1-topshiriq :
B/B/B JADVALI - Bilaman/ Bilishni xohlayman/ Bilib oldim
kategoriyasi asosida to`ldiring.
O„ZBEK TILINING LEKSIK QATLAMLARINI
Bilaman
Bilishni
xohlayman
hhhhhohxohlaym
an
Bilib oldim
+
?
-
17
Nazorat savollari
1.
O`zbek tilining leksik qatlamlari deganda nimani tushunasiz?
2.
O`zbek tilining leksikasi nechi xil usul bilan boyiydi?
3.
O`zbek tili leksikasining boyish usulidan ichki manba deganda nimani
tushunasiz?
4.
O`zbek tilining boyish usulidan tashqi manba deganda nimani tushunasiz?
5.
O`zbek tiliga asosan qaysi tillardan so`zlar kirib kelgan?
4-MAVZU. Til va terminologiya
Reja:
1.Til va terminologiya munosabati
2.Terminlarning turlari (ilmiy termin va kasbiy termin)
3. Sohaviy termin tushunchasi haqida
Tayanch tushunchasi:
til, termin, atama, terminologiya, atamashunoslik, termin
turlari, ilmiy termin, kasbiy termin, sohaviy termin.
Termin grekcha terminus so ‗zidan olingan bo ‗lib, chek, chegara degan
ma‘noni bildiriadi. U fan-texnika, qishloq xo‗jaligi, san‘at va madaniyat sohasiga
xos so‗z hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta‘limot va terminlar
majmui degan ma‘nolarni anglatadi. Termin so ‗zi o ‗rnida ba‘zan atama, istiloh
so‗zlarini ishlatish hollari uchrab turadi. Ammo bu to ‗g ‗ri emas. Atama termin
so‘ziga nisbatan tor tashunchani ifodalaydi. Istiloh so‘zi esa arabchadir. Uni xalq
tushunmaydi va meyorga aylangan emas. Terminologiya masalalari hamisha
tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo‗lib kelgan. Chunki terminlarning
sohalar lug‗aviy qatlamlaridagi o‗rni va vazifasini belgilash, tushunchaning
mazmun-mohiyatini
to‗g‗ri anglash imkonini beradi. Terminologiyaga
bag‗ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini
anglatadigan, definitsiyaga ega bo‗lgan va, asosan, nominativ funktsiyani
bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi. A.Reformatskiy terminga
ta‘rif berar ekan, ―... terminlar – bu maxsus so‗zlardir‖ degan xulosaga keladi.
A.V.Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan so‗zlarni ―maxsus
leksika‖ deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi.
1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi.
2. Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham
kiradi.
U o‗z fikrini davom ettirib, ―Termin bilan professionalizmlar o‗rtasidagi farq
shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‗jaligi, texnikadagi
tamomila rasmiy bo‗lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning
ifodasidir, nomidir, professionalizm esa biror kasb, mutaxassislik, ko‗pincha jonli
18
tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‗lmagan
yarim rasmiy so‗zdir‖,-deydi
.
R.Doniyorov bu fikrga e`tirozan, ―Bunday qat`iy
da‘vo, aslini olganda, tilni sinfiy deb hisoblagan ayrim ―olim‖larning qarashlari
davomidir demak, xatoga yo‗l qo‗ymasmiz‖ deya munosabat bildiradi.
H.Jamolxonov terminga munosabatda bo‗lar ekan quyidagicha yozadi: ―Terminlar
fan-texnika, adabiyot, san`at va boshqa sohlarga oid ixtisoslashgan, qo‗llanishi
muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ
birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); to‗rtburchak, kvadrat (geometriyada);
ega, kesim (tilshunoslikda); qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi ‖.
Terminalogiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish,
yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz
birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa bugungi kunda
oʻzbek terminalogiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki
soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining
barkarorligini belgilovchi asosiy omili uning tartibga solinganligi va
muntazamligidir.
Terminalogiyaning
oʻziga
xos
xususiyatlari
mavjud.
Masalan, umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va kup maʼnolilik tilning
boyligi boʻlsa, Terminalogiyada bular salbiy hodisa hisoblanadi. Masalan, birgina
tushunchani ifodalash uchun oʻzbek tilida yarimoʻtkazgich — chalaoʻtkazgich —
nimoʻtkazgich terminlari qoʻllanmoqda. Bu, oʻz navbatida, oʻqishoʻqitish va
axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Shu sababli ham terminalogiyasi
maʼlum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doimiy tartibga solib
turiladi. Tartibga solish maʼlum terminologik meʼyorlar asosida amalga oshiriladi.
Terminalogiyaning rivojida fan sohalariga oid maxsus lugʻatlarni nashr qilib turish
ham muhim ahamiyatga ega. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek,
―Xalqning milliy madaniyati va o‗ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‗lmish
o‗zbek tili‖1 da mavjud bo‗lgan so‗z va iboralarni, atamalar va leksik boyliklarni
o‗rganish hamda insoniy meros sifatida ilmiy tahlilini olib borish bugungi kunda
eng dolzarb masalalardan biridir. A.A.Potebnya ―keyingi ma‘no‖ deb atagan va ―u
tilshunoslikning o‗rganish ob`ektiga kirmaydi, uni boshqa fanlar o‗rganadi‖2 deb
ko‗rsatilgan terminologik leksika uzoq davrlargachaaholida nominativ birlik,
atama sifatida tilshunoslikda tadqiq qilinmadi. Tilshunoslik fani rivojlanib, o‗z
tadqiqot doirasini kengaytirgan sayin terminlarni o‗rganish uning eng muhim va
tarkibiy qismlaridan biriga aylandi. Hozirgi davrda terminlarni o‗rganish
tilshunoslikning alohida sohasini – terminologiyani shakllantirdi. Ammo shuni
ham aytish o‗rinliki, bu jarayonda ruscha va rus tili orqali kirib kelgan terminlarni
o‗rinsiz, sun`iy ravishda yangi yasalmalar yoki arab va fors-tojikcha so‗zlar bilan
almashtirish hollari ham kuzatiladi. Masalan, bankrot – sinish, buxgalter –
hisobchi, gazeta – ro‗znoma, deputat – noib (xalq noibi), jurnal – majalla (jarida,
oybitik, oynoma), institut – oliygoh, (ta‘limgoh), klub - tomashagoh (tadbirgoh),
kompensatsiya – tovon, medal – nishon, fakultet – kulliyot, kurs – bosqich,
fonetika – tovushshunoslik, sinonim – ma‘nodosh, omonim – shakldosh, antonim –
zid ma‘noli va hokazo. Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni
oʻrganish
va
ishlatish
qobiliyatiga
aytiladi.
Tilni
oʻrganuvchi
19
sohaga tilshunoslik deyiladi.
Jahon tillari
miqdorini
aniqlash
uchun
til
va sheva orasida farq oʻrnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6—7 ming
orasida, deb hisoblanadi. Tabiiy til soʻzlashuv yoki imo-ishora orqali tarqaladi,
biroqharqandaytileshitish,koʻrish,sezish stimullari yordamida yozuv, braille yoki h
ushtak kabi ikkilamchi vositaga kodlanishi mumkin. Bu odam tili modallikdan
mustaqil boʻlgani uchun ilojli. Keng maʼnoda til atamasi ostida biror muloqot
tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. Barcha tillar semiozisga,
yaʼni belgilarni tegishli maʼnolarga bogʻlash jarayoniga tayanadi. Ogʻzaki va imo-
ishoratillari
ramzlar
ketma-ketligini
soʻz
yoki morfema qilib shakllantiruvchi fonologik tizim hamda soʻz va morfemalar
ketma-ketligidan ibora va gaplarni hosil qiluvchi sintaktik tizimni o‘z ichiga oladi.
Til — jamiyat boyligi, u jamiyat a‘zolarining o‘zaro aloqasini amalga oshiradi,
insonning moddiy va ma‘naviy turmushida ro‘y beradigan barcha voqeahodisalar
haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi; til ayni ma‘noda asrlar
mobaynida shakllanadi va mavjud bo‘ladi. Tafakkur tilga qaraganda birmuncha
tezroq rivojlanadi va yangilanadi, leki tilsiz tafakkurni tasavvur etib bo‘lmaydi:
tilda ifodalanmagan fikr noaniq, tushunarsiz bir narsa bo‘lib, insonga borliq voqea-
hodisalarini anglab yetishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam
bera olmaydi. Tafakkur tilsiz mavjud bo‘lmas ekan, til ham tafakkursiz yashay
olmaydi. Biz o‘ylab turib gapiramiz va yozamiz, o‘z fikrlarimizni tilda aniqroq va
tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar til negizida paydo
bo‘ladi va unda mustahkamlanadi; til bilan tafakkur bir butunlikni tashkil etadi.
Ushbu rivojlanish miya hajmi o‘sishiga mos kelgan bo‘lishi mumkin; aksariyat
tilshunoslar
til
tuzilishini
tegishli
muloqot
va
ijtimoiy
vazifalarga
xizmat qilish uchun evolutsiyalangan, deb qarashadi. Til odam miyasining turli,
xususan Broca va Wernicke sohalarida ishlanadi. Odamlar tilni yosh bolalik
paytidagi ijtimoiy oʻzaro munosabat orqali o‘zlashtiradilar va o‘rtacha uch yoshga
kelib ravon gapira oladilar. Til ishlatish odam madaniyatiga chuqur singgan.
Binobarin,
til
faqatgina
muloqot
vositasi
bo‘lib
qolmay,
balki individuallik, ijtimoiy stratifikatsiya, parvarish va ermak kabi ijtimoiy va
madaniy rollarga ham ega. Tillar vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi, ularning
evolutsiyasini qadimgi tillar keyingi bosqichlar sodir bo‘lishi uchun qanday
belgilarga ega bo‘lganini aniqlovchi va ularni zamonaviy tillarga
taqqoslovchi tarixiy tilshunoslik o‘rganadi. Til konkret nutq hodisalari (ayrim
gaplar, hikoyalar, bir necha kishining suhbati va shu kabi), jumladan, og‘zaki yoki
mexanik usudda takrorlanadigan va yozuv orqali qayd etiladigan nutq hodisalarida
mavjud bo‘ladi. Ko‘plab nutq hodisalarining struktur xususiyatlarini taxlil qilish,
qiyoslash va umumlashtirish muayyan tilda mavjud bo‘lgan elementlar va ular
o‘rtasidagi munosabatlar majmuini yaxlit murakkab belgi tizimi sifatida anglash va
tavsiflash imkonini beradi. Hozirgi davrda turli millat, elat va qabilalarga tegishli
2500 dan 5000 tagacha (ba‘zi manbalarda 3000—7000 oralig‘ida) jonli til borligi
ma‘lum. Ularning har birida barcha tillar uchun umumiy bo‘lgan ba‘zi universal
struktur xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Til mehnat va ijtimoiy ong bilan birgalikda
bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, insonni hayvondan farqlovchi 3 ta eng muhim
20
xossalardan birini tashkil etadi. Ushbu hossalar ichida mehnat muhim ahamiyatga
ega bo‘lib, u jamiyat mavjudligining moddiy asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |