Uchinchi kitob


Jayhun sohilidagi boqiy shahar



Download 57,25 Mb.
bet139/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

yi! 16-noyabr

Jayhun sohilidagi boqiy shahar
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Xonimlar va janoblar!
Bugun siz azizlar bilan xalqimiz hayotidagi yana bir unutilmas voqea - qadimiy Termiz shahrining 2500 yillik to‘yi munosabati bilan shu qutlug1 zaminda diydor ko‘rishib turganimdan behad bax- tiyorman.
Go‘zal yurtimizda bahor nafasi kezib yurgan mana shunday yorug‘ va fayzli kunlarda ushbu tantanali marosimga uzoq-yaqindan tashrif buyurgan yurtdoshlarimizni, muhtaram mehmonlarimizni, bag‘rikeng Surxon ahlini, barcha-barchangizni shu tarixiy sana bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bugungi tantanada ishtirok etayotgan UNESKO xalqaro tashki­loti hamda diplomatik korpus namoyandalariga, xorijiy mamlakat- laming olimlari va ommaviy axborot vositalarining vakillariga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysizlar.
Aziz do‘stlar!
Bugun biz yashayotgan 0‘zbekiston tuprog‘i dunyodagi eng ko‘hna va betakror maskanlardan biridir. Bu haqiqatni ko‘p-ko‘p mi- sollar, tarixiy va ilmiy dalillar asosida isbotlab berish mumkin.
0‘zbekiston zaminining qaysi hududiga murojaat qilmaylik, ming-ming yillar qa’ridagi ilk hayot nishonalarini, eng qadimiy ma­daniyat va san’at namunalarini har qadamda topish, shu orqali bu yerlarda qanday buyuk sivilizatsiya mavjud bo‘lganini ko‘rishimiz muqarrar.
Bu haqda gapirganda, biz Farg‘ona vodiysidagi Selungur, Tosh­kent vohasidagi Ko‘lbuloq, Qashqadaryodagi Uzunqir kabi dastlabki odamzod manzilgohlarini, Samarqanddagi Afrosiyob, Xorazm zami- nida yaratilgan nodir «Avesto» kitob,, Buxorodagi zardushtiylik ibo- datxonalari singari ko‘plab yodgorliklami nazarda tutamiz.
Muxtasar qilib aytganda, mana shu mo‘tabar yurtimizdagi yer osti xazinalaridan, asrlar davomida sukutga cho‘mib yotgan shah- ristonlardan topilgan arxeologik ashyolar, noyob tasvirlar va hali ochilmagan, o‘z sirlarini pinhon saqlab kelayotgan cho‘l-u biyobon- lar, hech shubhasiz, bugun biz yashayotgan tuproqda qadim-qadim zamonlardan boshlab buyuk madaniyat va san’at rivojlanganini tas- diqlaydi.
Shu ma’noda, ulug‘ ajdodlarimizning umumjahon va umumba- shariyat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini hozirgi kunda dunyo- da hech kim inkor qilolmaydi. Bunday xulosani yuzlab bebaho topil- malar, osori atiqalar va buyumlar isbotlab beradi.
Lekin, afsuski, insoniyat boshidan kechgan davr to‘fonlari, urush-qirg‘inlar, tabiiy ofatlar oqibatida bu beqiyos tarixiy mada­niyat tasvirlarining mingdan bir qismigina bizga qadar yetib kelgan, desak, aslo mubolag‘abo‘lmaydi.
Agar o‘sha - eng qadimiy davrlarga mansub yodgorliklarimizni, so‘nggi ikki asr mobaynida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan noyob oltin va kumush buyumlar, bebaho oso­ri atiqalarimizni - barcha nodir boyliklarimizni boshqa davlatlar kabi misqollab, asrab-avaylab saqlab kelib, bu eksponatlar bir joyga yig‘ilsa, hech ikkilanmay aytish mumkinki, dunyoda tengi yo‘q mu­zey vujudga kelgan bo‘lur edi.
Bugun biz UNESKO xalqaro tashkiloti qaroriga binoan Ter- miz shahrining 2500 yillik to‘yini o‘tkazar ekanmiz, Vatanimizning janubiy sarhadlaridan topilgan mana shunday dalillar asosida Sur- xon vohasida yashagan odamlaming qanday buyuk, ulug‘ tarixni boshidan kechirgani, kerak bo‘Isa, qanday betakror madaniyatga ega bo‘lganini katta g‘urur va iftixor bilan ta’kidlaymiz.
Haqiqatan ham, bu ko‘hna o‘lkadagi Teshiktosh va Zarautsoy, Jarqo‘ton va Sopollitepa, Xolchayon va Dalvarzintepa kabi o‘nlab manzillardan topilgan ibtidoiy odam makonlari, qadimiy yodgorlik- lar, antik san’at asarlari shundan dalolat beradi.
Haqiqatan ham, mana shu bepoyon hududlarda, azim Jayhun bo‘ylarida miloddan awal va uning ilk davrlaridayoq Baqtriya va Kushon kabi ulkan davlatlaming mavjud bo‘lganini o‘zimiz tasawur etganda bunga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.
Haqiqatan ham, azaldan Mag‘rib-u Mashriqni o‘zaro bog‘lab kelgan, qadim savdo karvonlari o‘tadigan Buyuk ipak yo‘li chorra- hasida joylashgan bu tuproqda necha ming yillar mobaynida turli din va madaniyatlar - zardushtiylik va buddaviylik, nasroniylik va mu- sulmonlik an’analari yonma-yon yashab kelganini hisobga olsak, bu zaminning tarixi naqadar ko‘hna ekaniga iqror bolamiz.
Hatto, bir zamonlar Termiz shahri buddaviylik markazlaridan biri bo‘lgani, bu ta’limot Xitoy va Yaponiyaga ayni shu yerdan tar- qalgani haqida ilmiy qarashlaming mavjudligi ham bejiz emas.
Bugungi qutlug1 sana munosabati bilan bunyod etilgan, sobiq ittifoq hududida yagona bo‘lgan muhtasham Arxeologiya muzeyi- dagi ko‘plab tarixiy ashyolar, me’morlik va haykaltaroshlik san’ati namunalari, devoriy rasmlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, turli-tuman ta- qinchoqlar ham ana shu haqiqatning tarixiy tasdig‘i bo‘la oladi.
Aziz do‘stlar, birodarlar, shu o‘rinda e’tiboringizni bir masalaga qaratmoqchiman.
Ya’ni, bu qadimiy vohaning, Termiz shahrining ko‘hna va beqi- yos kechmishini isbotlab, tasvir qilib beradigan dalillami ko‘rganda, odamda beixtiyor shunday savol tug‘iladi: nega shunchalik uzoq ta- rixga ega bo‘lgan bu shahaming yubileyi sho‘ro zamonida biron marta ham nishonlanmagan?
Buning sababi bitta: u ham bo‘lsa, mustabid tuzum davrida hukm surgan, bizning boy tariximizni tan olmaslik, mensimaslik, uni shu tarixning haqiqiy egalaridan yashirishga bo‘lgan urinishlardir.
Bir so‘z bilan aytganda, bu holni tarixiy adolatsizlik, asrlar da­vomida bizning xalqimiz, milliy madaniyatimizga nisbatan olib bo- rilgan g‘arazli siyosatning natijasi, deb baholash lozim.
Bunga yana bir sabab shuki, janubiy chegaralarda joylashgan Termiz shahriga, avvallari Rossiya, keyinchalik esa SSSR imperi- yasining olis va chekka bir hududi deb, bu yerda qanday madaniyat, qanday taraqqiyot izlari bo‘lishi mumkin, deb bepisand qarab kelin­di.
Faqat biz ozodlik va erkinlikka erishgandan keyingina Surxon- ning haqiqiy tarixini ochib berish, tiklash va o‘rganish masalasiga tom ma’noda katta e’tibor qaratildi.
Har qarich tuprog‘i qancha sir-sinoatga, betimsol boyliklarga ega bo‘lgan bu zaminning nafaqat yurtimiz tarixiga, balki dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan munosib hissasini yoritib berish maqsa­dida olib borilayotgan ulkan ishlami endilikda butun jahon ahli tan olmoqda.
Bugungi imkoniyatdan foydalanib, asrlar qa’rida ko‘milib yot- gan ana shu haqiqatni yuzaga chiqargan, Termiz shahri, butun Sur- xon vohasining tarixini aks ettiradigan osori atiqalar va yodgorlik- lami izlab topish, ulami har tomonlama o‘rganish, jahon bo‘ylab targ‘ib etish borasida sidqidildan mehnat qilgan zahmatkash olim- larimizga, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Rossiya kabi mamlakat­lardan kelib, bu yerda tadqiqot ishlari olib borayotgan arxeologlarga, ulami qo‘llab-quwatlagan tashkilotlarga, awalo, YuNESKO xalqaro tashkilotiga o‘zimizning chuqur minnatdorligimizni bildiramiz.
Hurmatli yurtdoshlar!
Termiz deganda, awalo, uning shonli voqealarga boy kechmi- shi, qahramonlik tarixi ko‘z o‘ngimizga keladi.
Necha asrlar mobaynida Termiz harbiy-mudofaa qal’asi bo‘lib, g‘oyatda mas’uliyatli bir vazifani o‘tab kelgani barchamizga ayon. Yurtimizga janub tomondan kimki bostirib kelmasin - Doro yoki Makedonskiy bo‘ladimi, Chingizxon yoki arab istilochilari bo‘ladimi

  • Termiz qal’asi hamisha yov yo‘liga qalqon bo‘lgan, dushmanga qarshi mardona kurashgan.

«Avesto»da «bayrog‘i - tug‘i baland erlar yurti» deb ta’riflangan Surxon vohasi, bu qal’a shahar o‘zining ko‘p ming yillik tarixi da­vomida kimlami ko‘rmagan, qanday sinov va to‘fonlami boshdan kechirmagan?
Uning bosqin-u istilolar tufayli necha bor vayronaga aylanib, kultepalar uzra necha bor qayta tiklangani tarixdan ma’lum.
Lekin, qat’iy ishonch bilan aytish lozimki, shu yemi muqaddas makon deb, ona yurt deb bilgan mard va jasur ajdodlarimiz yovlarga hech qachon bo‘yin egmagan.
Shu ma’noda, «Alpomish»dek qahramonlik dostonining aynan shu yerda yaratilgani ham aslo tasodif emas.
Ana shu kurashlar, jang-u jadallar natijasida bu shahaming nomi necha bor o‘zgargani, hatto bir zamonlar u bosqinchi hukmdorlar nomi bilan atalganini ham yaxshi bilamiz.
Afsuski, «Termiz» so‘zining lug‘aviy ma’nosi va kelib chiqishi hali-hanuzgacha noma’lum bo‘lib kelmoqda. Lekin, bu xususda turli fikr va qarashlar mavjudligini ham aytib o‘tishimiz kerak.
Qadimiy yodgorligimiz «Avesto»da u «Tarmida» deb atal- sa, arab manbalarida «Tarmiz», ya’ni «daryo bo‘yidagi shahar» ma’nosini anglatadi.
Buyuk shoir Abulqosim Firdavsiy esa o‘ninchi asrda shahami uning bugungi nomiga yaqin shaklda - «Tirmiz» deb tilga oladi.
Ammo, bizning faxr-u g‘ururimiz boisi shundaki, qanday nom bilan atalgan bo‘lmasin, qanday bosqin va ofatlarga duch kelmasin, Termiz elining, Surxon xalqining o‘zligi, iymon-e’tiqodi, iroda va matonati, eng muhimi, o‘z yurtiga sadoqati aslo o‘zgarmadi.
Buyuk muarrix Sharafiddin Ali Yazdiy o‘zining mashhur «Za- famoma» asarida Termiz aholisining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi fidokorona kurashini tasvirlar ekan, bu shahami «Madinat ur-rijol», ya’ni «Mardlar shahri» deb ataganida ham teran ma’no mujassam.
Takror aytaman, tarixning o‘zi Termiz shahri, uning qahramon xalqi zimmasiga asrlar davomida yurtimiz tinchligi va ozodligi yo‘lida metin qal’a-qo‘rg‘on bo‘lishdek og‘ir va mas’uliyatli vazifa- ni yuklagan.
Bugun biz iftixor bilan e’tirof etamizki, Termiz shahri bu mu- qaddas vazifani hamisha va hozirgi murakkab, tahlikali davrda ham sharaf bilan ado etib kelmoqda.
Muhtaram do‘stlar!
Jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘5gan bu shavkatli shahami yetti iqlimga ma’lum-u mashhur etgan uning shonli tari­xi, qadim-qadimdan shakllanib kelayotgan boy madaniyati, beqiyos obidalari, desak, xato bolmaydi, albatta.
Lekin Termizni Termiz qilgan, uning shuhratini olam uzra zi- yoda etgan, bu vohaning har qarich tuprog‘ini oltinga aylantirgan - mana shu yurtning mard va tanti, olijanob odamlaridir.
Bu qadimiy diyorda yashab o‘tgan benazir alloma Hakim Termi- ziy, islom dunyosida olti buyuk muhaddisdan biri sifatida tan olingan Imom Iso Termiziy, mumtoz shoir Sobir Termiziy, muarrix Saman- dar Termiziy kabi o‘nlab ulug‘ ajdodlarimiz, aziz-avliyolarimizning mo‘tabar nomlarini xalqimiz hurmat-ehtirom bilan tilga oladi.
Sohibqiron Amir Temur bobomizning aynan mana shu Termiz atrofida o‘zining piri buzrukvori Sayyid Baraka hazratlaridan hoki­miyat ramzi bo‘lgan bayroq va jangovar nog‘orani qabul qilib olgani ham bu tuproqning nechog‘li xosiyatli ekanini ko‘rsatib turibdi.
Bugungi kunda ham shu tabarruk tuproqni ulug‘lab, quyosh jazi- ramasi, garmsel shamollariga bardosh berib, qiyinchiliklami yengib mehnat qilayotgan, Vatanimizning janubiy sarhadlarida afg‘on mo- jarosi tufayli yigirma yildan ziyod davom etgan notinch va tahlikali vaziyatda ham mardlik va matonatini namoyon etib, tom ma’noda shu yurtning fidoyisi bo‘lib yashayotgan Surxon eli, Surxon xalqiga har qancha tasannolar aytsak arziydi.
Aziz yurtdoshlar!
Bu voha tuprog‘i, Surxon yeri nainki qadimiy, ayni paytda g‘oyat unumli, serhosil va barakali ekanida ham o‘ziga xos hikmat bor.
Men bu zaminning xosiyatlarini ilgari ham ko‘p marta aytgan- man, lekin bugungi tantanada yana bir bor bu haqda to‘xtalib o‘tsak, o‘rinli bo‘ladi, deb o‘ylayman.
Bu yerda ko‘p-ko‘p qishloq xo‘jalik ekinlarini - paxtadan tortib subtropik mevalargacha, g‘alladan tortib sabzavot va poliz mahsu- lotlarigacha - barcha-barchasini o‘stirish mumkin.
Ayniqsa, bu zaminning so‘lim tabiati, Vaxshivor va Bobotog‘, Sangardak va Xonjizza, Boysun va Oltinsoyning fusunkor manzara- lari har qanday odamni maftun etadi.
Yoki Surxon vohasining bag‘riga jo bo‘lgan noyob tabiiy boy- liklami, ravon yo‘llar, aloqa tarmoqlari, muxtasar aytganda, samarali ishlash uchun asos bo‘ladigan shart-sharoit va imkoniyatlami olay- lik.
Endi o‘zingiz ayting, aziz birodarlar, bu vohada shunday boy ta­rix, shunday unumdor yer bo‘lsa, shunday go‘zal va betakror tabiat, shunday mehnatkash, mard va olijanob xalq bo‘Isa, bu yurtning ke- lajagi buyuk bo‘lmasligi mumkinmi? Bu yerda odamlar baxtli, erkin va farovon yashamasligi mumkinmi?
Ishonchim komilki, butun xalqimiz qatori Surxon eli ham ana shunday hayotga nihoyatda munosib va shunday turmush darajasiga albatta erishadi.
Bunga ishonch bildirish uchun barcha asoslarimiz bor.
Bu asoslardan biri shundan iboratki, butun yurtimiz kabi Termiz shahriga ham Ollohning nazari tushgan, uni doimo o‘z panohida saqlab, yomon ko‘zlardan, balo-qazolardan o‘zi asrab keladi.
Bu yerga musulmon dunyosining ulug‘ allomalari va piri buz- rukvorlarimizning muborak poyqadamlari tekkan va ulaming barc- hamiz uchun tabarruk xoklari shu tuproqqa ko‘milgan.
Yana bir asos shundan iboratki, bu zaminda yashayotgan barcha insonlaming o‘z yurti, o‘z eliga bo‘lgan mehr-muhabbati, sadoqati cheksiz va mustahkam.
Bugun biz yangi jamiyat qurish yo‘lida qanday jarayonlar- ni boshimizdan kechirayotgan bo‘lsak, qanday qiyinchilik, g‘ov- to‘siqlami yengib, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga yetish buyuk kelajagimizni qurish uchun qanday mehnat qilayotgan bo‘lsak, bu ishlar zamirida Surxon ahlining ham g‘ayrat va shijoati, mardlik-matonati, fidoyiligi mujassam ekani shubhasiz.
Hurmatli do‘stlar!
Biz bugun shod-u xurramlik bilan nishonlayotgan Termiz shah- rining muborak to‘yi, awalambor, tariximiz va buyuk ajdodlarimiz
xotirasiga nisbatan qalblarimizdagi hurmat va ehtirom tuyg‘usining yana bir bor namoyon bo‘lishi bilan ibratlidir.
Bunday tantana, bunday marosimlar yurtimizda yashayotgan har bir inson, ayniqsa, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni boy mada- niy merosimizni qadrlash, asrab-avaylashga, bu bebaho boylik bilan chin yurakdan iftixor qilishga o‘rgatadi.
Eng muhimi, bizlaming qanday qadimiy tarix, qanday o‘lmas madaniyatga ega ekanimizni, kimlaming avlodlari, qanday ulug‘ zotlaming vorislari ekanimizni anglashga da’vat etadi.
Mana shu unutilmas lahzalarda, shu maydonda turib atrofimiz- ga, Termizning bugungi go‘zal qiyofasiga bir nazar tashlaylik.
Bu qadimiy shaharda keyingi yillarda bamo etilgan muhtasham binolar, yangi uy-joylar, zamonaviy litsey va kollejlar, sport insho- otlari, obod va ravon yo‘llar, so‘lim bog‘-rog‘lar, ko‘rkam fawo- ralar - bulaming barchasi bunyodkor elimizga xos yuksak fazilat- laming, mustaqillik bizga bergan cheksiz imkoniyatlaming amaliy namoyoni emasmi?
Ayniqsa, mana shu uiug‘ to‘y sharofati bilan ko‘hna Termizning har tomonlama yashnab-yasharib, navqiron bir shaharga aylanib ket- ganini ко‘rib quvonmaydigan odam bormi?
Ishonchim komilki, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Sulton Sa- odat, Qirqqiz yodgorlik majmualarining tubdan qayta ta’mirlangani, Temir yo‘l bekati, Birja markazi, Arxeologiya muzeyi, amfiteatr, yangi stadionlar va suzish havzalari, boshqa o‘nlab inshootlar nafa­qat Termiz shahri, balki butun Surxon vohasining chiroyiga chiroy qo‘shib turibdi, desam, bu fikmi sizlar ham qo‘llab-quwatlaysizlar.
Men, fursatdan foydalanib, mana shu savobli ishlami amalga os- hirgan mohir quruvchi va ustalarimizga, muhandis va me’morlarga, Termizning obod bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shgan barcha insonlarga chin qalbimdan tashakkur bildiraman.
Qadrli do‘stlarim, vatandoshlarim!
So‘zimning oxirida ilgari ham aytgan bir gapimni takrorlamoqc- himan: men go‘zal Surxon vohasini, uning ko‘rkam bog‘lari, baland tog‘larini, yashil archazorlari, bepoyon dasht-u dalalarini, shu za- minda yashayotgan aziz yurtdoshlarimni, butun Surxon ahlini yaxshi ko‘raman, sizlarga o‘zimning eng ezgu tuyg‘ularimni izhor etishdan hamisha baxtiyorman.
Mardlar, bahodirlar na polvonlar diyori bo‘lgan bu tabarruk tup- roqdan hech qachon fayz-u baraka arimasin.
0‘tmishi sharafli, kelajagi buyuk Termiz dunyo turguncha tur-
Termiz shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlangan nutq, 2002-yil 2-aprelQashqadaryo vohasining zumrad gavhari
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Bugun qadimiy Kesh vohasida katta bayram, katta tantana.
Alloh nazari tushgan Vatanimiz tarixining eng ko‘hna va teran ildizlaridan biri bo‘lgan qadimiy va doimo navqiron Shahrisabz bu­gun o‘zining 2700 yillik qutlug1 to‘yini nishonlamoqda. Dunyoga o‘zining ko‘rk-u kamoli, qaddi-bastini namoyon qilmoqda.
Bu go‘zal shahar bugun mana shu zaminning umrboqiy qadri­yatlarini, 0‘zbekiston deb atalmish yurtimizning naqadar qadimiy va muqaddasligini butun jahonga namoyon etmoqda.
Qadrli do‘stlar!
Shahrisabz deganda, biz, awalo, olis zamonlarda ajdodlarimiz yashagan, tarixda goh Gava So‘g‘da, goh Nautaka, goh Kesh deb nom olgan qadimiy makonni tasawur qilamiz.
Bu shahar o‘zining uzoq o‘tmishi davomida ne-ne kunlami ko'rmadi. Tarix to‘fonlari, bosqinlar oqibatida necha bor vayronaga aylanib, kultepalar ustidan necha bor qayta tiklandi.
Ammo na zamonning murakkab sinovlari, na istilo-yu urushlar, na tabiiy ofatlar bu shahami tarix sahifasidan o‘chira olmadi.
Shu tabarruk zaminda dunyoga kelib, uning tarbiyasini olib vo- yaga yetgan, doimo mag‘rur bo‘lib yashagan insonlar ming yillar davomida mardlik va bunyodkorlik namunalarini dunyoga namoyon etib keldi.
Shahrisabz deganda, dastawal, xayolimizda o‘zining aql- zakovati, beqiyos salohiyati bilan jahonni hayratga solgan Amir Te­mur bobomizning o‘lmas siymosi jonlanadi.
Shahrisabz bu ulug‘ zotning beshigini tebratgan, uni kamolga yetkazgan mo‘tabar maskandir. Bobokalonimizning el-ulusni bir- lashtirish, ona diyorimizni bosqinchilardan ozod qilishida, jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk va qudratli davlat qurishida aynan shu zamin unga kuch-quvvat va madad bergan. Amir Temur bobomiz Shahrisabz va Kesh vohasini joni-dilidan sevgan, qadrla- gan, hatto o‘z saltanatining poytaxti qilmoqchi bo‘lgan. Bu yerda qanchadan-qancha go‘zal va betakror inshootlami barpo etib, sha­hami qayta qurib, butun dunyoga tanitgan, uning rivojiga cheksiz hissa qo‘shgan.
Sohibqironning: «Kimki bizning qudratimizni bilmoqchi bo‘lsa, biz qurgan imoratlami kelib ko‘rsin», degan so‘zlari bugun ham o‘z ma’no-mazmunini yo‘qotgan emas.
Shahrisabz deganda, tasawurimizda, awalo, mangu yashil sha­har, yulduzlarga to‘la beg‘ubor osmon, yuksak Hisor tog‘lari namo- yon bo‘ladi.
Va, tabiiyki, Shahrisabz deganda, biz «Ilm-u adab qubbasi» deb e’tirof etilgan ilm-fan, madaniyat va nafosat maskanini anglaymiz. Bu shahar qadim-qadimdan o‘zining qo‘li gul ustalari, mohir hunar- mandlari bilan shuhrat qozongan.
Mana shu zaminda qad ko‘targan, yetti iqlimga ma’lum va mashhur Oqsaroy, Dorus-saodat, Dorut-tilovat, Ko‘kgumbaz kabi muhtasham obidalar va boshqa betakror me’moriy yodgorliklar, shu tuproqdan topilgan noyob osori-atiqalar bu haqiqatni yaqqol tasdiq- laydi.
Shu muborak yurt farzandlari bo‘lgan Abu Muhammad Keshiy, Shamsiddin Kulol va Hazrati Bashir kabi aziz-avliyolar, Firoqiy va Xiromiy, Ravnaqiy va Faqiriy singari shoir-u allomalar Shahrisabz dovrug‘ini dunyoga taratgan.
Jahon madaniyati xazinasiga beqiyos hissa qo‘shgan Xusrav Dehlaviy, Mirzo Bedil, Mirzo G‘olib kabi mumtoz siymolaming nasl-nasabi Shahrisabz zaminidan chiqqani ham bu tuproqning ilo- hiy xosiyatidan dalolat beradi. Shu o‘rinda, aziz do‘stlarim, sizning e’tiboringizni sirli bir alomatga qaratmoqchiman.
Jahongir Mirzo maqbarasi yonida bugun ham yashnab tur­gan qadimiy chinorlami ko‘pchiligimiz ko‘rganmiz. Men har gal bu yerda bo‘lganimda, bunday daraxtlar faqat muqaddas joylarda o‘sadi, degan fikr beixtiyor ko‘nglimdan o‘tadi. Balki bu chinorlar- ning niholini bir paytlar Amir Temur bobomiz o‘z qo‘li bilan ekkan bo‘lsa, ajab emas, deb o‘ylayman.
Va Shahrisabzning muqaddas timsollari bo‘lmish bu azamat da- raxtlami ilohiy bir kuch asrab, bugungi va kelajak avlodlarga yetka- zib kelayotgandek tuyiladi.
Aziz do‘stlar!
Bugun Shahrisabz fayz-u tarovati bilan ko‘zlami qamashtirib, jahon e’tiborini o‘ziga qaratib turibdi. U jahon sivilizatsiyasining eng qadimiy shaharlaridan biri sifatida nufuzli xalqaro tashkilot bo‘lmish YuNESKO tomonidan e’tirof etilgan va Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Hech shubhasiz, Shahrisabz va Qashqadaryo vohasining naqadar katta tarixiy va madaniy merosga ega ekani, uning betakror yer osti va yer usti boyliklari haqida gapirishimiz bugun albatta o‘rinlidir. Bugun bu haqiqatni nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun dunyo tan olmoqda.
Lekin mendan bu yurtning eng haqiqiy boyligi haqida so‘rasa, hech ikkilanmasdan, Yaratganning nazari tushgan bu yurtning asosiy boyligi mana shu zaminda yashayotgan bag‘rikeng, mard va oriyat- li, ko‘p-ko‘p qiyinchilik va sinovlarda toblangan, yaxshilikni hech qachon unutmaydigan Qashqadaryo eli va xalqi, deb javob bergan bo‘lur edim.
Men siz, Qashqadaryolik qadrdonlarim bilan yelkama-yelka, hamfikr bo‘lib mehnat qilgan, hayotimning aziz damlariga aylangan kunlarimni hech qachon unutmayman. 0‘sha murakkab davrda siz­lar menga bildirgan hurmat va ishonchni, ta’bir joiz bo‘lsa, menga qanot berganingizni umrbod minnatdorlik bilan eslayman.
Qadrli vatandoshlar!
Bizning istiqlol yillarida Shahrisabz markazida sohibqiron Amir Temur bobomizning muazzam haykalini tiklaganimiz, bu muborak zaminda yotgan buyuk zotlaming maqbaralarini obod qilib, ajdod- larimiz ruhi oldidagi farzandlik burchini ado etganimiz yangi tarixi- mizdagi katta unutilmas voqeadir.
Bu yurtning chiroyiga chiroy, salohiyatiga yana salohiyat qo‘shadigan ibratli ishlami davom ettirishimizga hech qanday shub- ha yo‘q. Va Shahrisabz nafaqat dehqonchilik, sanoat, hunarmand- chilik va madaniyat maskaniga, balki butun dunyodan ziyoratchi va sayyohlar oqib keladigan go‘zal va zamonaviy shaharga aylanishi muqarrar.
Bu yil Shahrisabz, butun Qashqadaryo ahlining barcha sohalarda omadi keldi. Men fursatdan foydalanib, qishloq xo‘jaligi uchun tabi­iy sharoit og‘ir bo‘lgan mana shu mavsumda belni mahkam bog‘lab, fidokorona mehnat qilgan, mamlakatimizda eng ko‘p - 684 ming tonnadan ziyod g‘alla, 420 ming tonnadan ortiq paxta hosili yetish- tirgan azamat dehqonlami, siz lafzi halol qashqadaryoliklami qo‘lga kiritgan ulkan g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman va o‘zimning cheksiz hurmatimni bildiraman.
Hurmatli do‘stlar!
Mana shu unutilmas, quvonchii kunda mening suyanchim, tayanchim bo‘lgan siz, Qashqadaryo yoshlariga, sizning timsolingiz- da butun 0‘zbekiston yoshlariga bir da’vat bilan murojaat qilmoq- chiman.
Aslida bu mening da’vatim emas, balki ulug‘ ajdodlarimizning bizga qoldirgan o‘lmas ma’naviy o‘gitlaridir. Men shu da’vatni siz- larga yana bir marta eslatmoqchiman.
G‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lmish Amir Temur bobomizning xuddi shu zaminda turib, kelgusi nasllarga qarata aytgan «Biz kim- miz, kimlaming avlodimiz?» degan so‘zlari hech qachon yodingiz- dan chiqmasin.
Toki yuragingizda o‘t, bilagingizda kuch-qudrat bor ekan, 0‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘z o‘mini egallab borayotgan bu­gungi kunda ana shu da’vatga hamisha munosib bo‘ling.
Biz dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaymiz, deb ko‘targan is­tiqlol bayrog‘ini, hurriyat bayrog‘ini sizlar yanada baland ko‘tarasiz, deb ishonaman.
Aziz vatandoshlarim!
Men ushbu hayajonli lahzalarda Shahrisabz elini, butun xalqi - mizni bugungi shodiyona bilan yana bir bor qutlar ekanman, sizlar- ning ochiq chehrangizga boqib, mana shunday yorug‘ kunlarimiz ko‘p bo‘lsin. Qashqa vohasining zumrad gavhari - Shahrisabz dunyo turguncha tursin, deyman.
Ikki ming yetti yuz yillik tarixni o‘z yelkasida ko‘tarib turgan bu afsonaviy shahar qoshida bosh egib, uning shuhratini dunyoga taran- num etayotgan siz, aziz yurtdoshlarimga ta’zim qilaman.
Men noyob asriy obidalarimizni ko‘z qorachig‘idek saqlab ke- layotgan, keng ko‘lamdagi ta’mirlash va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirayotgan, yangi-yangi inshootlar barpo etayotgan mohir quruvchi va ustalarimiz, muhandis va me’morlarimizga, mana shu savobli ishlarga munosib hissa qo‘shayotgan barcha insonlarga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildira- man.
Bugungi shodiyonamizda ishtirok etayotgan UNESKO xalqaro tashkiloti va xorijiy elchixonalar vakillariga chin dildan tashakkur aytaman.
Hammangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringiz- ga fayz-u baraka yor bo‘lsin.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish