YO‟G„ON ICHAK
Yo‟g„on ichak (intestinum crassum) ingichka ichakdan keyin boshlanib, orqa
chiqarish teshigi bilan tugaydi. Yo‘g‗on ichakning uzunligi 1,5–2 m bo‘lsa, diametri
ingichka ichak diametridan deyarli ikki baravar katta. Shuning uchun ham yo‘g‗on
ichak deb ataladi. Yo‘g‗on ichak ko‘richak – caecum, ko‘tariluvchi chambar ichak –
colon ascendens, ko‘ndalang chambar ichak – colon transversum, tushuvchi chambar
ichak – colon descendens, ―S‖ simon ichak – colon sigmoideum va to‘g‗ri ichak –
rectum dan iborat.
Shilliq parda uning ostida joylashgan yaxshi rivojlangan shilliq osti qavati
yordamida muskul pardaga yopishgan. Shuning uchun shilliq parda harakatchan
bo‘lib, burmalar yarim halqa shaklida joylashgan. Yo‘g‗on ichak shilliq pardasida
vorsinkalar (so‘rg‗ichlar) bo‘lmaydi. Unda joylashgan bezlar juda ko‘p miqdorda
shilliq ishlab chiqaradi. Yo‘g‗on ichakda limfa tugunlari yakka-yakka joylashgan.
Shilliq parda prizmatik epiteliy bilan qoplangan.
Muskul parda ikki (ichki aylanasiga, tashqi uzunasiga yo‘nalgan) qavatdan
iborat. Uzunasiga yo‘nalgan muskul tolalari bir tekis joylashmasdan, tasmalar –
teniae coli hosil qiladi. Bu tasmalardan biri yo‘g‗on ichakning oldingi Yuzasida erkin
– tenia libera joylashsa, ikkinchisi charvi (tenia omentalis) hosil qilib, katta charviga
tomon yo‘naladi. Uchinchi tasma (tenia mesocolica) shu ichakning tutqichi bo‘lib,
uning orqa tomonida joylashgan. Natijada tasmalar oralig‗ida, erkin va charvi
tasmalarning boshidan oxirigacha bo‘lgan masofada yog‗ o‘simta (appendicis
epiploicae) lar uchraydi. Yo‘g‗on ichak tasmalari oralig‗ida turtib chiqqan
pufakchalarni ko‘rish mumkin.
360
Seroz parda yo‘g‗on ichak devorining hamma qismini bir xilda o‘ramaydi.
Ko‘richak, ko‘ndalang chambar ichak, ―S‖ simon ichaklarni hamma tomondan
o‘raydi. Hatto ko‘ndalang chambar ichak bilan ―S‖ simon ichaklarning ichak
tutqichlari – mesocolon transversum, mesocolon sigmoideum bo‘ladi. Ko‘tariluvchi
va tushuvchi chambar ichaklarni esa ikki Yonboshi va old tomondangina o‘raydi.
Ichakning orqa devori biriktiruvchi to‘qima (adventitsiya) bilan o‘ralgan. Yo‘g‗on
ichak qismlari: ko‟richak (caecum) yo‘g‗on ichakning boshlang‗ich qismi bo‘lib,
uzunligi 6 sm, diametri 7–8 sm gacha. Ko‘richak o‘ng tarafdagi Yonbosh
chuqurchada joylashgan, uning Yonbosh iChakka qo‘shilgan joyida Yuqori va pastki
labdan tuzilgan qopqoq – valva ileocaecalis bo‘ladi. Bu qopqoq ko‘riChakka qarab
ochilganida ovqat ingichka ichakdan yo‘g‗on iChakka bemalol o‘tadi. Aksincha
ko‘richakdan ingichka iChakka qaytib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Ko‘richakning shilliq qavati.
1–tenia libera; 2–haustra coli; 3–frenulum vulvae ileocaecalis; 4–caecum; 5–
ostium appendicis vermiformis; 6–appendix vermiformis; 7–mesoappendix; 8–
appendix vermiformis ga kiritilgan zond; 9–intestinum ilium; 10–valva ileocaecalis;
11–plica semilunaris coli; 12–appendix epiploicae.
361
Ko‘richakning orqa tomoni Yonbosh va katta bel muskullari ustida joylashgan
bo‘lib, old tomondan qorin oldingi devorining ichki Yuzasiga tegib turadi. Qorin
parda ko‘pincha ko‘richakni hamma tomondan (10 foiz odamlarda qorin parda
ko‘richakni uchta tomondangina o‘raydi) o‘raganiga qaramasdan, uning ichak
tutqichi bo‘lmaydi. Odamda ko‘richakning joylashishi turlicha bo‘lib, u pastda,
kichik Chanoqqa kirish qismida, yoki Yuqorida, oldingi Yonbosh o‘tkir o‘simtasidan
Yuqorida bo‘lishi mumkin. Ko‘richakning orqa medial sirtida chambar ichakning
uchchala tasmalari bir nuqtaga yig‗iladi va xuddi shu yerdan chuvalchangsimon
o‘simta boshlanadi.
Ko‘richakning pastki Yuzasidan chuvalchangsimon o‘simta (appendix
vermiformis) o‘sib chiqqan. O‘simta 3–6, ba‘zida esa 18–20 sm bo‘ladi. Devori 0,5–1
sm, ichi esa juda tor (3–4 mm) tuzilgan, u ko‘richak bo‘shlig‗idan shilliq qavatdan
tuzilgan burma orqali ajralgan. Chuvalchangsimon o‘simta, odatda, kichik Chanoq
bo‘shlig‗iga osilgan holatda joylashgan. Ba‘zan o‘simta ko‘richakning orqa tomonida
uchi tepaga qarab joylashgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |