Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion



Download 13,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/115
Sana01.05.2023
Hajmi13,89 Kb.
#933933
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115
Bog'liq
Transport vositasida ishlat.ekspl.materiallar Z.X.Alimova 2011

V 2,0
1,6
1.2
0,8
0,4
0
-
10
3.7.-rasm. 
Setan sonini o‘zgarishini dizel dvigatelining 
param etralariga bog‘liq lik grafigi:
l-alangalanishni kechikish davri, Tk; 2-bosimining oshish tezligi,
V;3-yonilg ‘ining solishtirma sarfi, g
Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi boshlaguncha bo‘lgan 
davr katta bo‘lganda silindrda to‘plangan yonilg‘i qisqa vaqt ichida 
yonadi, gaz bosimi bir zumda oshib ketadi. Shuning uchun ham dizel 
ravon ishlamaydi (taqillangan tovush chiqadi).


Dvigatel qattiq ishlaganda, uning detallari, ayniqsa, podshipnik 
vkladishlari tez yeyiladi, porshen halqalari deformatsiyalanadi
yonilg‘i sarfi ortadi.
Setan soni qancha katta bo‘lsa, dizel yonilg‘isining o‘z-o‘zidan 
alangalanishi boshlaguncha bo‘lgan davr shuncha kichik bo‘ladi, 
dvigatel shuncha ravon ishlaydi, dvigatelni ishga tushurish harorati 
ham shuncha past bo‘ladi.
S E T A N S O M
3.8.-rasm. Setan sonini 
o‘zg arish in i 
dizel dvigatelining siqish 
darajasigaga bog‘liqlik graflgi.
Dizel dvigatellarini ishlatishda yonilg‘i purkalishini ilgarilatish 
burchagi to‘g‘ri o‘matilgandagina yonilg‘i yaxshi yonadi, ya’ni bu 
burchak optimal bo‘lishi zarur. U katta yoki kichik bo‘lganda dviga­
tel quw ati kamayadi, yonilg‘ining chala yonishi, ortiqcha sarflani- 
shiga hamda dvigatelning F.I.K. kamayishiga olib keladi.
3.5. Dizel yonig‘ilarining past h aroratdagi xossalari
Yilning sovuq vaqtida dvigatellarini ishlatishda yonilg‘ining 
qovushqoqligidan tashqari, uning past haroratdagi xossalari ham katta 
rol o‘ynaydi. Bu xossalari xiralashish va qotish haroratlari bilan 
baholanadi. Xiralanish harorati deb, yonilg‘ining faza bo‘yicha bir 
jinsliligi yo‘qoladigan haroratga aytiladi.


Masalan, dizel yonilg‘isi rangsiz shishadan tayyorlangan 
probirkaga solinib, sovitilsa, muayyan haroratda u xiralasha bosh­
laydi, bunda parfin uglevodorodlar ajralib chiqishi natijasida yonil- 
g‘ining tashqi ko‘rinishi o‘zgaradi. Yonilg‘i asta-sekin sovitilsa par­
fin kristallari kattalashadi va yonilg‘i harakatlanish .qobiliyatini 
yo‘qotadi. Yonilg‘ining harakatlanuvchanligi yo'qoladigan harorat 
qotish harorati deyiladi. Yonilg‘ining harorati shu darajaga yetganda 
yonilg‘i oquvchanligini yo‘qotadi, yonilg‘ini dvigatel silindrlariga 
uzatishning iloji bo‘lmay qoladi. Yozgi yonilg‘ining qotish harorati 
minus 10 °C dan, qishniki mo‘tadil iqlimli zonalar uchun minus 35 °C 
dan, sovuq zonalar uchun minus 45 °C dan, shimoliy yonilg‘ilar uchun 
minus 55 °C dan yuqori emas.
Mexanik aralashmalar va suv.
Yonilg‘i apparati detallarini va 
dvigatelning o'zini yeyilishiga sabab bo‘lgani, shuningdek yonil- 
g‘ining uzluksiz uzatilib turilishiga zararli ta’sir ko‘rsatgani uchun 
dizel yonilg‘isi tarkibida mexanik aralashmalar va suv bo‘lmasligi 
kerak.

Download 13,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish