Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli
8-umumiy o’rta ta’lim maktabining rus tili fani o’qituvchisi
Sharipova Gulzoda Rahmatullayevnaning
TARJIMAI HOLI
Sharipova Gulzoda Rahmatullayevna 1978 yil 21 iyun sanasida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tavallud topganman. 1985 yil Shahrisabz tumanidagi Miraki shaharchasidagi 8-umumiy o’rta ta’lim maktabiga borib, 1995 yil maktabni tugatdim. 1998 yil Qarshi davlat Universitetiga o’qishga kirib 2003 yil bitirdim.
2003 yil Miroqi shaharchasidagi 8-umumiy o’rta ta’lim maktabiga rus tili fani o’qituvchisi bo’lib o’qishga kirdim. Shu maktabda hozirgacha ishlab kelmoqdaman.
Oilaliman, 2 nafar farzandni onasiman. Farzandlarim to’ng’ichi Abdusaxatov Temur o’quvchi. Ikkinchisi Abdusaxatov Sirojiddin bog’cha tarbiyalanuvchisi.
Turmush o’rtog’im Abduaxatov Hamidulla hozirgi kunda usta bo’lib ishlaydi.
Sharipova G
Shahrisabz tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 8-umumiy o’rta ta’lim maktabining rus tili fani o’qituvchisi Sharipova Gulzoda Rahmatullayevnaning
T A V S I F N O M A
Sharipova Gulzoda Rahmatullayevna 1978 yil 21 iyun sanasida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tavallud topgan. 1985 yil Shahrisabz tumanidagi Miraki shaharchasidagi 8-umumiy o’rta ta’lim maktabiga borib, 1995 yil maktabni tugatgan. 1998 yil Qarshi davlat Universitetiga o’qishga kirib 2003 yil bitirgan.
2003 yil Miroqi shaharchasidagi 8-umumiy o’rta ta’lim maktabiga rus tili fani o’qituvchisi bo’lib o’qishga kirdi. Shu maktabda hozirgacha ishlab kelmoqda.
U o’zining ish faoliyati davrida jamoa o’rtasida o’zining mehnati bilan tez obro’-e’tiborni qozondi. O’zining bilimdonligi, ijodkorligi, ilmiy uslubiy yangiliklarni o’z darslarida qo’llay olishi, ta’lim -tarbiya ishlari samarasini oshirishdagi xizmatlari bilan alohida ajralib turadi.
Sharipova Gulzoda Rahmatullayevna izlanuvchan, talabchan pedagog, u o’quvchilarni fanga bo’lgan intilishlarini, qiziqishlarini ko’ra bila olib, ular bilan yakka va guruhda ishlashga harakat qiladi. U zamonaviy dars o’tish uslublarini qo’llab, yangi pedagogic texnologiyalar asosida fanga oid dars ishlanmalar tayyorlab, o’z dars jarayonlarida qo’llab kelmoqda.
Sharipova Gulzoda Rahmatullayevna maktab, tuman, viloyatda tashkil etilgan seminarlarda ishtirok etib, o’zining bir nechta ma’ruzalari bilan qatnashib, ko’plab ilmiy anjumanlar o’tkazib, o’quvchilarni kichik ilmiy ishlar bilan shug’ullantirib keladi. U yosh pedagoglarga ustoz sifatida o’z tajribasidan kelib chiqib, mahorat darslari o’tib, pedagogolik faoliyatini o’rtoqlashadi.
Pedagog saboq beradigan sinflarida rus tili faniga qiziqish yuqori. Chunki pedagog fan yangiliklarni o’quvchilarga kunlik yetkazish uchun izlanadi. Bu esa o’quvchilarning rus tili fanida bilim, ko’nikmalari samaradorligi yuqori ko’rsatkichlarga erishishida zamin bo’lib kelmoqda. Buni o’quvchilari fan olimpiadalari, innovatsion olimpiadada, tanlovlarda qatnashib, faxrli 1-2-3 o’rinlarni qo’lga kiritgani o’z isbotini topgan desak bo’ladi.
Maktab ma’muriyati Sharipova Gulzoda Rahmatullayevnani o’z pedagogic sohasini namunali bajaradigan o’quvchi deb biladi va unga ishonch bildiradi.
Maktab direktori: U.Turdiyev
Kasaba uyushmasi raisi: S.Nazarova
Do'stlaringiz bilan baham: |