Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlangan nutq
Assalomu alaykum, aziz, vatandoshlar!
Qadrli mehmonlar!
Xonimlar va janoblar!
Awalo, barchangizni qadimiy va muqaddas Xorazm zaminida turib, Vatan ozodligi uchun jon fido qilgan buyuk ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi bilan muborakbod etaman.
Vatanimizning ko‘p ming yillik tarixi el-yurtimizni bosqinchi, yovuz kuchlardan himoya qilish, millatimizning erkinligi va or- nomusini asrash yo‘lidagi buyuk voqealami, bu kurashlarda jasorat va mardlik ko‘rsatgan buyuk shaxslaming nomlarini asrlar davomida o‘zining yorqin xotirasida saqlab kelmoqda.
Jaloliddin Manguberdi - ona yurt himoyachisi, jasur sarkarda va davlat arbobi, xalqimizning Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Amir Temur singari tarixda o‘chmas iz qoldirgan milliy qahramoni- dir.
Jaloliddin Manguberdi - bor-yo‘g‘i o‘ttiz ikki yillik qisqa hayoti davomida el-u yurt uchun, xalq ozodligi uchun so'nmas xizmat qilishga ulgurgan ulug‘ ajdodimizdir.
Aziz do‘stlar!
Jaloliddin Manguberdining beqiyos jasoratini anglash uchun, awalo, shu davrlaming mashaqqatli va beshafqat sahifalarini o‘zimizga tasawur qilib ko‘raylik.
Shu paytgacha hech qaysi davlat, hech qaysi el bas kelolmagan, Xitoy va bepoyon Sibir yerlaridan boshlab bugungi Kaspiy va Qora dengiz bo‘ylarigacha bo‘lgan o‘lkalami zabt etgan, yo‘lida uchragan shahar-qishloqlami yondirgan, dahshati o‘zidan oldin yetib, ne-ne shoh-u shahanshohlar, amir-u sultonlar, sarkardalar yuragiga vahima solgan Chingizxon lashkarining Xorazm ustiga balo-qazoday yopiri- lib kelayotganini ko‘z oldingizga keltiring.
Bir tomondan, boy-badavlat, ikkinchi tomondan, parokan- da bo‘lib yotgan yurtimizning o‘sha paytdagi ahvolini ham bir o‘zingizga tasawur qilib ko‘ring.
Chingizxon shunday bir mash’um kuch ediki, dunyodagi mana- man degan qancha zotlar uning qarshisida tiz cho‘kib, qulluq qilib yashashga tayyor edi.
Muhammad Xorazmshoh atrofidagi ko‘plab beklar ham yov qo‘liga taslim bo‘lishni afzal ko‘rganlarida, Jaloliddin bu fikrga qarshi chiqib, o‘zining beqiyos jasorati va qat’iyatini namoyon etdi. Shu paytgacha mag‘lubiyatga uchramagan mo‘g‘ul lashkariga qarshi o‘n bir yil muttasil jang qildi. Va g‘animlarga shunday qaqshatqich zar- balar berdiki, hatto Chingizxonday makkor va beshafqat, dunyoning yarmini zabt etgan fotih ham unga tan berishga majbur bo‘ldi.
Aytinglar, aziz do‘stlar, ana shunday qaltis vaziyatda o‘zi kabi fidoyi, botir insonlami jipslashtirib, Xorazm zaminini toptashga shay turgan yovuz dushmanga qarshi chiqish uchun odamda qanday jur’at, qanday yurak, qanday iroda, qanchalar baquwat imon-e’tiqod bo‘lishi kerak?
Aytinglar, buning uchun insonda Vatanga muhabbat, el-u yurtga sadoqat, fidoyilik, ozodlikka intilish tuyg‘usi nechog‘li bo‘lishi kerak?
Qani, aytinglar, do‘stlarim, qadrdonlarim, oldindan o‘zini qur- bon bo‘lishini bilaturib, lekin Vatan uchun, uning or-nomusi, uning tarixi va istiqboli uchun, zimmasiga shunday og‘ir qismatni olgan zotlami tarixda ko‘p uchratish mumkinmi?
Aminman, bunday shijoatli va mard o‘g‘lonni dunyoga kel- tirgan, voyaga yetkazgan xalq har qancha hurmat-ehtiromga, har qancha tasannolarga munosibdir.
Hurmatli mehmonlar!
Qadrli do‘stlar!
Sulton Jaloliddin Manguberdi o‘z elining baxt-u saodati uchun hayot-mamot janglarida jon fido etdi. Lekin dunyoda hech qanday xayrli ish beiz ketmaydi. Millat ruhi, odamzodning ozodlik sari inti- lishi abadiydir.
Oradan bir asr o‘tib, sohibqiron Amir Temur Jaloliddin Manguberdi boshlagan ozodlik kurashini yangi sharoit va ulkan miq- yoslarda davom ettirdi. Ona yurtimizni bosqinchilardan xalos qilib, markazlashgan qudratli davlat barpo etdi.
Muhtaram j amoat!
Jaloliddin Manguberdining hayot yo‘lini tahlil qiladigan, o‘sha tarixiy voqealarga bugungi kun ko‘zi bilan qarab baho beradigan bo‘lsak, ular bizni mana shunday tabiiy va ibratli saboq xulosalami chaqirishga undaydi.
Birinchi xulosa shuki, hayot bor ekan, davlat, el-yurt bor ekan, shu erkin, osuda hayotni ko'rolmaydigan, hasad va fitna bilan yashaydigan, zo‘ravonlik bilan o‘z hukmronligini o‘matishga, xalq tinchini buzishga urinadigan yovuz kuchlar hamisha bo‘ladi.
Bu - hayot. Bu - hayotning achchiq haqiqati. Uni hech kim inkor etmaydi. Buni nafaqat o‘z tariximiz va hayotimizda, balki boshqa xalqlar tarixi va hayoti misolida ham ko‘rish mumkin.
Ikkinchi xulosa shuki, hayot bor ekan, davlat, el-yurt bor ekan, o‘zining tug‘ilib o‘sgan, ota-bobolaring xoki yotgan, ertaga farzand- laring kamol topadigan tuproqning har bir qarichini muqaddas bilib, uni himoyalash, zarur bo‘lsa, bu yo‘lda jon fido etishga tayyor turish kerak.
Uchinchi achchiq xulosa shuki, har qaysi el, har qaysi yurt chetdan keladigan yovuz ofatdan ko‘ra, o‘z ichidan chiqadi- gan sotqin, imonsiz, o‘zining manfaatini hamma narsadan ustun qo‘yadigan, kerak bo‘lsa, eng yaqin kishilami ham sotadigan, o‘zini o‘stirgan, voyaga yetkazgan Vataniga qo‘l ko‘taradigan qa- bih kimsalardan nihoyatda ehtiyot bo‘lishi kerak. Bunday kuchlar, razil shaxslaming kibr-u havosi, manfur maqsadlari el-yurt tinchli- gi va taraqqiyotga qanday xavf-xatar ekanini bugungi hayotimizda ко‘rib turibmiz.Takroran aytaman, bu nafaqat kechagi tariximiz, balki bugungi hayotimiz bilan hamohang achchiq saboqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |