bilan yasalgan terminlar ancha salmoqli o‗rinni egallaydi.Buning sababi shundaki,
sintaktik usul bilan yasalgan terminlar barcha tillarda bo‗lganidek,o‗zbek tilida
ham muhim nominativ manba sanaladi.
Ma‘lumki, har bir til o‗ziga xos grammatik qonuniyatlar asosida ish ko‗radi.
Terminlar tuzilish materiali,ya‘ni qanday so‗zlardan tashkil topganiga qarab bir ne
cha xil bo‗lishi mumkin:
Ot+ot tipidagi terminlar:samolyot borti,bug‗ mashina, shamol tegirmon,moy juvoz
temir qopqoq, arava gupchagi, radioning qulog‗i, samolyotning parragi kabilar.
Nisbiy sifat+ot tipidagi terminlar: motorli qayiq, parrakli
samolyot, magnitli diska
tirkama plug, halqasimon zichlagich kabilar.
Sifatdosh+ot tipidagi terminlar: o‗ta sezgir apparat, sezgir asbob, o‗zi yurar
mashina, pilla tortadigan avtomat, qirquvchi asbob, yurgizuvchi aravacha kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: