362
ko‘ndalangiga yo‘nalib chap tomonga o‘tganda, chap burilish (flexura coli sinistra)ni
hosil qilib, quyi tushuvchi chambar iChakka o‘tib ketadi. Ko‘ndalang chambar ichak
tutqich – mesocolon transversum (intraperitoneal) orqali qorin devoriga yopishadi,
uning old tomonida katta charvi osilib yotadi.
Ko‘ndalang chambar ichakning orqa tomonida o‘n ikki barmoq ichak bilan
me‘da osti bezi joylashgan bo‘lsa, oldingi Yuzasi me‘da va ko‗ndalang chambar
ichak tutqichi dan tuzilgan boylam (lig. gastrocolicum) bilan o‘zaro tutashib turadi.
Ko‘ndalang chambar ichakning ustida o‘ng tomonda jigar, chap tomonda taloq,
pastida – ingichka ichak qovuzloqlari joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: