bo‘shlig‗ining pastki qismini egallagan. Och ichak qorin bo‘shlig‗ining pastki qavati
358
chap qismini ishg‗ol qilsa, Yonbosh ichak qorin bo‘shlig‗ining pastki (Yonbosh
suyak bo‘shlig‗i sohasi) qismida joylashgan. Och ichak (chegarasiz) bevosita
Yonbosh iChakka o‘tadi.
129. Me‘da osti bezi va o‘n ikki barmoq ichak.
1–pylorus; 2–pars superior duodeni; 3–flexura duodeni superior; 4–ductus
pancreaticus accessorius; 5–pars descendens duodeni; 6–plica longitudenalis duodeni;
7–papilla duodeni major; 8–papilla duodeni minor; 9–plicae circulares; 10–pars
horizontales duodeni; 11–processus uncinatus; 12–pars ascendens duodeni; 13–v.
mesenterica superior; 14–a. mesenterica superior; 15–flexura duodenojejunalis; 16–
cauda pancreatis; 17–ductus pancreaticus; 18–corpus pancreatis.
130. Vorsinka (so‘r-g‗ich)lar sxemasi.
1–epiteliy; 2–markaziy limfatik kapillyar; 3–limfa follikulalari; 4–limfa va qon
tomirlar chigali; 5–qon tomir kapillyarlar to‘ri; 6–qadahsimon hujayralar.
359
Ingichka ichak devori quyidagi pardalardan tuzilgan: 1) shilliq parda – tunica
mucosa va uning shilliq osti qavati – tela submucosa; 2) muskul parda – tunica
muscularis; 3) seroz parda – tunica serosa.
Shilliq parda ichakning eng ichkarisida joylashgan bo‘lib, shilliq osti qavati
tufayli harakatchan bo‘ladi va ko‘ndalang burmalar hosil qiladi. Shilliq parda
Yuzasida taxminan 4 mln ga yaqin vorsinkalar (so‘rg‗ichlar) – villi intestinales
mavjud. Vorsinkalar va ular ostidagi o‘raga o‘xshash chuqurchalar, kriptalar silindrik
hoshiyali epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, unda juda ko‘p mikrovorsinkalar tutadi.
Ovqat moddalari shular orqali shimiladi va vorsinkalar ichidagi qon hamda limfa
tomirlariga so‘riladi. Ingichka ichakning shilliq pardasida shilliq ishlovchi
qadahsimon hujayralar va ichak shirasini chiqaruvchi hujayralar joylashgan. Bundan
tashqari, yakka-yakka folliculi lymphatici solitarii yoki g‗uj-g‗uj – folliculi
lymphatici agregati joylashgan limfa tugunlari ham bo‘ladi. Shilliq osti qavati muskul
pardani shilliq qavati bilan biriktirib turadi, u biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan.
Shilliq osti qavatida qon tomir va nerv chigallari ko‘p joylashgan.
Muskul parda silliq muskul hujayralaridan tashkil topgan tolalardan tuzilgan
bo‘lib, tashqi qavati uzunasiga, ichki qavati esa aylanasiga ketgan tolalardan iborat.
Seroz parda qorin(peritoneum) ning bir qismi bo‘lib, ichaklarni eng ustki tomonidan
o‘rab turadi. Jumladan o‘n ikki barmoq ichakning ko‘pchilik qismini faqat old
tomondan o‘rasa, och va Yonbosh ichaklarni chor-atrofdan o‘rab, ichak tutqichi –
mesenterium ni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: