0‘zbek diyorida parvarish topgan minglab alloma-yu adib- lar, olim-u mutafakkirlar qatoridan o‘rin olgan Burhoniddin Marg‘iloniy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Maxdumi A’zam Kosoniy, Boborahim Mashrab, Nodirabegim kabi fozillar dunyoga kelgan Farg‘ona vodiysi ushbu aqidani yana bir bor tasdiqlaydi. Zero, bu maskan ham ko‘hna tariximizda, davlatchilik, ilm-u ma’rifat, madaniyat, me’morchilik an’analarimiz taraqqiyotida benazir o‘ringa ega.Aziz do‘stlar!
Bir haqiqatni barchamiz anglab olishimiz zarur. 0‘zbek zaminida asrlar davomida fan va madaniyatning turli sohalarida buyuk iste’dodlaming parvarish topgani bejiz emas, albatta.
Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o‘zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfi- yotlar o‘z-o‘zidan yuz bermaydi.
Buning uchun awalo asriy an’analar, tegishli shart-sharoit tafakkur maktabi, madaniy-ma’naviy muhit mavjud bo‘lmog‘i kerak. Millatning tabiatida, qonida, nasl-nasabida ezgulik va ma’rifat sari intilish mafkurasi va qonuniyati jo‘sh urishi lozim.
Buning uchun eng awalo mana shu qadimiy va betakror yurtga Qllohning nazari va e’tibori tushishi kerak.
Aziz do‘stlar, birodarlarim!
Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi millatimiz uchun katta siyosiy va ma’rifiy ahamiyatga ega. Biz bu sanani davlatchi- ligimiz va ilm-u madaniyatimiz tarixini, mustabid tuzum yillarida nohaq unutilgan buyuk ajdodlarimizning muborak nomlarini qayta tiklashdek olijanob ishning uzviy bir qismi, deb bilamiz.
Ahmad al-Farg‘oniyning olamshumul merosi dunyo madaniyati va ma’rifati xazinalaridan biri bo‘lib, milliy salohiyatimiz, milliy ta- fakkurimiz ko‘lami va qudratining isbotidir.
Ahmad al-Farg‘oniy kishilik tarixidagi ilk uyg‘onish davrining eng zabardast va yorqin namoyandalaridan biri, o‘z zamonasi fundamental fani asoschilaridan edi.
Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho‘qqilariga ko‘tari- lishiga sababchi bo‘ldi, butun ma’rifiy dunyo olimlari uchun dastu- rilamal bo‘lib xizmat qildi. Farg‘onalik bu fozil zotning «Astrono- miya asoslari» nomli shoh asari o‘n ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima etilgan edi.
Yevropada kitob nashr yetish boshlangan XV asrda esa bu asar Italiyada, keyinchalik Germaniya, Fransiya, Gollandiya va AQSH kabi mamlakatlarda qayta-qayta chop qilingani uning naqadar yuksak ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi. Inson tafakkurining bebaho mahsuli bo‘lgan bu kitob asrlar davomida astronomiya fani bo‘yicha o‘ziga xos qomus vazifasini o‘tagan. Dunyoning eng nufuzli dorilfu- nunlarida undan asosiy darslik sifatida foydalanib kelingan.
Ahmad al-Farg‘oniyning Yeming sharsimon shaklga egaligi borasidagi qarashlarini oradan sakkiz yuz yil o‘tib amalda isbotla- gan mashhur sayyoh Xristofor Kolumb, Yer meredianining bir darajasi miqdori haqidagi al-Farg‘oniy hisoblarining to‘g‘riligiga to‘la ishonch hosil qildim, degan dastxat qoldirgan.
Bu e’tirof bobokalonimiz, yanada kengroq aytsam, millatimiz ilmiy salohiyatiga berilgan munosib bahodir.
Ahmad al-Farg‘oniyning astronomiya fani rivojidagi nufuzi shu qadar ediki, alloma bobomizning nomi yer kurrasidagina emas, samoda ham abadiy shuhrat topdi. 0‘n oltinchi asrdayoq Oydagi kraterlardan biriga uning nomi berilgan edi. Atoqli astronom Yan Geveliy tomonidan 1647-yili nashr qilingan «Selenografiya» kitobi- da Oydagi kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz- Ahmad al-Farg‘oniy va Mirzo Ulug‘bek nomi bilan ataladi.
Muhtaram do‘stlar!
Bugun ozod yurtimizda Ahmad al-Farg‘oniy kabi zotlar yoqib ketgan ilm mash’ali yangitdan porlay boshladi. Biz o‘sib kelayot- gan yosh avlod ta’lim-tarbiyasini, ulaming zamonaviy ilg‘or bilim- larga ega bo‘lgan holda ulug‘ bobokalonlarimiz merosiga munosib bo‘lishlarini davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi, deb bilamiz. Shu maqsadda mamlakatimizda yagona ta’lim-tarbiya tizimi maxsus Milliy dastur asosida tubdan isloh qilinmoqda.
Minglab farzandlarimiz yuksak taraqqiy topgan davlatlardagi eng nufuzli bilim dargohlarida tahsil olayotgani, buyuk ajdodlarimizning izdoshlari sifatida aql-zakovat, ilmga chanqoqlik, tirishqoq- lik namunalarini ko‘rsatayotgani jamiyatimizni ertangi kuni yanada yorug
1 bo‘lishidan darak beradi.
Ahmad al-Farg‘oniyga bag‘ishlangan tantanalar o‘zligimizni, qadr-qimmatimizni, millatimizning dunyoda tutgan o‘mini anglash yo‘lida yana bir mu
him vositadir. Ayniqsa, bu sananing UNESKO qarori bilan xalqaro miqyosida keng nishonlanishi Ahmad al- Farg‘oniy ilmiy merosini o‘rganish borasidagi yangi-yangi tadqiqot- larga asos bo‘ladi, deb ishonaman.
Qadim Qubo tuprog‘ida bunyod etilgan muhtasham yodgorlik majmui, Ahmad al-Farg‘oniyning qarshingizda qad ko‘tarib turgan bu ulug‘vor haykali vatandoshlarimizning ulug‘ bobokalonimizga hurmat-ehtiromi hamda ezgu maqsadlarimiz ramzi bo‘lib qolishi ta- biiydir.
Mana shu fursatdan foydalanib buyuk ajdodimiz xotirasini aba- diylashtirish, ko‘hna Qubo shuhratini tiklash, Farg‘ona shahrini vo- diy tarovatiga xos ravishda obod etishda sidqidildan mehnat qilib, bor mahoratlarini ishga solgan quruvchilarga, me’morlarga samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.
Aziz yurtdoshlar!
Bugun Ahmad al-Farg‘oniy bobomizning to‘yini nishonlar ekan- miz, u qoldirgan merosning olamshumul ahamiyati haqida so‘zlar ekanmiz, biz Farg‘ona zaminiga, Quva tuprog‘iga, shu yerdan o‘tgan odamlaming ruhi oldida va bugun yashayotgan avlodlar qarshisida ta’zim qilamiz.
Bu zotning shu yerda tug‘ilgani, tarbiya topib voyaga yetgani bu yurtni barchamiz uchun yanada aziz va mukarram qiladi.
Bu zot qayerda yashagan bo‘lmasin, xoh Bag‘dodda, xoh Da- mashqda, xoh Qohirada o‘z ilmiy kashfiyotlari bilan shuhrat topgan bo‘lmasin, ishonamanki, u hamisha tug‘ilgan yurtini sog‘inib yashagan. Ona-Vatanining muhabbati va sog‘inchini bir umr qalbida saqlab yurgan. Bu tuyg‘u nafaqat ulug‘ insonlarga, balki iymonli, diyonatli har bir odamga xos xususiyatdir.
Muhtaram vatandoshlarim!
Yillar o‘tadi, asrlar o‘tadi, yangi avlod dunyoga keladi, lekin bu zotning nomi, buyuk merosi xalqimiz uchun shon-sharaf ramzi bo‘lib abadul-abad saqlanib qoladi.
Yana bir bor barchangizni bugungi qutlug
1 tantana bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Olloh taolodan hammangizga omonlik-farovonlik, ezgu va xayrli ishlaringizda madad tilayman. Ulug‘ bobomiz mhi xonadoningizni nurafshon, qalbingizni munav- var etsin.