Uchinchi kitob


Imom Moturidiy tavalludining 1130 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlangan nutq



Download 57,25 Mb.
bet137/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Imom Moturidiy tavalludining 1130 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlangan nutq
Bismillohir rahmanir rohim.
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Qadimiy va betakror Samarqand zaminida, mana shu muborak kunda siz, aziz yurtdoshlarimni, uzoq-yaqindan kelgan mehmonlami yana bir bor chin qalbimdan samimiy qutlab, barchangizga o‘z hurma- timni bildirib, bag‘oyat mamnun bo‘lganimni izhor etmoqchiman.
Qadrli do‘stlar!
Kuni kecha biz ko‘hna Marg‘ilonda buyuk bobomiz Burhonid- din Marg‘iloniyning tavallud ayyomini o‘tkazib, ul zotning ruhi pok- larini shod etgan bo‘lsak, bugun yana bir ulug‘ alloma - Imom Abu Mansur Moturidiy hazratlarini xotirlab, bu benazir siymo oldidagi insoniy burchimizni ado etmoq uchun bu yerga yig‘ildik.
Diyorimizda Imom Moturidiy va Burhoniddin Marg‘iloniyning tavallud ayyomlari bir paytda o‘tayotganida chuqur ramziy ma’no bor.
Bu ma’no, awalambor, bu aziz insonlaming ibratli taqdirida, ulaming ilm-ma’rifat va ezgulikka bag‘ishlangan hayotida, muqad­das dinimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga qo‘shgan ulkan his- salarida mujassamdir.
Hayotining mazmuni, olijanob intilishlari mushtarak bo‘lgan bu ikki ulug‘ zotning mana shu muqaddas makon - Chokardiza qabris- tonida mangu orom topgani, xoki poklari yonma-yon yotganini ham Yaratganimizning qudrati va marhamati, deb bilamiz.
Va nasib etsa, Burhoniddin Marg‘iloniy bobomizga, u zot taval- lud va kamol topgan Rishton va Marg'ilonda barpo qilingan muh­tasham majmui singari, shu muqaddas joyda ham yodgorlik bunyod etamiz.
Qadrli do‘stlar, aziz mehmonlar!
Bugungi marosimdan foydalanib, Alloh taoloning nazari tush- gan shu tabarruk zaminda yashab o‘tgan, islom falsafasi, islom aqi- dalarini ilmiy asoslash, muqaddas dinimizni sof va pok saqlash, uni ulug‘lash va targ‘ib-u tashviq etishga beqiyos hissa qo‘shgan vatan- doshlarimizni, shu tuproqda unib-o‘sgan aziz avliyolami yana bir bor yod etsak, ulaming xotirasiga yana bir bor ta’zim qilsak, o‘rinli bo‘ladi, deb o'ylayman.
Islom dunyosining ustunlari bo‘lgan Imom Zamahshariy, Imom Termiziy, Imom Nasafiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Abdu- xoliq G‘ijduvoniy, Shayx Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqsh- band, Xoja Ahrori valiy kabi ko‘plab mumtoz zotlaming hayoti va faoliyati bizning yurtimizni nafaqat musulmon olamida, balki Mag‘rib-u Mashriq dunyosida mashhur etganidan haqli ravishda g;ururlanamiz.
Bu ulug‘ zotlar qatorida buyuk ajdodlarimiz bo‘lmish hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy, kalom ilmining sultoni Imom Motu- ridiy, o‘lmas «Hidoya» asarining muallifi shayxulislom Burhoniddin Marg‘iloniy bobolarimiz alohida o‘rin tutadi.
Muhtaram birodarlar!
Imom Moturidiyning faoliyati va ta’limoti haqida gapirar ekan- miz, awalo, bir masalani aniqlab olish lozim: uning merosini nima uchun ulug‘laymiz, nima uchun qadrlaymiz, nima uchun bugun ham bu merosning hayotiy ta’sirini sezamiz?
Shuni alohida ta’kidlash joizki, agar biz islom tarixiga na­zar tashlasak, bu ilohiy dinni anglash, uni tushunish, tushuntirish, targ'ib qilish va pokligini saqlash borasida asrlar mobaynida ko‘p- ko‘p bahs-munozara va tortishuvlar, hatto jang-u jadallar ham bo‘lib o‘tganini ko‘ramiz.
Uzoq tariximiz davomida ba’zi bir razil kuchlar mo‘min- musulmonlami chalg‘itib, o‘zlarining g‘arazli maqsad va manfaat- lariga erishmoq uchun ulami tanlagan yo‘lidan qaytarishga ne-ne harakatlar va zo‘ravonliklar qilib kelganiga ham guvoh bo‘lamiz.
Shuning uchun ham musulmon jamiyati islom dinimizni asrab- avaylab, uning ma’no-mazmunini odamlarga to‘g‘ri va xolis yetka- zib beradigan, ulami hidoyat yo‘liga boshlaydigan fozil shaxslarga doimo katta ehtiyoj sezib kelgan.Aytish mumkinki, Imom Moturidiy hazratlari ana shunday tari­xiy zarurat natijasida maydonga chiqqan mumtoz siymo, ulug‘ al- lomadir. Buyuk bobomiz yashagan davrda har turli diniy firqa va oqimlar o‘rtasida g‘oyaviy qarama-qarshiliklar, ziddiyat va nizolar kuchayib, qonli mojarolar avj olgan edi.
Mo‘min-musulmonlar uchun bag‘oyat xatarli va tahlikali ana shunday bir vaziyatda hazrati Moturidiy zo‘r matonat, avlodlarga ibrat bo‘ladigan fidoyilik namunasini ko‘rsatdi.
U1 zot Alloh taolo o‘ziga ato etgan beqiyos aql-zakovat va ilm bilan to‘g‘ri yo‘ldan adashgan oqimlarga qarshi kurash olib bordi.
Lekin bu kurashda u g‘animlarga qarshi kuch ishlatib, qilich yalang‘ochlab jang qilgani yo‘q.
Alloma bugungi kunda ham o‘z ahamiyati va ta’sirini yo‘qotmagan hayotbaxsh kuch, ya’ni g‘oyaga qarshi g‘oya, jaho- latga qarshi ma’rifat yo‘lini tanladi va umrining oxiriga qadar shu yo‘lda sobit qoldi.
U johil kuchlaming tahdid va tajovuzlaridan qo‘rqmay, hidoyat yo‘lini yo‘qotgan firqalarga qarshi keskin raddiyalar bitdi. Hazrat Moturidiyning asarlaridagi ilmiy asos va mantiq qudrati shu qadar kuchli ediki, uni hatto allomaning muxoliflari ham oxir-oqibatda tan olishga majbur bo‘ldilar.
Shuning uchun ham Moturidiy bobomiz islom olamida «Musul- monlaming e’tiqodini tuzatuvchi» degan yuksak sharafga sazovor bo‘ldi.
Mana shu ma’noda, bu mo‘tabar zot o‘zining teran ilmi, pok e’tiqodi, sabot va matonati bilan islom dinining sofligi uchun kura- shar ekan, kelajak avlodlar manfaatini, siz-u bizni ham himoya qil­gan, deb ishonch bilan aytishga haqlimiz.
Buyuk bobomizning butun islom olami, o‘z xalqi, o‘z Vatani ol­didagi yana bir ulkan xizmati shundan iboratki, ulug‘ vatandoshimiz e’tiqod ilmi - muqaddas dinimizni qanday tushunish va unga qanday amal qilish ta’limotini yanada rivojlantirdi. Islom dinining insonpar- varlik mohiyatini xalqning milliy urf-odatlari, asriy an’analari bilan uyg‘unlashtirdi.
Hazrati Moturidiyning o‘ninchi asrdayoq diniy g‘oyaiari g‘arazli maqsadlar yo‘lida qurolga aylantirish, mutaassiblik va johillik botqog‘iga botib qolish qanchalik xatarli ekanini asoslab bergani biz uchun ayniqsa muhimdir.
Alloma bobomiz: «Din yo‘lidagi barcha adashuvlaming bosh sababi - riyokor kimsalarga ko‘r-ko‘rona ergashishdadir», degan edi.
Bu so‘zlaming naqadar haqqoniy ekanini, hanuz o‘z ahamiyati- ni yo‘qotmaganini bugun dunyoda ro‘y berayotgan yuzlab voqealar misolida yaqqol ko‘rib turibmiz.
0‘zingiz o‘ylang, aziz do‘stlar, birodarlar, jahonning tur­li burchaklarida diniy nizolar asosida sodir etilayotgan qonli to‘qnashuvlaming aksariyati aqidaparastlik, soxta g‘oyalarga ko‘r- ko‘rona ergashish, nodonlik va johillik oqibati emasmi?
Muhtaram vatandoshlar!
Imom Abu Mansur Moturidiy qoldirgan merosning yana bir ib­ratli tomoni shundaki, u diniy e’tiqod borasida ashaddiylik, toqat- sizlikni rad etadi, mo‘tadillik va bag‘rikenglikni yoqlab chiqib, bu muhim tamoyilni jamiyat hayotining mezoniga aylantirishga intiladi.
Alloma, har bir insonning hayoti Yaratgan tomonidan belgilana- di, lekin odamzodga yo‘l tanlash ixtiyori ham berilgan, binobarin, u o‘z xatti-harakatlari va qilmishlari uchun awalo Parvardigor oldida, xalq va jamiyat oldida mas’uldir, degan fikmi qat’iy turib himoya qiladi.
Imom Moturidiy ta’limoti ana shu insonparvarlik mohiyatiga ko‘ra, insoniyat hayoti va taraqqiyotini yaxshilik va poklik sari, ado­lat sari yo‘naltirishga, odamlami millati, tili, dinidan qat’i nazar, o‘zaro ahil, bahamjihat, mehr-oqibatli bo‘lib yashashga da’vat etadi.
Bu mo‘tabar siymo o‘zining «Kitob ut-tavhid», «Kitob ul- ta’vilot» kabi o‘lmas asarlarida xalqimizga mansub bag‘rikenglik, olijanoblik va taraqqiyparvarlik kabi ulug‘ fazilatlami yorqin namo- yon etgani bilan ham bizga ayniqsa qadrlidir.
U1 zot asos solgan diniy ta’limot - Moturidiyya maktabi Sharq mamlakatlarida katta shuhrat topishiga bo‘lgan sabab shuki, unda ilgari surilgan g‘oyalar islom dinimizning mohiyatini to‘g‘rilik, ez- gulik, insoniylik, deb biladigan jamiki mo‘min-musulmonlaming qarashlari va intilishlari bilan hamohang edi.
Shu bois Moturidiyya maktabida ta’lim olgan turli millat va­killari bo‘lmish olimlar, Hazrat Moturidiyning minglab izdoshlari, ma’naviy shogirdlari uning ta’limoti va merosini dunyoning ko‘p- ko‘p mamlakatlarida targ‘ib-u tashviq etib, yanada rivojlantirdilar.
Hurmatli birodarlar!
Bugungi kunda, yigirma birinchi asr bo‘sag‘asida, bashariyat murakkab taraqqiyot jarayonini boshdan kechirayotgan bir paytda diniy bag‘rikenglik, turli dinlarga mansub xalqlar o‘rtasida mulo- qot va amaliy hamkorlikni kuchaytirish nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shu ma’noda, Imom Moturidiy bobomizning: «Agar odamlar yaxshilik yo‘lida birlashsa, Yaratganimiz ulardan o‘z marhamatini darig‘ tutmaydi», degan hikmatli so‘zlarida bizning zamonamiz uc­hun ham ibratli saboqlar bor, desak, xato bo‘lmaydi.
Bugun bobomiz Imom Moturidiyning faoliyati va qoldirgan be­nazir merosi haqida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda bu merosni yanada chuqurroq o‘rganish, bu zotga katta ehtirom bilan qarab, tadqiqotlar olib borayotgan xorijiy olimlaming, birodarlarimizning ko‘mak va yordami bilan allomaning hozircha topilmagan bebaho asarlarini nafaqat 0‘zbekiston, balki barcha musulmon mamlakat- larida izlash, ulami tahlil etish, zamondoshlarimiz va yosh avlodlar­ga yetkazish barchamiz uchun ham farz, ham qarz ekanini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman.
Shu fursatdan foydalanib, Imom Moturidiy bobomizni ziyo- rat qilmoq niyatida o‘z qimmatli vaqtlarini ayamasdan uzoq-yaqin o‘lkalardan yurtimizga tashrif buyurgan, ushbu marosimda ishtirok etayotgan aziz mehmonlarimizga butun xalqimiz nomidan, Imom Moturidiyning bugungi avlodlari nomidan beqiyos hurmat va ehtiro- mimizni izhor etishdan baxtiyorman.
Muhtaram yurtdoshlar!
Aziz mehmonlar!
Buyuk ajdodlarimizning bebaho merosini tiklash, qadr-qim- matini joyiga qo‘yish, ulaming qadamjo va ziyoratgohlarini obod qilishdek baxt siz bilan bizga nasib etganidan har birimiz haqli ra­vishda faxrlanamiz.
Qadimiy zaminimizdan o‘tgan bu ulug‘ zotlaming yana bir xo- siyati shundaki, ulaming sharofati bilan tabarruk maqbaralar, tarixiy obidalargina emas, balki milliy tafakkurimiz, ma’naviyatimiz, milliy g‘ururimiz, eng muhimi, xalqimizning tarixiy xotirasi qayta tiklan- moqda.
Muhtaram do‘stlar! Birodarlar!
Samarqand ahli o‘z qadimiy tarixiga ixlos qo‘ygan, o‘zidan o‘lmas meros qoldirgan ulug‘ mutafakkirlari, alloma va aziz- avliyolarining muborak nomlarini e’zozlab, ulaming xotirasini tik­lash yo‘lida savob ishlari bilan o‘mak bo‘lib kelayotgan saxovatli xalqdir.
Samarqand tuprog‘ini aziz bilib, uni sevib-ardoqlab, bir umr shu yerda muqim yashagan, o‘zining mislsiz faoliyati bilan shu muqad­das zaminni butun dunyoga mashhur etgan, ezgu duolari bugun ham bizga kuch-quwat bag‘ishlab turgan Abu Mansur Moturidiy bobo- mizga ko‘rsatayotgan hurmat-ehtiromimiz ana shu buyuk ixlosning yana bir dalolatidir.
Mana shu muhtasham yodgorlik majmuining g‘oyat qisqa fur- satda - to‘rt oy davomida bunyod etilgani ham ul tabarruk zotga bo'lgan xalqimiz mehr-oqibatining ifodasi, deb bilamiz.
Fursatdan foydalanib, Imom Moturidiy bobomizning muborak maqbarasini qaytadan tiklab, bu joyni qutlug‘ ziyoratgohga aylan- tirish yo‘lida sidqidildan mehnat qilgan me’mor va muhandislari- mizga, qo‘li gul usta va quruvchilarimizga samimiy minnatdorchilik bildiraman.
Aziz zotlaming nomlarini ulug‘lab, maqbaralari va qadamjolari- ni tiklab, asrab-avaylab obod etaversak, Samarqand nafaqat sayyoh- lar makoniga, balki butun dunyodan ziyoratchilar intilib keladigan qutlug‘ bir maskanga aylanishi muqarrar.
Hamisha oliyjanob ishlaming bunyodkori bo‘lgan, o‘zining mehnati, qalb saxovati bilan mana shunday savob ishlarga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Samarqand ahli bilan, siz qadrli hamsha- harlarim bilan har qancha g‘ururlansam arziydi.
Aziz vatandoshlarim!
Bugungi shukuhli daqiqalarda Imom Moturidiy bobomizni xo- tirlab, yana bir bor farzandlik hurmatimizni izhor etar ekanmiz, ul zotning ruhi poklari shod bo‘lsin, yurtimiz doimo tinch, xalqimiz doimo omon bo‘lsin, deya tilak qilamiz.
Bu tabarruk zamindan qut-baraka, mehr-oqibat arimasin!
Barchamizni Parvardigorimiz o‘z panohida asrasin!


  1. Download 57,25 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish